155
tugmasini bosamiz. Yangi belgini boshqa yo‗l bilan ham yaratish mumkin. Agar biror
bir tasvir qismini sichqoncha bilan tanlab F8 yoki Vstavka menyusida «Preobrazovat‘
v simvol» (Convert to Symbol)
buyrugini tanlasangiz, u holda Flash shu tasvir
asosida siz tanlagan turiga mansub yangi belgi yaratadi.
Grafik tasvir (graphic) - bitta kadrdan va bitta yoki
bir nechta qatlamlardan
iborat belgi. Aktiv tugma (button)- to‗rtta kadrdan (Up, Over, Down, ?it) va bitta yoki
bir nechta qatlamlardan iborat belgi. Up - tugma oddiy ko‗rinishi, Over- sichqoncha
kursori tugmaga ko‗rsatib turgan ko‗rinishi, Down- sichqoncha kursori tugmaga
ko‗rsatib bosilib turgan ko‗rinishi, Hit - tugma aktivlashish sohaning ko‗rinishi.
Animatsiyalashgan klip (movie clip) - cheklanmagan
kadrlar va qatlamlardan
iborat belgi. Ushbu belgi o‗z ichiga bir nechta boshqa belgilarni (grafik tasvirlar,
aktiv tugmalar va boshqa animatsion kliplarni) olishi mumkin.
Belgilar kutubxonasi (Biblioteka -Library)
- har
xil turdagi belgilar bilan
ishlash uchun Flash ning maxsus oynasi. Uni ekranga chiqarish uchun Ctrl+Lyoki
F11 yoki «Okno» menyusining «Biblioteka» (Window Library) buyrug‗ini
tanlashimiz kerak. Ushbu oyna orqali biz barcha belgilarni ko‗rishimiz, ularni
tahrirlashimiz, yangi yaratishimiz va o‗chirishimiz hamda ularga kadrlar qo‗shishimiz
mumkin.
Animatsiya (Animatsiya - Animation)
- Flash dasturining asosiy harakatlari.
Animatsiya 2 xil bo‗ladi: kadrli
(pokadrovoe sozdanie)
va avtomatik
156
(avtomaticheskoe sozdanie promejutochnix kadrov). Kadrli animatsiya faqat
boshqaruv kadrlardan iborat bo‗ladi. Avtomatik animatsiya (tweening)
boshqaruv
hamda avtomatik ravishda yaratilgan oddiy kadrlardan iborat bo‗ladi. Flash dasturida
ikki xil avtomatik animatsiya turi mavjud: shakllar geometriyasini o‗zgarishi (shape
tweening) yoki boshqaruv kadrlar o‗zgarishi (motion tweening) asosidagi animatsiya.
Dostları ilə paylaş: