39
Ikkinchi tip platalar — «ushlash platasi» (capture board)
bir butun
videofilmlarni qamrab olishi mumkin. Ular kompyuterga videokameradan yoki
videomagnitofondan, tyuner bor bo‗lganda esa antennadan ham alohida televizion
kadrlarni olish va ularning bog‗langan ketma-ketliklarini kelgusida qayta ishlash va
printerga yoki video qayta chiqarishga imkon beradi.
Videosignalni raqamlashda axborotning katta to‗plamlari (massivlari)
shakllanadi. Shuning uchun jarayon dinamikasi bilan
jiddiy muammolar paydo
bo‗ladi, negaki o‗tkazish qobiliyati 1024x750 piksellar bo‗lgan bitta 256 ta rangli
to‗liq ekranli tasvirni jo‗natish uchun 1 Mbaytdan ortiqroq qiymatlarni uzatish kerak
bo‗ladi, 10 va undan oshiqroq sekund talab etilishi mumkin. hatto 640x480 piksellar
bo‗lgan kuchsiz o‗tkazishda qiymatlar sig‗imi baribir katta – 0,5 Mbaytdan sal
kamroq.
Shuning uchun kadrlar o‗lchamlari videoqamrash platalari bilan kichraytiriladi:
masalan, butun ekranning o‗tkazish qobiliyati 640x480 bo‗lganda kadr 80x60, 1b0x
120 (odatda video uchun Windows muhitida ishlatiladigan ekranning o‗n oltidan bir
qismi), 240x180 yoki 320x240 o‗lchamga ega bo‗ladi (hammasi piksellarda). Yuqori
sifatli platalar (Creativ Lab Video Blaster va boshqalar) mavjuddir, ular
videokadrlarni to‗liq ekranga chiqarib berishi mumkin, lekin ular ham, odatda, to‗liq
ekranli qamrashni amalga oshira olmaydi.
Videofayllarning sig‗imi katta bo‗lganligi sababli,
ular uzatishda va xotiraga
yozishda siqiladi (videoma‘lumotlarni kompressiya qilish bajariladi); rasmni qayta
tiklashda teskari jarayon – dekompressiya bajariladi. Hozirgi vaqtda ma‘lumotlarni
siqishning ham dasturli, ham apparat yo‗li bilan amalga oshiriladigan bir nechta
usullari mavjud. qiymatlarni siqish vositalarini
odatda CODEC deb ataladi
(CODEC— Compressor-Decompressor).
Ikkinchi tipdagi videoqamrash platalari, ko‗rsatilgan kiyinchiliklarga
qaramasdan, haqiqiy vaqt oralig‗ida dinamik tasvirlarni – "tirik video" ni yaratish va
qayta ishlash bo‗yicha keng istiqbollar yaratadi.
Videotexnologiyaning apparat vositalariga umumqabul qilingan standartlar
hozircha ishlab chiqilmagan, shuning uchun boshqarish (videoadapter), videosignalni
40
qayta ishlashni tezlashtirish (akseleratorlar), videokadrlarni ushlash (videograbberlar)
va ma‘lumotlarni siqish vazifalarini birdaniga bir nechta vazifalarni ta‘minlovchi
alohida
platalar ham, integrallashgan platalar ham bajaradi. Bu jihatdan Intel Video
texnologiyasi maqbuldir, u video bilan shaxsiy kompyuterda samarali ishlash
imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: