Elektr energetikasi



Yüklə 2 Mb.
səhifə1/13
tarix14.12.2023
ölçüsü2 Mb.
#177434
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
shoxruh kurs ishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI




ENERGETIKA FAKULTETI
"ELEKTR ENERGETIKASI" kafedrasi EE-181-18- guruh talabasi Jovliyev Shoxruhning
RELE HIMOYASI VA AVTOMATIKA
fanidan tayyorlagan



QARSHI – 2021


Kirish

Rele himoyasi energetika sistemasining ishonchli va tejamli ishlashini ta’minlovchi avtomatikaning bir qismi bo’lib, elektr ta’minoti sistemasida yuzaga keluvchi shikastlanish va normal bo’lmagan rejimlarni avtomatik ravishda bartaraf qilish uchun xizmat qiladi.


Energetika sistemasida shikastlanish hosil bo’lganda rele himoyasi shikastlangan elementni aniqlaydi va uni sistemaning shikastlanmagan qismidan shikastlanish toklarini uzishga mo’ljallangan maxsus ajratgich (viklyuchatel)larga ta’sir qilish yo’li bilan ajratadi. Normal bo’lmagan rejim hosil bo’lganda rele himoyasi normal rejimni tiklash uchun zarur bo’lgan amallarni bajaradi yoki nazoratchi personalga signal beradi.
Quyida «Releli himoya va avtomatika» fanidan aniq ma’lumotlar va misollar orqali fandan kurs ishini bajarish ketma ketligi ko’rib chiqiladi.
ETTda rele himoyasi parametralarini hisoblash sistemadagi uskunalarning qarshiliklarini hisoblashdan boshlanadi. Buning uchun berilgan bir chiziqli hisoblash sxemadan foydalanib Sistemaning almashinish sxemasi tuziladi. Almashinish sxemasi orqali elektr jixozlarining qarshiliklari, qisqa tutashish toklari va himoya parmetralari hisobi bajariladi.
Kurs ishiga topshiriq va vazifalar.

Elektr qurilmalarning tuzilishi qoidalari (EQTQ) (PUE-pravila ustroystva elektroustanovok) ga muvofik liniyalar, transformatorlar va elektr motorlar releli himoyasini berilgan variant uchun hisobini bajaring, himoya paremetrlari (o’rnatmalari)ni aniqlang va himoya sxemalarini tanlang.


Bajarish tartibi.

Uch va ikki fazali QT larda toklarni hisoblab chiqing; tok va kuchlanish transformatorlarini va ularning transformatsiya koeffitsientini tanlang, himoya moslamalarining turlarini tanlang va ularning sezgirligini asoslang, uch liniyali himoyaning sxemasini ishlab chiqing, ishlab chiqilgan sxema uchun relelar turlarini, o’lchov transformatorlarini tanlang va sxemada ko’rsating, o’rnatmalar kartasini tuzing, ya’ni tarmoqning uchastkasida qabul qilingan himoyalar turlarini va ularning o’rnatmalarini, hamda kuchlanish va tok transformatorlar o’rnatilish joyini va ularning transformatsiya koeffitsientlarini ko’rsating.


Bajarishga ko’rsatmalar.

Hisoblashni boshlashdan oldin tarmoq uchastkasining sxemasini diqqat bilan o’rganing. Himoyalanayotgan elementdan o’tadigan tok eng katta bo’lgan hisobiy sxemalarni va eng kichik qiymatga ega bo’lgan sxemalarni aniqlash kerak; qarshiliklarni bazisli solishtirma birliklarda ifodalab tarmoqning hamma elementlarining qarshiliklarini hisoblab chiqish kerak.


Ta’minlanayotgan shinalardagi QT quvvatini bazisli deb olish maqsadga muvofiq. QT toklarning hamma hisoblari himoya yoki sistemani avtomatika moslamalari o’rnatilgan kuchlanish uchun bajariladi. Kurs ishida tarmoqning izolyastiyalangan neytralli uchastkalari va sistemadan ta’minlanish ko’rib chiqiladi, shuning uchun faqat uch-ikki fazali QT toklarni hisoblash kerak va vaqt davomida ularni o’zgarmas deb qabul qilish kerak. Ikki fazali QT da tok quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
I (2)qt = *I (3)qt
QT hisobiy nuqtalar sifatida hamma podstanstiyalarning shinalari qabul qilinadi. QT minimal va maksimal qiymatlarning hisoblash natijalarini jadval ko’rinishiga keltirish kerak.
Elektr qurilmalarning tuzilish qoidalari (EQTQ) ning talablari va podstansiyadagi operativ tokning turini hisobga olib, eng oddiy himoya moslamalarini qo’llash imkoniyatini aniqlab, himoya turlarini tanlash kerak.


Kurs ishini rasmiylashtirish tartibi.

Kurs ishi tushuntirish xati va sxemadan iborat bo’ladi. Tushuntirish xati QT toklarning hisobi, himoyalarning o’rnatmalari va sezuvchanlik koeffitsientlari qabul qilingan yechimlarning to’la isbotini qamrab olishi kerak. Sxemalar standart o’lchovli millimetrli qog’ozning orqa tomoniga chiziladi. Birinchi sxemaga tarmoqning berilgan qismi va o’rnatma kartasi chiziladi, ikkinchiga esa kerakli apparatura (relelar, tok transformatorlari va h.k.) turlari, transformatsiya koeffitsientlari, soni ko’rsatilgan ro’yxati bilan ishlangan uch liniyali himoya va avtomatikaning sxemasi chiziladi.





Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin