O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/93
tarix20.11.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#165659
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93
Kompyuter grafikasi va dizayn

Nazorat savollari 
1.
Innovatsion-axborot ta‘minoti markazlarini vazifalarini tushuntiring. 
2.
Dasturiy ta‘minot nima? 
3.
―Statistica‖ tizimining grafik imkoniyatlarini tushuntiring. 
4.
Matlab tizimining imkoniyatlari. 
5.
Matlab tizimining eng katta xususiyatlari. 
6.
Simulink tizimida grafik obyektlarni aks ettirish. 
7.
Simulink tizimida dinamik sistemalarni modellashtirish. 
8.
Simulink tizimida dinamik sistemalarni taxlil qilish. 
 


169 
XULOSA 
Aytish mumkinki, qo‗llanish sohasiga ko‗ra kompyuter grafikasi quyidagi 
turlarga bo‗linadi: tijoratga oid; namoyishlarga oid; muhandislikka oid; ilmiy, 
ko‗rgazmaviy, animatsion. 
Kompyuter grafikasi tasvirlarni shakllantirish usullariga bog‗liq holda 3 turga 
bo‗linadi: Rastrli grafika. Vektorli grafika. Fraktal grafika. Ular bir-birlaridan tasvir 
ko‗rinishdagi axborotlarni hosil qilish va qayta ishlash texnologiyalari bilan farq 
qiladi.
Zamonaviy kompyuter grafikasini hisoblanadigan grafika deyiladi. Uning 
asosini vektor grafikasi tashkil etadi. Vektor grafikasi asosida esa geometrik 
figuralarning 
xossalari 
to‗g‗risidagi 
matematik 
tasavvurlar 
yotadi. 
Ta‘kidlaganimizdek, vektor grafikasining eng oddiy obyekti bo‗lib chiziq 
hisoblanadi. Shu sababli, vektor grafikasi asosida to‗g‗ri chiziqni matematik ifodalash 
fikri yotadi. Adobe Photoshop Windows muhitida ishlovchi kompyuterlar uchun 
mo‗ljallangan elektron ko‗rinishdagi fototasvirlarni tahrir qiluvchi dasturdir. Adobe 
Photoshop dasturi Adobe System, Inc kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 
bo‗lib, ishlatishdagi alohida qulayliklari bilan mashhur. 
Adobe Photoshop dasturi yordamida fotosuratlarga qo‗shimchalar kiritish
fotosuratdagi dog‗larni o‗chirish va eski rasmlarni qayta ishlash va tiklash, rasmlarga 
matn kiritish, qo‗shimcha maxsus natijalar bilan boyitish, bir fotosuratdagi 
elementlarni o‗zgartirish, almashtirish mumkin. Adobe Photoshop imkoniyatlari keng 
qamrovli bo‗lib, u gazeta va jurnallarni turli-tuman rasmlar bilan boyitishda katta 
qulayliklar yaratadi. 
Adobe 
Photoshop 
ayniqsa, 
jurnalistlarning, 
rassomlarning 
ijodiy 
imkoniyatlarini to‗la amalga oshirishlarida yordam beradi. Jurnalistika va bevosita 
matbuot yoki nashriyot sohasiga aloqador bo‗lgan shaxslarning mazkur dastur bilan 
ishlashni bilishi ular uchun qo‗shimcha imkoniyatlarni yaratib beradi.
Vektorli grafikaning Windows operatsion sistemasida ishlaydigan dasturiy 
vositalaridan biri Corel DRAW bo‗lib, u yangi grafiklar yaratish va tahrir qilish 
uchun mo‗ljallangan. Vektorli grafika bilan ishlovchi dasturiy vositalar birinchi 


170 
navbatda tasvirlarni yaratishda ishlatilib, ular reklama agentliklarida, dizaynerlik 
byurolarida va nashriyotlarda qo‗llaniladi. 
Corel DRAW yordamida turli grafik ko‗rinishlarni loyihalash, fotomatn 
tasvirlar ustida ishlash, ayniqsa, badiiy ko‗rinishdagi kompozitsiyalarni tahrir qilish 
bilan bog‗liq amallarni bajarish qulay. 
Corel DRAW boshqa grafik muharrirlariga nisbatan matnlar bilan yaxshi 
ishlash imkoniyatiga ega. Masalan, nashriyot sistemalarida yumoristik yoki 
boshqacha kitoblarni har xil va turli o‗lchamdagi harflar bilan yozish mumkin. Corel 
DRAW yordamida har qanday fotosuratni chiroyli portretga aylantirish mumkin. 
O‗z-o‗zidan ravshanki, bu kabi professional va murakkab grafik muharrirlarda biz 
turli rasmlarni chizishimiz mumkin. Fayllarni import va eksport qilish Corel DRAW 
dasturining eng yaxshi qulayliklardan biri hisoblanadi.
Macromedia Flash dasturi ham Power Point dasturi kabi Windows operatsion 
sistemasida animatsiya va taqdimot fayllarni yaratish uchun mo‗ljallangan. Ammo
Macromedia Flash kichik animatsiya fayllari (kliplar), Web - saxifalar, elektron 
qo‗llanmalar va shu kabi boshqa axborot tizimlarining animatsion elementlarini 
yaratishga xizmat qiluvchi dasturiy vositalaridan biri bo‗lib, u Power Point dasturiga 
nisbatan murakkab amallarni bajarish imkoniyatiga ega. Mazkur dasturda animatsiya 
fayllari to‗liq foydalanuvchi tomonidan yaratiladi va animatsiyalashtiriladi. Shu bilan 
birgalikda bu dasturda aktiv elementlar bilan ishlash hamda dasturlash imkoniyatlari 
mavjud. Macromedia Flash dasturda yaratilgan fayllar o‗zining original, ishlash 
soddaligi, yaratilish murakkabligi, tezkorligi, mul‘timediya jihozlanganligi va hajm 
bo‗yicha kichikligi bilan ko‗zga tashlanadi.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin