8.1-jadval
Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining yillik darajasi va inflyatsiya
darajasining yillar bo’yicha dinamikasi
Ko’rsatkichlar
2007
yil
2008
yil
2009
yil
2010
yil
2011
yil
2012
yil
2013
yil
2014
yil
2015
yil
2016
yil
2017
yil
2018
yil
Markaziy bank
qayta moliyalash
stavkasining yillik
14,0
14,0
14,0
14,0
12,0
12,0
12,0
10,0
9,0
14,0
14,0
16,0
154
darajasi, %
Inflyatsiya darajasi,
%
6,8
7,8
7,4
7,3
7,6
7,0
6,8
6,1
7,0
7,5
11,0
11,5
Markaziy bankning kredit siyosati iqtisodiyotning hal qiluvchi bo‘g‘inlarini
kreditlash va undan unumli foydalanishga qaratilgan qayta moliyalashtirish
stavkasi oldingi yillarda quyidagicha belgilangan.
1 yanvar 1994 yildan - 40%;
1 oktabr 1994 yildan - 225%;
1 mart 1995 yildan - 300%;
1 iyul 1995 yildan - 120% (oyiga 10%);
1 avgust 1995 yildan - 84% (oyiga 7%);
1 iyul 1996 yildan - 60% (oyiga 5%);
1 avgust 1996 yildan - 48% (oyiga 4%);
1 avgust 1997 yildan - 39,6% (oyiga 3,3%);
16 iyul 2003 yildan - 24 % (oyiga 2 %);
10 sentabr 2003 yildan - 20 % (oyiga 1.66 %);
5 iyul 2004 yildan - 18% (oyiga 1.5 %);
21 dekabr 2004 yildan - 16% (oyiga 1.33 %);
1 yanvar 2011 yildan – 12%;
1 yanvar 2014 yildan – 10%;
1 yanvar 2015 yildan – 9%;
1 yanvar 2016 yildan – 14%;
1 yanvar 2018 yildan – 16%.
Hozir ko‘pgina davlatlarda pul muomalasini tartibga solishda ochiq bozorda
operatsiyalar o‘tkazish usulidan foydalanilmoqda.
Bu hozirgi ko‘p qo‘llanadigan monetar siyosatning bir usuli hisoblanadi. Bu
usul tijorat banklarining likvidlik darajasiga tezda ta‘sir o‘tkaza oladigan
eshiluvchan (moslanuvchan), amaliy va operativ usul hisoblanadi. Bu usulni
boshqalaridan farqi shundaki, uni zaruriyatga qarab va hohlagan miqdorda
o‘tkazish mumkin. Bu mexanizm bozorni rivojlanish tendentsiyasiga qarab pul
155
muomalasini baraqarorlashtira olishi mumkin. Markaziy bankning ochiq bozorda
operatsiyalar o‘tkazish huquqi qonunda belgilangan. Bunda oldi - sotdi ob‘ekti
bo‘lib davlat qiymatbaho qog‘ozlari va Markaziy bank o‘zi chiqargan qarz
majburiyatlari bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, qayta moliyalash stavkasi umuman iqtisodiyotda muayyan
darajada foiz stavkalarining indikatori bo‘lib xizmat qiladi. Amaldagi
qonunchilikka ko‘ra, tijorat banklari jalb qilingan depozitlar va berilayotgan
kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarini o‘zlari mustaqil ravishda belgilashlari
mumkinligiga qaramasdan qayta moliyalash stavkasining kamaytirilishi foiz
stavkalarining pasayishiga olib keladi.
Hozir ko‘pgina davlatlarda pul muomalasini tartibga solishda ochiq bozorda
operatsiyalar o‘tkazish usulidan foydalanilmoqda.
Bu hozirgi ko‘p qo‘llanadigan monetar siyosatning bir usuli hisoblanadi. Bu
usul tijorat banklarining likvidlik darajasiga tezda ta‘sir o‘tkaza oladigan
eshiluvchan (moslanuvchan), amaliy va operativ usul hisoblanadi. Bu usulni
boshqalaridan farqi shundaki, uni zaruriyatga qarab va hohlagan miqdorda
o‘tkazish mumkin. Bu mexanizm bozorni rivojlanish tendentsiyasiga qarab pul
muomalasini baraqarorlashtira olishi mumkin. Markaziy bankning ochiq bozorda
operatsiyalar o‘tkazish huquqi qonunda belgilangan. Bunda oldi - sotdi ob‘ekti
bo‘lib davlat qiymatbaho qog‘ozlari va Markaziy bank o‘zi chiqargan qarz
majburiyatlari bo‘lishi mumkin. Hozirgacha muomalada Markaziy bankning uch
oy muddatda so‘ndiriladigan depozit sertifikatlari yurgan bo‘lsa, 1996 yil mart oyi
oxirida DQMO chiqarildi. Bu tijorat banklari va korxonalarining mablag‘larini
xavf-xatardan saqlash va daromad olish imkonini beradi.
Davlat qimmatli qog‘ozlarini kiritish birinchidan, Moliya vazirligiga o‘z joriy
harajatlarining bir qismini inflyatsiyadan holi manba hisobidan qoplashga,
ikkinchidan, xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar o‘zlarining bo‘sh mablag‘larini foyda
olish evaziga investitsiya qilish mumkinligiga imkoniyat yaratdi.
DQMOlarning birlamchi bozori Markaziy bank valyuta birjasida tijorat
banklari ishtirikida chiqariladi.
156
Zarur bo‘lsa obligatsiya egasi ikkilamchi bozorda o‘z foydasi evaziga uni
sotishi mumkin.
Shunday qilib, Markaziy bank pul muomalasini barqarorlashtirish uni tartibga
solish borasida barcha vakolat va huquqiy normalarga ega.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan usullar ko‘pgina davlatlarda qo‘llaniladi.
Davlatning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib boshqa selektiv usullardan
ham foydalanishi mumkin. Bu usullarni maqsadi kreditlash hajmiga va umumiy
pul massasiga ta‘sir o‘tkazib borishdir. Bu usullarni har davlat o‘zini rivojlanishi
darajasiga qarab qo‘llashi mumkin. Masalan, rivojlangan davlatlarda asosan ochiq
bozorda operatsiyalar o‘tkazish usulidan foydalaniladi. Yuqoridagilarni tahlil
qilsak, har usul u yoki bu yo‘l bilan (bevosita yoki bilvosita) muomaladagi pul
massasini kamayishiga yoki ko‘payishiga ta‘sir qiladi.
Iqtisodiyotdagi ahvolga qarab Markaziy bank o‘zining pul- kredit sohasidagi
strategiyasini aniqlaydi. Bundan tashqari mamlakatdagi pul muomalasi xukumat
tomonidan chiqarilgan qaror va buyruqlar bilan ham bgoshqariladi. Bunga misol
qilib korxona tashkilotlarini kassa tushum rejasini bajarishi ustidan qattiq nazorat
o‘rnatish, barcha savdo shahobchalarini inkassatsiyaga tortish, aholini o‘z
daromadini davlat banklarida saqlashga targ‘ib qilish va ishontirish, qiymatli
qog‘ozlar bozorini kengaytirish, hisob cheklaridan keng foydalanish, bank tizimini
takomillashtirish, ya‘ni elektron kartochkalarini joriy bo‘lish va boshqalar
bularning hammasi muomaladagi pul massasining kamayishiga, emissiya
miqdorining qisqarishiga olib kelishi mumkin.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan usullar ko‘pgina davlatlarda qo‘llaniladi.
Davlatning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib boshqa selektiv usullardan
ham foydalanishi mumkin. Bu usullarni maqsadi kreditlash hajmiga va umumiy
pul massasiga ta‘sir o‘tkazib borishdir. Bu usullarni har davlat o‘zini rivojlanishi
darajasiga qarab qo‘llashi mumkin.
Masalan, rivojlangan davlatlarda asosan ochiq bozorda operatsiyalar o‘tkazish
usulidan foydalaniladi. Yuqoridagilarni tahlil qilsak, har usul u yoki bu yo‘l bilan
(bevosita yoki bilvosita) muomaladagi pul massasini kamayishiga yoki
157
ko‘payishiga ta‘sir qiladi. Iqtisodiyotdagi ahvolga qarab Markaziy bank o‘zining
pul- kredit sohasidagi strategiyasini aniqlaydi. Bundan tashqari mamlakatdagi pul
muomalasi xukumat tomonidan chiqarilgan qaror va buyruqlar bilan ham
bgoshqariladi. Bunga misol qilib korxona tashkilotlarini kassa tushum rejasini
bajarishi ustidan qattiq tazorat o‘rnatish, barcha savdo shahobchalarini
inkassatsiyaga tortish, aholini o‘z daromadini davlat banklarida saqlashga targ‘ib
qilish va ishontirish, qiymatli qog‘ozlar bozorini kengaytirish, hisob cheklaridan
keng foydalanish, bank tizimini takomillashtirish, ya‘ni elektron kartochkalarini
joriy bo‘lish va boshqalar bularning hammasi muomaladgi pul massasining
kamayishiga, emissiya miqdorining qisqarishiga olib kelishi mumkin.
Pul islohati deb pul muomalasini barqarorlashtirish maqsadida davlat
tomonidan pul tizimini o‘zgartirishga aytiladi. Pul islohoti metall pul muomalasi
davrida, ikkinchi jahon urushidan keyin - oltin deviz, oltin dollar muomalasi
davrida o‘tkazildi.
O‘zbekistonda pul islohoti 1994 yilda o‘tkazildi va respublika mustaqil davlat
sifatida o‘zining milliy pul birligiga ega bo‘ldi.
Pul muomalasini barqarorlashtirishga pul islohotini o‘tkazmasdan ham
erishish mumkin. Pul muomalasini barqarorlashtirishning quyidagi usullari
mavjud: revalvatsiya, devalvatsiya, denominatsiya. Mamlakatning iqtisodiy
rivojlanish darajasiga, iqtisodiyotning holatiga, pulning qadrsizlanish darajasiga,
davlat siyosatiga qarab davlat pul islohotini o‘tkazishi, pulni revalvatsiya,
denominatsiya qilishi mumkin.
Pul kuchli qadrsizlangan sharoitida faqat pul islohotini o‘tkazish yo‘li bilan
pul tizimini barqarorlashtirish mumkin. Pul islohoti, ya‘ni nullifikatsiyada kuchli
qadrsizlangan pul birligi bekor qilinadi va o‘rniga yangi pul birligi kiritiladi.
Masalan, Sobiq Ittifoqda 1922-1924 yillarda sovznaklarning kuchli qadrsizlanishi
natijasida 1 rubl 50 mlrd. sovznakka almashtirilgan. Urushdan keyingi
Germaniyada giperinflyatsiya natijasida 1924 yilda muomalaga yangi nemis
markalari kiritilgan. Eski reyxsmarkalar kuchli qadrsizlanishi natijasida
158
muomalaga chiqarilgan yangi markalar 1 marka : 1 trillion eski reyxsmarka
nisbatida almashtirildi. Reyxsmarkalar muomalasi bekor qilindi.
Pul islohotini o‘tkazish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin:
- muomaladagi pul massasini kamaytirish maqsadida, deflyatsiya kursi
bo‘yicha eski pullarni yangi pullarga almashtirish:
- aholi va korxonalarning banklardagi jamg‘armalarini vaqtincha (to‘liq yoki
qisman) harakatsiz ushlab turish (qotirib qo‘yish):
- ikkala usulni birgalikda qo‘llash yo‘li orqali pul islohotini o‘tkazish: bu usul
xalqaro amaliyotda ―shok yo‘li‖ bilan davolash nomi bilan mashhurdir. Bu usul
1948 yilda G‘arbiy Germaniyada xarbiy davlat boshqaruvidan bozor iqtisodiga
o‘tishda qo‘llanilgan. ―Shok yo‘li‖ bilan davolashda ish haqqini to‘lashni to‘xtatib
qo‘yish, ishlab chiqarishni qisqartirish, pul islohotini o‘tkazish, ish o‘rinlarini
qisqartirish kabi qattiq choralar qo‘llanilishi mumkin. Masalan, G‘arbiy
Germaniyada 1948 yilning iyun oyida o‘tkazilgan pul islohatida aholining nakd
pullari va jamg‘armalari 6,5 yangi nemis markasiga 100 eski reyxsmarka qilib
almashtirildi. Aholining pul jamg‘armalarini to‘lash vaqtincha to‘xtatilgan,
keyinchalik fakat 30 foiz atrofida to‘langan va har bir kishiga 60 nemis markasi
miqdorida nafaqa ajratilgan. Natijada davlatning reyxs markasidagi qarzi,
mamlakatda bo‘lgan disbalans tugatilgan va shu yo‘l bilan inflyatsiyaning o‘sish
templari to‘xtatilgan.
―Shok yo‘li‖ bilan davolash Yaponiyada 1949-50 yillarda o‘tkazilgan va u
―Dodj rejasi‖ degan nomni olgan. Bu rejaga asosan Yaponiyada inflyatsiyaga
qarshi juda qattiq chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Erkin bahoga o‘tish bilan bir
vaqtning o‘zida er islohoti o‘tkazildi, byudjet kamomadini yo‘qotish yo‘llari ishlab
chiqildi. Yaponiyada mavjud zarar bilan ishlovchi korxonalarga davlat tomonidan
beriladigan subsidiya bekor qilindi, korxona, tashkilotlarga kredit berish shartlari
mukammallashtirildi, aholi jamg‘armalari ishlatilmasdan qotirib qo‘yildi.
Iqtisodni ―shok yo‘li‖ bilan davolash Sharqiy Evropa mamlakatlari -
Yugoslaviya, Polsha kabi mamlakatlarda ham qo‘llanilgan. ―Shok yo‘li‖ bilan
davolash iqtisodiy siyosati 1989 yilning oxirlarida Polshada qo‘llanilgan bo‘lib, ish
159
haqi vaqtinchalik ko‘tarib qo‘yilgan holda, baholar erkinlashtirilgan. Natijada 1990
yilning boshlariga kelib Polshada tovarlar mo‘l-ko‘lchiligi vujudga kelib boshladi
va tovarlar bahosining bir necha barabor oshishi natijasida inflyatsiya suratlari
sekinlashishiga erishildi. Polshada bu iqtisodiy tadbirning o‘tkazilishi aholining
yashash sharoitini ancha qiyinlashtirdi va ishsizlar sonini ko‘paytirdi.
Dostları ilə paylaş: |