O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Adobe Photoshop oynasining umumiy ko„rinishi



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/93
tarix20.11.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#165659
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   93
Kompyuter grafikasi va dizayn

 
9.2. Adobe Photoshop oynasining umumiy ko„rinishi 
Adobe Photoshop ishchi oynasi qo‗yidagi elementlardan tashkil topgan.

Tasvir oynasi. Adobe Photoshop dasturida bir vaqtning o‗zida tezkor va 
virtual xotirada bir necha tasvirdan foydalanish mumkin. 

Holat satri. Dasturda foydalanilayotgan uskuna haqida qisqacha tasvir 
beriladi.

Uskunalar paneli. Bu panelda har xil belgilar bilan belgilangan tugmalar 
joylashgan. Har bir tugmacha kursor yaqinlashtirilsa, kursor belgisi ostida 
uskunaning vazifani bajarish haqida axborot paydo bo‗ladi. Uskunalar paneli pastki 
qismida 4 ta blok boshqarish elementi joylashgan: rangli blok uskunasi chizish 
ranglarini o‗zgartiradi; niqoblash blok uskunalari tez niqoblash va niqoblashdan 
chiqib ketish imkoniyatini beradi, tasvir oynasi bilan ishlash uskunalari tasvirlash 
tartibini o‗zgartiradi; oxirgi tugma Image Ready dasturini ishga tushiradi. 

Suzuvchi palitralar. Photoshop dasturida 15 ta palitra mavjud. Bunga 
uskunalar paneli va uskunalar ko‗rsatkichlari kirmaydi. Hamma suzuvchi palitra 
tasvir oynasiga bog‗liq bo‗lmagan holda joylashadi. Palitralarni panel ko‗rinishida 
guruhlash yoki bitta palitra sifatida joylashtirish mumkin. 


124 

Bog‗lanish paneli. Uskunalar ko‗rsatkichlari paneli o‗ng qismida kulrang 
panel ko‗rinishida joylashgan. Bu panelda barcha palitralar bog‗liq holatda bo‗ladi. 

Axborot maydoni. Bu maydonda 2 ta qiymat ko‗rsatilgan bo‗ladi. Masalan: 
Doc: 7.9 M /7.9 M. Birinchi qiymat tasvir egallagan hajmini ko‗rsatadi. Tasvir 
balandligi, enini va 1 ta piksel qalinligida chuqurlik ko‗paytirilib birinchi rangli 
tasvirni hisoblab chiqamiz. To‗liq rangli 1 ta piksel 24 bit xotirani egallaydi.
640*480*3=21600=900 kBayt. Ikkinchi qiymat tasvirdan hamma qo‗shimcha 
qatlamlarni hisobga olib tasvir xaqiqiy hajmini ko‗rsatadi. Agar tasvir bitta qatlamdan 
iborat bo‗lsa, birinchi qiymat bilan teng bo‗ladi. Ikkinchi qiymatda niqob, rang 
kanallari, inkor qilingan amallar va boshqa ma`lumotlar hisobga olinadi. 

Ko‗rsatkichlar paneli. Uskunaning ko‗rsatkichlarini o‗zgartirish mumkin. 

Tasvir sarlavhasi. Tasvir nomi, masshtabi ko‗rsatilgan bo‗ladi. M: 0583.jpg 
@ 66.7% (RGB)

Menyu qatori. Photoshop dasturi menyusi 9 ta banddan iborat. Har bir menyu 
tarkibida ochiladigan menyu bandlari mavjud. Menyu «Fayl, Redaktirovanie, 
Izobrajenenie, Sloy, Videlenie, Fil‘tr, Vid, Okno, Pomoshch‘» bandlaridan tashkil 
topgan. 

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin