36
• ko‗p sonli ulkan fayllarni (1-20 Mbayt) saqlash va ko‗rib chiqish uchun
texnik imkoniyatlar mavjud.
Skaner bilan ishlash uchun kompyuter maxsus drayverga, imkoni bo‗lsa,
TWAIN standartiga mos keluvchi drayverga ega bo‗lishi kerak. Bu holda ko‗p sonli
TWAIN bilan mos keladigan skanerlar bilan ishlash va TWAIN standartini
qo‗llaydigan fayllarni qayta ishlovchi dasturlar bilan ishlash imkoni bor.
Skanerni tanlashda hisobga olinadigan asosiy omillar:
• skanerlanishi kerak bo‗lgan hujjatlarning o‗lchami, rangliligi va shakli
(varaqli, risolalangan va b.) skaner imkoniyatlariga mos kelishi kerak;
• skanerning o‗tkazish qobiliyati hujjatlarning yuqori sifatli qattiq nushasini
ularning elektron obrazlari bo‗yicha ta‘minlashi kerak;
• skaner unumdorligi olinayotgan tasvirning yaroqli sifatini ta‘minlaydigan
darajasida etarlicha yuqori bo‗lishi kerak;
• agar elektron hujjat o‗lchamlari hisoblashlarni amalga oshirish uchun asos
bo‗lib xizmat qilsa, asl nushaga nisbatan olinayotgan elektron tasvirning
o‗lchamlarida minimal xatolik ta‘minlanishi kerak;
• fayllar kompyuter xotirasida saqlanganda rastrli fayllarni siqishning dasturli
vositalari borligi;
• rastrli fayllarda tasvir sifatini yaxshilash uchun dasturiy va texnik
vositalarning borligi (tasvirning yorqinligini va keskinligini oshirish, asosiy rangning
«kirini» yo‗qotish);
• tashuvchi qog‗ozni sifati va tipi olinayotgan elektron tasvirning sifatiga
ma‘lum chegaralarda kuchli ta‘sir qilmasligi kerak;
• skanerda ishlash oddiy va qulay bo‗lishi kerak va tashuvchi noto‗g‗ri
qo‗yilganda skanerlashdagi xatoliklar bo‗lmasligi kerak;
• skaner narxi.
Dostları ilə paylaş: