O’ZBEKISTON
RESPUBLIKASI OLIY
TA’LIM VAZIRLIGI
Farg’ona
Davlat Universiteti
Pedagogika –Psixologiya fakulteti Psixologiya yo’nalishi
-guruh talabasi ---------------------------------ning
Umumiy psixologiya fanidan yozgan
KURS ISHI
Mavzu: A. R Luriyaning xotiraga doir tadqiqotlari
Ilmiy rahbar --------------------------------------------
2023
KIRISH.
Tadqiqotning dolzarbligi.
O’zbekiston mustaqillikga erishib o’z oldiga ozod
va obod jamiyat qurishni maqsad qilib qo’ygan ekan,
barkamol avlodni tarkib
toptirish O’zbekiston tarqqiyotining poydevori sifatida qarala boshladi. Birinchi
prizidentimiz I.A.Karimov ta’kidlab o’tganlaridek “Ta’lim-tarbiya – ong mahsuli,
lekin ayni vaqtda ong darajasi uning rivojini ham belgilaydigan omnildir. Binobarin
ta’lim-tarbiya tizimi o’zgartirmasdan turib ongni o’zgartirib bo’lmaydi. Ongni,
tafakkurni o’zgartirmasdan turib esa biz ko’zlagan
oliy maqsad -ozod va obod
jamiyatni barpo etib bo’lmaydi”.
Yosh avlodni tarkib toptirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Birinchi prizidentimiz I.A.Karimov tabiri bilan aytganda “ Biz komil inson
tarbiyasini davlat siyosatini ustuvor sohasi deb e’lon qilganmiz.
Komil inson
deganda biz, avvalo ongni yuksak,
mustaqil fikrlaydigan, xulq- atvori bilan
o’zgalarga ibrat bo’ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tarbiyalay olsakgina,
oldimizga qo’ygan
maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va tarqqiyot
qaror topadi”. Komil insonni tarkib toptirishda
maktabgacha yosh davri muhim
o’rin tutadi. Uzliksiz ta’limni boshlang’ich bosqichi maktabgacha ta’lim bosqichi
hisoblanadi. Shuning uchun maktabgacha yosh davrda bolaning aqliy kamolotiga va
shaxs hususiyatlarini tarkib topishiga diqqat e’tiborini qaratish lozim.
Tadqiqotimizning dolzarbligi ushbu nuqtai nazardan
bola xotira jarayonlarining
rivojlanishini o’rganishdan kelib chiqadi.