152
11 -bob. ADOBE FLASH ANIMATSIYA DASTURI
11.1. Kompyuter animatsiyasi. Flash dasturi haqida umumiy ma‟lumot
Power Point dasturi kabi Macromedia Flash dasturi yordamida ham
animatsiya va taqdimot fayllarni yaratishimiz mumkin. Ammo Power Point ga
qaraganda Macromedia Flash dasturida yaratilgan animatsiya fayllari to‗liq
foydalanuvchi tomonidan yaratiladi va animatsiyalashtiriladi. Shu bilan birgalikda bu
dasturda aktiv elementlar bilan ishlash va dasturlash imkoniyatlari mavjud. Asosan,
Macromedia Flash dasturida kichik animatsiya fayllari (kliplar), internet sahifalar,
elektron qo‗llanmalar va ... Flash dasturda yaratilgan fayllar o‗zining original, ishlash
soddaligi, yaratilish murakkabligi, tezkorligi, mul‘timediya jihozlanganligi va hajm
bo‗yicha kichikligi bilan ko‗zga tashlanadi.
Dasturni ishga tushirish uchun pusk tugmasining programmi bo‗limidan
Macromedia guruhi ichidagi Macromedia Flash buyrug‗ini tanlaymiz. Natijada,
ekranda quyidagi dastur oynasi hosil bo‗ladi.
Flash dasturida ishlash uchun biz bir nechta yangi tushunchalar bilan
tanishishimiz zarur. Bular: Flash belgisi, grafik tasvir (simvol), animatsion klip, aktiv
tugma, stsena, kadr, boshqaruv kadr, vaqt-chizg‗ichi va qatlam.
Dostları ilə paylaş: