9.2.
Investitsiya loyihalariga ta’sir etuvchi risklarning tasniflanishi va
xususiyatlari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida risklarning bir necha turlari mavjud bo‘lib,
investitsiya risklarini turli belgilar bo‘yicha tasniflash mumkin.
1. Tarkibi bo‘yicha risklar quyidagilarga bo‘linadilar: iqtisodiy risk; siyosiy
risk; ijtimoiy risk; ekologik risk; texnologik risk; tijorat riski; informatsion risk va
boshqalar.
2. Muddati bo‘yicha risklar quyidagilarga bo‘linadilar: qisqa muddatli risklar;
uzoq muddatli risklar.
3. Olinadigan natijaga qarab risklar: sof risklar va spekulyativ risklarga
bo‘linadi (9.1-rasm).
Sof risklar salbiy natijani olish imkonini anglatadi. Unga ekologik, siyosiy,
tabiiy, transport va tijorat risklari (mulkiy, ishlab chiqarish, savdo risklari)
tegishlidir.
Spekulyativ risklar ham ijobiy, ham salbiy natijalarni olish imkoniyatida
namoyon bo‘ladi, ular moliyaviy risklardan iboratdir.
171
Moliyaviy risklar tarkibiga kiruvchi pulning to‘lov qobiliyati bilan bog‘liq
risklarga quyidagilar kiradi:
- inflyatsion risklar – pulning qadrsizlanishi bilan bog‘liq risklar;
- deflyatsion risklar - deflyatsiyaning o‘sishi holatida baho darajasining
tushishi, daromadlarning pasayishi, tadbirkorlikning rivojlanishi uchun shart-
sharoitning yomonlashuvi sodir bo‘ladi;
- valyuta risklari - valyuta kursining o‘zgarishi bilan bog‘liq valyuta
yo‘qotilishi xavfi sifatida namoyon bo‘ladi;
- likvidlilik risklari - qimmatli qog‘ozlar yoki boshqa tovarlar sifatini va
iste‘mol qiymatini baholashning o‘zgarishi oqibatida ularni sotishda mumkin
bo‘lgan yo‘qotishlar bilan bog‘liq bo‘ladi.
Moliyaviy risklar tarkibiga kiruvchi investitsion risklar o‘z ichiga
quyidagilarni qamrab oladi:
- daromadlilikning pasayishi riski - qo‘yilmalar, kreditlar, portfelli
investitsiyalar bo‘yicha foizlar va dividendlar miqdorining kamayishi natijasida
yuzaga keladi, daromadlilikning pasayishi risklari o‘z ichiga foiz va kredit
risklarini qamrab oladi;
- foydaning boy berilishi risklari - bu risk amalga oshirilmagan tadbirlar
natijasida kelib chiqadigan qo‘shimcha (bilvosita) zararlar hisoblanib, bu risk
tarkibiga quyidagilar kiradi, ya‘ni birjaviy risklar birjaviy bitimlardan ko‘riladigan
zararlar xavfi mavjud bo‘lgan risklar;
- selektiv risklar - kapital qo‘yilmasi, qimmatli qog‘ozlar va shu kabilar turini
to‘g‘ri tanlamaganligi bilan bog‘liq risklar;
- bankrotlik risklari - tadbirkorlar tomonidan xususiy kapitalini butkul
yo‘qotish xavfi bilan bog‘liq risklar.
|