12.3 Matlab tizimida maxsus grafika
MATLAB – yuqori samaradorlikka ega bo‗lgan injenerlik va ilmiy
hisoblashlar tilidir. U osonlik bilan o‗zlashtirish mumkin bo‗lgan operatsion
muhitdan foydalanib matematik hisoblashlar, hisoblashlarni vizuallashtirish, ilmiy
grafika va dasturlashni amalga oshirish imkoniyatini beradi. MATLAB muhitida
qo‗yilgan masalalar va ularning yechimlari matematik notatsiyaga (shartli yozma
belgilar) yaqin notatsiyada taqdim qilinishi mumkin.
165
MATLABning qo‗llanish sohasi juda keng bo‗lib ulardan ayrimlari
quyidagilar:
⁃
matematika vahisoblashlar;
⁃
algoritmlarni ishlab chiqish;
⁃
hisobiy eksperiment, imitatsion modellash;
⁃
ma‘lumotlarni tahlil qilish;
⁃
natijalarni tadqiq qilish va vizuallashtirish;
⁃
ilmiy va injenerlik grafikasi;
⁃
tatbiq qilish uchun ishlanmalar yaratish;
⁃
foydalanuvchining grafik interfeysi va boshqalar.
Matlab tizimining eng katta xususiyatlaridan biri, unda grafik chizish
imkoniyatini mavjudligidir. Biz Matlabda ikki vektor grafigini chizishning eng sodda
va umumiy komandalari bilan tanishamiz.
Matlabda grafiklarni har xil koordinata sistemalarida qurish mumkin.
Bulardan to‗g‗ri burchakli dekart koordinatalari sistemasi, polyar koordinatalari,
sferik va tsilindrik sistemalarni keltirish mukin. Undan tashqari koordinatalarni bir
sistemadagi ko‗rinishidan boshqa ko‗rinishga o‗tkazish mumkin.
166
12.4. Simulink tizimida grafik obyektlarni aks ettirish
Oxirgi yillarda Simulink paketi fan va sanoatda dinamik sistemalarni
modellashtirish va simulyatsiya qilishda eng keng foydalaniladigan dasturiy
paketlardan biridir.
Simulink ni ishlatib, namunalardan osongina model yaratish mumkin yoki
mavjud modellarga komponentlar qo‗shish mumkin. Simulyatsiya qilish jarayoni
interaktiv bo‗lgani uchun, ish jarayonida parametr qiymatlarini o‗zgartirib, natijalarni
o‗zgarishini ko‗rish mumkin bo‗ladi. Bu paketdan Matlabning barcha analiz qiluvchi
instrumental vositalariga to‗g‗ridan-to‗g‗ri kirish imkoniyati bo‗lgani uchun,
natijalarni analiz qilish va kerakli grafiklarni qurish va o‗rganish mumkin bo‗ladi.
Simulink yordamida real chiziqsiz bo‗lgan modellarni o‗rganish va qurish
mumkin. bunday modellar, bizga ma‘lumki, qarshilik, ishqalanish, havo qarshiligi
mexanizmlarni sirpanishi va boshqalarni hisobga olish imkoniyatini beradi.
Simulink – bu dinamik sistemalarni modellashtirish, simulyatsiya va analiz
qilishga mo‗ljallangan dasturlar paketidir. Bu paket uzluksiz vaqt mobaynida
modellashtirilgan chiziqli va chiziqsiz bo‗lgan, ma‘lum vaqt oralig‗ida berilgan
tizimlarni qo‗llab-quvvatlaydi. Sistemalar har xil tezlikda bo‗lishi, ya‘ni sistemani har
xil bo‗limi har xil tezliklarda bajarilishi mumkin.
Modellashtirish uchun Simulink paketi modelni blok-sxema sifatida
shakllantirish uchun foydalanuvchining grafik interfeysi bilan ta‘minlaydi. Bunda
―sichqoncha‖ vositasida ―click-and-drag‖operatsiyasidan foydalaniladi. Bu interfeys
yordamida modellarni qalam va qog‗oz ishlatib ―chizish‖ mumkin. Simulink har xil
bloklardan (qabul qiluvchi, manba‘lar, chiziqli va chiziqsiz komponentalar, ulagich
(soediniteli) lar) dan iborat bo‗lgan bibliotekani ulab beradi. undan tashqari,
foydalanuvchi o‗z bloklarini yaratish va sozlash mumkin.
167
Barcha modellar ierarxik tuzilishga ega. Shuning uchun, modellarni o‗suvchi
yoki kamayuvchi nuqtai-nazaridan kelib chiqib shakllantirish mumkin. Sistemani
yuqori darajada (uroven) qarash mumkin va bloklarda ikkita (―shelchok‖) ―bosish‖
natijasida darajalar (urovni) bo‗yicha pasayib, model detallarining o‗suvchi
darajalariga kirishni ta‘minlash mumkin bo‗ladi. Bu nuqtai nazar (podxod)
yordamida modelning tuzilishini va uning qismlarini qanday birgalikda ishlashini
tushunishni ta‘minlab beradi.
Model aniqlangandan keyin uni foydalanish uchun qo‗ysa bo‗ladi. Bunday
ishni integrallash metodidan, yoki Simulink menyusidan, yoki Matlab komandalar
oynasidan ma‘lum komanda kiritib amalga oshirish mumkin. Interaktiv ishlash
jarayonida menyudan foydalanish qulay bo‗lsa, paketli modellashtirish jarayonida
komandalar oynasidan foydalanish qulaydir.
Maxsus demonstratsion bloklardan foydalanib, simulyatsiya bajarilmayotgan
bo‗lsa ham, simulyatsiya natijalarini ko‗rish mumkin. undan tashqari parametrlarni
168
o‗zgartirib, birdaniga u qanday natija berganini ko‗rish mumkin. Modellashtirish
(simulyatsiya) natijalari Matlabning ishchi fazasiga joylashtirib, keyinchalik qayta
ishlab vizualizatsiya qilish mumkin bo‗ladi.
Modellarni analiz qilish instrumentlariga chiziqlashtirish va qurish
(podstroyka) vositalari kiradi. Bu vositalar komandalar oynasidan chaqiriladi. Undan
tashqari Matlabning ko‗p instrumental vositalari va bibliotekalaridan xam
foydalanish mumkin.
Matlab va Simulink tizimlarining xisobiga bu tizimning ixtiyoriy nuqtasida
modellashtirish, analiz qilish va modellarni to‗g‗rilash mumkin bo‗ladi.
Ma‘lumki. kompyuter texnologiyasiniiig rivojlanishi bilan murakkab tizimlarni
tadqiq qilishda mashinali modellash usuli eng samarali va bu usulining yordamisiz
texnika va texnologiyaning ba‘zi muammolarini hal etish qiyinlashib qoldi.
Shu sababdan muhandis-texnologlarni tayyorlashdagi dolzarb masalalardan biri
- matematik modellashtirish nazariyasining asoslarini va usullarini o‗zlashtirish
hisoblanadi. Bu masala nafaqat o‗rganilayotgan obektlarning modellarini qurish, ular
dinamikasini tahlil qilish va model bilan mashinali eksperimentni boshqarish
imkonini beradi, balki o‗rganilayotgan tizimlarga yaratilayotgan modellarining
monandligini ma‘lum miqdorda qo‗llanish chegarasida fikr yuritish mumkinligi
hamda zamonaviy hisoblash texnika vositalarida tizimlarning modellashni to‗g‗ri
tashkil qilish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: |