9.9. Uskunalar panelini boshqarish vositalari
Photoshop 7 dasturida uskunalar juda ham ko‗p. Endi biz uskunalar paneli
pastki qismida joylashgan o‗nta boshqarish elementlari bilan tanishib chiqamiz.
Asosiy rang (osnovnoy tsvet) – bu element aktivlashtirilganda ekranda rang
tanlash muloqot oynasi chiqadi. Kerakli rangni tanlab, OK tugmasini bosamiz.
Tanlagan rang asosiy rangbo‗lib hisoblanadi. Asosiy rang bilan Pero, Kist‘, Aerograf
va Gradient uskunalari ishlaydi.
Asosiy rang Fon rangi
Fon rangi (tsvet fona) – bu element aktivlashtirilganda ekranda rang tanlash
muloqot oynasi chiqadi. Kerakli rangni tanlab, OK tugmasini bosamiz. Tanlagan rang
fon rangi bo‗lib hisoblanadi. Fon rangi bilan lastik va gradient uskunalari ishlaydi.
«Ranglarni almashtirish» (pereklyuchenie tsvetov). Asosiy rang va fon
ranglarini almashtiradi.
«Tsveta po umolchaniyu». Bu element ustida kursorni bir marta bosish
bilan asosiy rang qoraga va fon rangi oqqa aylanadi. Yana bir marta bosish bilan
asosiy rangni oqqa va fon rangini qoraga aylantirishimiz mumkin.
«Pravka v standartnom rejime» (standart rejimda to‗g‗rilash). Dastur ishga
tushganida tasvir standart rejimda to‗g‗rilash holatida ekranga chiqadi.
«Pravka v rejime bistroy maski» (tez niqoblash rejimida to‗g‗rilash). Bu
element aktivlashtirilganida tasvir tez niqoblanadi. Bu holatda tasvirning belgilangan
maydondan tashqaridagi qismi pushti rang bilan qoplanadi. Tasvir 88 – rasmda
standart rejimda; 89 – rasmda tez niqoblash rejimda ko‗rsatilagan [5, 30-50].
142
88-rasm 89-rasm
Nazorat savollari
1.
Photoshop dasturining imkoniyatlarini aytib bering.
2.
Piksellar to‗g‗risida tushuncha bering.
3.
Adobe Photoshop dasturining vazifasi nimadan iborat.
4.
Adobe Photoshop dastur qanday ishga tushiriladi va tugallanadi.
5.
Adobe Photoshop dastur necha menyudan iborat va vazifalarini ayting.
6.
Adobe Photoshop dasturida qanday qurollar paneli mavjud, ularning
vazifalarini ayting.
7.
Matn bilan ishlash usulini ko‗rsating.
8.
Ranglar bilan ishlash uchun nechta asbob ajratilgan, ularning vazifasini
ayting.
|