171
GLOSSARIY
1.
Ifodalashni grafik usuli yoki grafik til – bu fikrni ifodalashni fazoviy
tasvirlashni shartli qiymatlari va qandaydir yuzada ifodalashni usullari va qoidalari
to‗plamidan iborat.
2.
Grafik obraz - o‗zi bilan bog‗lik bo‗lgan turli xil chizmalar to‗plami.
3.
Eksplikatsiya - grafik obrazning ma‘nosini ochib beruvchi ma‘lumotlar
to‗plami.
4.
Grafik simvolik obrazi – bu chizmalardan (shartli belgilardan) iborat bo‗lgan
obraz bo‗lib, uning qiymatlari ularni geometrik shakllari bilan bog‗lanmagan bo‗lib,
ular sharoitga bog‗lik holda qiymatlarga ega bo‗ladi.
5.
Grafik geometrik obraz – bu izchil geometrik ma‘noga ega bo‗lgan obraz
bo‗lib, mantiqan tenglamani yoki qandaydir mushohadani ifodalaydi.
6.
Grafikani texnologik asoslari – ikki o‗lchovli (yoki uch o‗lchovli) grafik
obraz orqali maxsus va xayolan tugal ko‗rilgan grafik obrazlar va ularni
eksplikatsiyasidir.
7.
Zonal to‗r – maydonni qismlarga bo‗lib, har bir qismiga maxsus nom
berishdan iborat.
8.
Jadval to‗ri – bu o‗zaro kesishuvchi zonalar kombinatsiyasidan iborat.
9.
Interaktiv mashina grafikasi - o‗zaro ta‘sirda bo‗lgan interaktiv qurilmalar
yordamida grafik tasvirning to‗ri, ularni shakli, o‗lchamlari va rangini boshqarish.
10.
Dasturiy interfeys – hisoblash mashinasi doirasida dasturlar va
qurilmalarni o‗zaro muvofiq tarzda ishlashini ta‘minlab beruvchi vositalar turkumi.
11.
Foydalanuvchi interfeys – bu EXM yoki dasturlar ta‘minoti bilan
foydalanuvchi o‗rtasida muloqotni tashkil etuvchi dasturlar va apparatlar majmuasi.
12.
Kompyuter grafikasining operatsion tizimi (KGOT) – ko‗p masalali va
ko‗p oynali qobiqli muhit bo‗lib, u foydalanuvchining taraqqiy qilgan interfeysi
bilan ta‘minlangan bo‗lib, MS DOS operatsion tizimi ustiga qurilgan usqurtma
bo‗lib xizmat kiladi.
172
13.
Kompyuter (mashina) grafikasi – grafik yoki geomerik obyektlarining
xajm modellarini yaratish, saqlash, ishlov berish va zamonaviy EXMlar yordamida
ularni tasvirlash tushuniladi.
14.
Mul‘timedia texnologiyasi – foydalanuvchini kompyuter bilan muloqoti
uchun ovoz, video, grafika, matn, animatsiya va boshqa vositalar yordamida tabiiy
muhitni ta‘minlash jarayoni.
15.
Grafik interfeys – foydalanuvchi dastur va ma‘lumotlar bilan
ishlayotganda grafik elementlar yordamida kerakli amallarni bajarishni ta‘minlovchi
oddiy va qulay vosita.
16.
Drawing – Rasm solish asboblar panelida joylashgan tugmalar tizimi.
17.
Microsoft Clip Art – standart grafiklar va rasmlar bibliotekasi.
18.
WORD Art – Xar qanday tasvirlarni qo‗yish, bezash va matnlarni
tahrirlash vositalari.
19.
OLE – bir dasturdagi rasmlarni boshqa dasturdagi rasmlar bilan bog‗lovchi
yoki kiritib qo‗yuvchi vositalar majmuasi.
20.
Microsoft Grap – turli diagrammalarni ko‗rish uchun mo‗ljallangan amaliy
dastur.
21.
Eguation Edition - matematik, fizik, mantiqiy simvollarni matnga
kirituvchi amaliy dastur.
22.
Microsoft Map – geografik kartalarni, regionlarni ularni elementlari va
xarakteristikalari bilan birgalikda shakllantiruvchi amaliy dastur.
23.
Fonli rasm - qog‗ozga to‗g‗ridan-to‗g‗ri tushirilgan va u bilan mustahkam
bog‗langan rasm.
24.
Chizilgan obyekt - qog‗ozda erkin siljib yuruvchi, lekin matn bilan
to‗qnashmaydigan rasm.
25.
Kadr – ekranning bog‗liq bo‗lmagan bir qismi, unda matn va grafika
joylashishi mumkin.
26.
Obyektni transformatsiyalash – obyektni o‗z o‗qi atrofida gorizontal va
vertikal yo‗nalishda o‗zgartirish.
173
27.
Diagramma - bu Excel ishchi sahifasidagi ma‘lumotlarni grafik
tasvirlanishi.
28.
Diagramma ustasi – bu muloqot oynalar tizimi bo‗lib, u yerda diagramma
tuzish uchun kerakli barcha ishlar amalga oshiriladi.
29.
Diagramma oblasti – bu berilgan ma‘lumotlar qatori bo‗lib, diagramma
nomini va afsonalarni ham o‗zichiga oladi.
30.
Qurish oblasti – bu yuza diagrammalarda uning o‗klari bilan
chegaralangan, xajmiy diagrammalarda esa kategoriyalar nomi, kesishuvchi belgilar
va o‗klar nomini ham uz ichiga oladi.
31.
Power Point – bu grafik dasturlar paketi bo‗lib, elektron slaydlarni
tayyorlash, ular bilan tanishishni uyushtirish va slayd-filmlarni namoyish etishga
tayyorlaydi.
32.
Prezentatsiya – bu slaydlar va maxsus effektlar to‗plami bo‗lib, ularni
ekranda ko‗rsatish, tarqatiladigan material, dokladni rejasi va konspekti shaklida bitta
faylda saqlanadi.
33.
Slayd – bu prezentatsiyaning alohida kadri bo‗lib, o‗z ichiga matnni,
sarlavhalarni, grafik va diagrammalarni olishi mumkin.
34.
Tarkatiladigan material – qulay shaklda bosib chiqarilgan va tanishish
uchun mo‗ljallangan materiallar.
35.
Dizayn qolipi – professional tomonidan oldindan tayyorlab qo‗yilgan
grafiklar, bo‗yoqlar, jilolar, tovushlar namunasi bo‗lib, ular slaydlarda ishlatish uchun
mo‗ljallangan.
36.
Ranglar sxemasi - bu 8 xil ranglardan tashkil topgan to‗plam bo‗lib,
prezentatsiyalar uchun asosiy ranglar sifatida ishlatiladi.
37.
Animatsiya – bu slaydlarni namoyish qilish va ko‗rsatishda ularni
samaradorligini oshiruvchi tovush, rang, matn va harakatlanuvchi effektlar va ularni
yig‗indisidan iborat.
|