Kurs ishi mavzu A. R luriyaning xotiraga doir tadqiqotlari docx


I-BOB. Xotira jarayonlari va uning nazariy asoslari



Yüklə 266,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix07.01.2024
ölçüsü266,41 Kb.
#211322
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kurs ishi mavzu A. R luriyaning xotiraga doir tadqiqotlari

I-BOB. Xotira jarayonlari va uning nazariy asoslari.
1.1. Xotira jarayonlari va uni rivojianishi muammosini o’rganish borasida
olib borilgan tadqiqotlar tahlili
Xotira jarayonlarini o’rganish bo’yicha psixologiya fani sohasida bir qancha
tadqiqotlar olib borilgan. Xotira va uning jarayonlari olamni bilishda muhim
ahamiyatga ega bo’lib, bola olamni bilishda olgan ma’lumotlari ular uchun yangi-
yangi ochilishlar bolib hisoblanadi. Idrok etilgan ma’lumotlar uning miyyasida
saqlanib qoladi, keyingi ma’lumotlarni idrok etishda avval o’zlashtirilgan va ongida
saralangan ma’lumotlarga tayanadi. Xotira kishining bilishida muhim ekan, bu
borada ilmiy tadqiqotlar olib borish zarurati tug’iladi. Maktabgacha yosh davrida
bolaning xotira jarayonlarini o’rganar ekanmiz, bu borada olib borilgan tadqiqotlarni
tahlil etish vazifasini qo’ydik. Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki xotirani rivojlantirish
mumkin. Dastlab olimlar xotirani mnemonak shaklini o’rganishga harakat qilgan.
Bu esda qoldirishni yengillashtirish maqsadida sun’iy ravishda maxsus chizmalari,
shartli belgilar tariqasida qollaniladigan usullar yi’gindisi. Mnemonika koproq
assotsiativ (o’xshashlik, yondoshlik va qarama –qarshilik) qonunlariga asoslangan
bo’lib, faqat o’zaro bog’langan ma’lumot va materiallarni esda qoldirish uchun
qo’llaniladigan yordamchi usullar yig’indisidir.
Buni yuzaga kelishi eramizdan avvalgi VI-V yuz yilliklarga borib taqaladi.
Mnemotexnikani asoschisi shoir va faylasuf Simonid Keossk hisoblanadi. XVIII
asrda mnemotexnika mashg’ulotlari usllarini italyan olimi Mon Di Modena
takomillashtirdi. Daniyalik olim Karla Otto XIX asrda mnemotexnikadan tizimli
ravishda foydalanish bilan shuxrat qozondi.
1837- yilda taniqli mnemonist
R.Yu.Yavinskiy tarixni o’qitishda bu usulni qo’lladi. U har qanday fakt, tarix
mazmuni oddiy holda xotirada o’rnashib qolishini isbotlab berdi. Bunda agarda


ma’lum bir yil qandaydir tanish kombinatsiyalar nuqtai nazariyadan tasavvurlar
bilan birlashtirilsa va mnemonik jadvallar kataklariga joylashtirilsa faxm va tarix
mazmuni xotirada o’rnashib qolar ekan. Mnemotexnikadan olim Simond foydalanib
u quyidagicha xulosaga keladi.
1. Tasavvurlar tashqi ta’sirlar asosida his qiluvchi organlar orqali ma’lum
impulslar asosida yuz beradi.
2. G’oyalarning assotsatsiyasida to’rt qonun mavjud: o’xshashlik qonuni,
qarama–qarshilik qonuni, birin- ketinlik qonuni bir vaqtdalik qonuni. Bu
qonunlarning asosi taqqoslash prinsipidir. Bularning barchasi o’zaro bog’liqdir.
3. Bu bog’liqliklarni topishda mnemotexnika barcha eslab qolingan
ma’lumotlarni so’zlarga bo’lib chiqadi. Ularni uch guruhga bo’lish mumkin:
a) alohida nomlar, iboralar.
b) matnli kalit so’zlari
c) sana
XX yuz yillikda Rossiyada xotirani mustahkamlash uchun bir qancha
tadqiqotlar amalga oshirildi. Bir guruh olimlar katta ma’lumotlarni eslab qolishda
sun’iy assotsiatsiyalarni yaratish bilan xotira ishini kuchaytirishga e’tibor qaratdilar.
Boshqa olimlar eslab qolishni yaxshilashni o’rgandilar va sharoit yaratdilar.
Bu olimlarga quyidagilarni kiritdilar:
1. O’rganilayotgan ma’lumotlarni qayta ishlash usullari.
2. Yosh va individual hususiyatlarni hisobga olish.
3. Faoliyat predmetini o’rganish
4. Eslab qolish kerak bo’lgan topshiriqning ma’nosi va ifodasi
5. Ijobiy emotsiyalarni shakllantirish
6. Ma’lumotlarni ma’lum bir tizimda takrorlashni tashkillash
Assotiatsiyalar qayta tiklash faoliyatini kuchaytiradi. Rus psixologi
R.S.Nemov eslab qolish oson bo’lgan, yaxshi tanish predmet bilan fikrni bog’lash


orqali eslab qolish borasida o’z qarashlarini ifoda etadi( 17.352). Uning fikricha
bajarish kerak bo’lgan ishlarni eslab qolish uchun quyidagilarga amal qilish
kerakligini tavsiya etadi.
1. Har bir ish bilan bog’liq predmetni tanlab olish.
2. Predmetlarni bir-biri bilan har qanday, hattoki mo’jizaviy tarzda bog’lash
3. Hosil bo’lgan odatiy predmetni fikran ko’z oldiga keltirish.
Uning ko’rsatishicha assotsiatsiyalar usulida eslab qolish uchun quyidagilar zarur:
1. Assotsiatsiyalarni bo’rttirish, chunki ulkan predmetlarni eslab qolish oson.
2. Assotsiatsiyalarni harakatlantish zarur, chunki harakat obrazlarni
jonlantiradi va eslab qolishni qiziqarli tarzda yuzaga keltiradi.
3. Assotsiatsiyalarni birini boshqasiga almashtirish, bir-biri bilan aloqa eslab
qolish jarayonini yengillashtiradi.
4. Aloqa va assotsiatsiyalar zerikarli va siyqasi chiqqan bolishi kerak emas.
Amerikalik psixolog M.Djons o’z eksperimentlarida talabalarning bilimlarini
tekshirish uchun ma’ruzalar mazmunini turli vaqt oralig’ida tekshirdi. Natija
quyidagicha ko’rsatkichni berdi: ma’ruzadan keyinoq asosiy ma’no 65%,
ma’ruzadan 3-4 kundan keyin -45.3% bir haftadan keyin 34.6%, ikki haftadan keyin
30.6%, sakkiz haftadan keyin 24.1% ni eslab qolganlar. Unutish jarayonini
sekinlashtirish uchun idrok etilgan materialni takrorlashni tashkil etish muhim
bo’lib, tadqiqotchi M.N.Shardakovni eksperimentlari asosida quyidagi natijalarni
oldi. Agar idrok etilgan materialni o’sha kuni takrorlab chiqilmasa bir kundan so’ng
xotirada 74%, takrorlanganda -88% materialni eslab qolar ekan.
Tahlil qilish jarayoni xotirada bir qancha qonuniyatlarni yuzaga keltirishiga
ta’sir ko’rsatadi.
Rus olimi T.Ribo bu borada quyidagi qonuniyatlarni ko’rsatib o’tadi.
1. Xotira kishining individual hususiyatlari bilan bog’liq psixikaning
anomalligi xotiradagi patologiyaga olib keladi.


2. Kishining xotirasi bir hil qoida asosida ham yo’qoladi va tug’iladi.
Xotiraning yo’qolishida murakkab va yaqin orada o’zlashtirilgan
tasavvurlar jabr chekadi. Xotira qayta tiklanganda aksincha avval oddiy
va eski xotiralar tiklanadi.
Vezuvin -1281 m – bu yerda yaqinda vulqon otilgan kabilar. Olimlar
M.A.Ziganov va
V.A.Kozarenko xotirada kodlashtirish muammosi bo’yicha
tadqiqotlar olib boradi. Ularning fikricha, “Obrazli kod – bu ma’lum bir ma’lumot
bilan qattiq mustahkamlangan ko’ruv obrazi”. Rus olimi I.Matyugin xotira
jarayonlari borasida tadqiqotlar olib borib, chet tili so’zlarini eslab qolishning
metodlarini ishlab chiqadi. U chet tili so’zlarini eslab qolishda uning fonetik tuzilishi
assotsiatsiyasini ko’rsatib o’tadi.
Esda olib qolish inson faoliyatining xususiyatiga bevosita bog’liqdir. A.
A.Smirnov, P. I. Zinchenko tajribalari shuni ko’rsatadiki, esda olib qolish u yoki bu
faoliyatdagina samarali bulishi mumkin. A. A. Smirnovning tajribalarida
tekshirishlarga Qaraganda, ikki xil faoliyat taklif qilinsa, birinchi xolda ular ma’noli
matnni esda olib qolish nazarda tutiladi. Sinaluvchilar matnni yodlar ekanlar,
materiallar ustida hech qanday faol ish olib bormaganlar. Ikkinchi holda esa esda
olib qolish vazifasi qo’yilmaydi-yu, lekin matn ustida muayyan ish olib borish, unda
uchraydigan ma’noviy xatolarni aniqlash taklif etiladi. Ikkinchi holda esda olib
qolish ancha samarali bo’lganligi aniqlangan. Bu samaradorlik esa ko’p jihatdan
beriladigan ko’rsatmalarga bog’liqdir. Umuman esda olib qolish ko’rsatmasi uzoq
va qisqa muddatli esda saqlashga, aniq esga tushirishga yoki so’zlari bilan esga
tushirishga qarab ko’rsatmalar berish mumkin. Tajriba o’tkazuvchilarning xizmati
shundaki, a) sinaluvchilarga tegishli ko’rsatmalarni ishlab chiqish yoki ularni
yaratish, b) qaysi xabar, ma’lumot, axborot, taassurot muvaqqat xususiyatga ega, v)
nimani esda olib qolish zaruriyati mavjud, g) qandaylarini tushunib olish kifoya
qiladi, d) nimani qay xolda so’zma-so’z esda olib qolish kerakligini ko’rsatib o’tish
lozim. Maxsus vositalar va oqilona usullarni qo’llash orqali esda olib qolish
soxasidagi yodlashdan iborat tashkiliy faoliyat alohida ahamiyatga ega.
A.A.Smirnovning o’tkazgan tajribasidagi natijalar shuni ko’rsatadiki, matnni


maxsus tuzib chiqilgan rejaga asoslangan xolda yodlash rejasi, palapartish esda olib
qolishdan ikki baravar samaraliroq ekan. Psixolog olimlarning tavsiyasiga binoan
yodlash jarayonida materialni takrorlash bilan uni faol esga tushirish o’zaro
almashtirib turish yuqori natijalar beradi.
Esda olib qolish jarayonida
o’zlashtirilayotgan materialning ma’noga ega bulishligi yoki bulmasligi muhimdir.
Assotsiativ psixologiya maktabining vakili, taniqli psixolog G. Ebbingauz jahon
psixologiyasida birinchi bo’lib, 1885 yilda oliy ruhiy jarayon bo’lgan xotirani (1888
yilda intellektni) ilmiy tajriba metodi negizida tekshirdi va keng ko’lamda
turmushga tatbiq etdi. U xotira jarayonini tajribada tekshirishning asosiy
yo’nalishini ishlab chiqdi. Xotirani «sof» ko’rinishda o’rganishga harakat qilib,
ma’no kasb etmaydigan bo’g’inlardan foydalanadi. Uning bu tadqiqoti kishining
mantiqiy xotirasini emas, balki mexaniq xotirasiga nisbatan qo’llanishga xos to’g’ri
yo’nalishdir.
G. Ebbingauz unutishning vaqtga bog’liqligini tajriba orqali aniqlagan.
To’plangan natijalarning ko’rsatishicha, material yod olingandan so’ng unutish
sur’ati tez, keyinchalik u birmuncha sekinlashadi. Bu qonuniyat ma’nosiz ayrim
bo’g’inlarni unutish ustida olib borgan ishlarida tasdiqlangan. Tajribalarning
ko’rsatishicha, o’rganilgan narsalar bir soatdan keyin unutiladi. Materialni
o’zlashtirish jarayoni mobaynida, xotirlash natijasida unutish sekinlashib boradi.
Muvaqqat asab bog’lanishlari susayishi natijasida qachonlardir sodir bo’lgan narsa
va hodisalarning o’zaro aloqalari xotirada asta-sekin yo’qolib boradi. Vaqtning
o’tishi bilan birmuncha unutilib borilayotgan yoki unutilib ketilayotgan vaqti
bog’lanishlarni, ya’ni assotsiatsiyalarni qaytadan tiklash jarayoni kuch-quvvat, xatti
- harakatlarni talab qiladi. G. Ebbingauz izdoshlari va shogirdlari tomonidan
o’tkazilgan juda ko’p tadqiqotlarning ko’rsatishicha, unutish sur’ati materialning
ma’noli yoki ma’nosizligiga, uning qanchalik anglashilganligiga bog’liqdir.
Material qanchalik mazmundor, anglashilgan, tushunib olingan bo’lsa, u xolda
unutish xam shunchalik sekin kechadi. Lekin ma’noli materialga nisbatan xam
unutish avval tez surhatda, keyinchalik esa bu sekinlashadi. Biron bir materialni


o’zlashtirish yoki esda olib qolish — insonning extiyojlari, qiziqishi, faoliyatning
maqsadi bilan bog’liq bulsa, bu material sekin unutiladi.
Yuqoridagi fikr va mulohazalarning isboti uchun G. Ebbingauzning hayotiy
tajribasidagi misolni keltirib o’tamiz. U Don Juan Bayronning to’rtligini 24 soatda
o’zlashtirib oladi. Bu to’rtlik G. Ebbingauz uchun shaxsiy ahamiyat kasb etgan, shu
bilan birga, uning qiziqish istaklariga mos tushgan. Bunda o’zlashtirish jarayoni
ko’piligicha ketadi: ikkinchi marta takrorlash 50 foiz vaqtni tejagan, keyin vaqt
o’tishi bilan bu to’rtlikni takrorlash 34 foiz vaqtni tashkil qilgan. Oradan 22 yil
o’tgandan so’ng xam bu to’rtlik xanuzgacha uning ko’z o’ngidan ketmagan. Xuddi
shu g’azalning boshqa bir to’rtligini yod olishga harakat kilib kurilganda, buning
uchun birmuncha ko’p vaqt talab qilgan xamda 7 foiz vaqt ketgach, bu g’azalning
qolgan qismlari yod olinmagan. Demak, bundan shunday xulosaga kelishimiz
mumkinki, odam uchun katta hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan narsalarning
ko’pchilik qismi mutlako esdan chiqib ketmaydi. 1926 yili P. Vil’yamson bir
bo’g’inli so’zlar asosida tuzilgan materialdan foydalanib, A Dittse va G. Djons
(1931 yili) kasr usulidagi matndan olingan materialni bir marta o’qib chiqilgandan
so’ng, olingan materiallarga ko’ra, unutish jarayoni Ebbingauzning ma’nosiz
bo’g’inlar yordamida tuzilgan materiallar asosida o’tkazilgan tajribasidan farqli
ravishda, quyidagicha natija bergan: Ebbingauz tajribalarida bir soat ichida 35 foizga
keskin pasaygan bo’lsa, Dattse Djonslarning tajribalarida unutish 72 foizga, P.
Vil’yamsonnikida esa unutish 75 foizga pastlashgan xolda egri chiziq hosil. Sobiq
sho’ro psixologlari tadqiqotlarining natijalari ma’noga ega bo’lgan materiallarni
o’zlashtirishda esda olib qolish uchun turli xil yo’nalish, ko’rsatma berish muhim
ahamiyat kasb etadi, degan fikrni tasdiqdaydi. A. N. Leont’ev, S.L.Rubinshteyn,
P.A.Ribnikov va boshqalar bolalarning xotira faoliyatini o’rganganlar, shuningdek,
ular o’qish faoliyatiga asoslangan xolda maktab o’quvchilarida tekshirish ishlarini
olib borganlar. P. I. Zinchenko, M. N. Shardakov, A. I. Lipkinalarning tadqiqot
ishlarining aksariyati shunga bag’ishlangan bo’lib, turli materialni esda olib qolishda
tushunishning ahamiyati muhimligini tasdiqlashga intilgan. Bu materialni esda olib
qolishga to’g’ri yo’nalish berilishining natijasida material mazmunini tushunib


olgan xamda esda olib qolish tezligi, aniqligi, mustahkamligi va to’liqligi
ta’minlanadi .
A.A.Smirnovning ta’kidlashicha, shu davrgacha xech kim, xech bir ilmiy
adabiyotlarda bolalarga va quyi sinf o’quvchilariga ahamiyatli bo’lgan materialni
mexanik tarzda olib qolishlari ko’rsatilmagan. Nemis psixologi Vilyam Shtern
(1871—1938) fikricha, bolalarda xam, katta yoshdagi odamlarda xam ma’nosiga
tushunib o’zlashtirishga nisbatan mexanik egallash kam maxsuldordir. Bu mulohaza
xaqiqatan xam to’g’ri bo’lib, u Meymon fikriga ko’ra, yosh ulg’ayishi bilan
ma’nosiz materialni esda olib qolish kamayib boradi va kam samara beradi, lekin
ma’noga ega bo’lgan bilimlarni esda olib qolish esa sezilarli darajada rivojlanib
boradi. Shunga o’xshash omillar boshqa psixologlar tomonidan xam to’plangan
bo’lib, bu haqda boy materiallar umumiy psixologiya xrestomatiyalarida o’z
ifodasini topgan. A. A. Smirnov ma’no anglatmaydigan bo’g’inlardan va ma’no
kasb etuvchi so’zlardan tuzilgan material asosida tekshirish o’tkazgan. Katta va
kichik yoshdagilarda ixtiyoriy va ixtiyorsiz esda olib qolishni aloxida tekshirish, xar
ikkala yosh davrida mazmundor va mazmunsiz materialni esda olib qolishning
munosabatini tekshirish maqsad qilib qo’yilgan. Ma’no kasb etgan materialni esda
olib qolish yosh bolaga nisbatan kattalarda ustunligi, lekin ma’nosiz materialni esda
olib qolish kichik yoshdagi bolalarga qaraganda kam samara bermasligi aniqlangan.
Ma’nosiz bo’g’inlar nafaqat kichik yoshdagi bolalarda, balki katta yoshdagilarda
xam yaxshi o’zlashtiriladi. A. N. Leont’ev tadqiqot ishlarida katta yoshdagilarning
ma’nosiz bo’g’inlardan tuzilgan materialni yaxshi, puxta esda saqlab qolishligi
ta’kidlangan. Katta yoshdagilar ma’nosiz bo’g’inlarni qandaydir mazmun bilan tez
va oson bog’lay oladilar. Shuning uchun ularda bolalarga nisbatan xam kuchliroq
ma’no kasb etadi, shuningdek ma’no anglatmaydigan materialni o’zlashtirish
jarayoni tez ko’chadi, maxsuldorroq bo’ladi. Ma’nosiz materiallar egallash uchun
iroda kuchi, irodaviy sifatlar muhim ahamiyatga egadir. Bolalarda xotiraning yuksak
(yuqori) shakllarini birinchi marta tadrijiy ravishda tadqiqot qilish taniqli psixolog
L.S.Vigotskiyga nasib etgan (1896-1934). L. S. Vigotskiy 20-yillarning oxirlarida
maxsus tekshirishlarning predmeti qilib, xotiraning yuksak shakllarining rivojlanish


muammosini tanlagan va u o’z shogirdlariga L. N. Leontg’ev (1903-1979) va L. V.
Zankov bilan birgalikda xotiraning yuksak shakllari ruxiy faoliyatning murakkab
shakli ekanligini, kelib chiqish jixatidan ijtimoiyligini ko’rsatadi. Shuning bilan
birga u murakkab, moxiyatiga ko’ra, esda olib qolishning asosiy bosqichlari
rivojlanishini dalillab berdi. Psixologlardan A. A. Smirnov, P. I. Zinchenqolar xam
xotira bo’yicha ilmiy-tekshirish ishlarini olib bordilar, uning yangi qonunlari va
mexanizmlarini ochdilar, esda olib qolishning faoliyat maqsadiga bog’liqligini
yoritdilar, murakkab materialni esda olib qolishning oqilona usullarini ko’rsatib
berishga muvofiq bo’ldilar.



Yüklə 266,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin