O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti zoyirov Laziz Subxonovich Raimjanova Madina Asrarovna Saidov Rasulbek Boltabayevich Shoislomova Nargiza Qobilovna investitsiya loyihalari ekspertiza



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/100
tarix20.11.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#166138
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   100
Инвестиция лойиҳалари экспертизаси DARSLIK

 
Nazorat savollari: 
1.
Investitsiya loyihalarining moliyaviy va iqtisodiy ekspertizasi mazmun-
mohiyatini tushuntirib bering?
2.
Investitsiya loyihalarini baholash usullarini sanab o‘ting? 
3.
Investitsiya loyihalarini iqtisodiy va moliyaviy tahlil qilishning o‘ziga xos 
belgilari?
4.
Investitsiya loyihalarini ekspertizasida moliyaviy tahlilning asosiy yo‘nalishlari 
nimadan iborat? 
5.
Korxonaning moliyaviy samaradorlik ko‘rsatkichlari tahlili deganda nimani 
tushunasiz? 
6.
Investitsiya loyihalarini ekspertizasi qilishda ishlab chiqarish xarajatlarini 
baholash deganda nimani tushunasiz?
7.
Investitsiya loyihalarini ekspertiza qilishning an‘anaviy uslubiyoti deganda 
nimani tushunasiz? 
8.
Investitsiya loyihalarini ekspertizasi qilishda pul oqimi tahlili deganda nimani 
tushunasiz? 


139 
9.
Investitsiya loyihalarini ekspertizasida diskontlash usullari deganda nimani 
tushunasiz? 
10.
Investitsion tahlilning asosiy tamoyillari nimadan iborat? 
11.
Pul oqimlari loyihasini prognozlashtirish deganda nimani tushunasiz?
12.
Foydaning ichki me‘yori va uni hisoblashning qanday usullari mavjud? 
13.
Sof joriy qiymat va uni hisoblash usullari?
14.
Diskontlashtirish stavkasi nima. 
15.
Loyihaning rentabelligini baholash qanday olib boriladi. 
16.
Loyihaning qoplanish muddati qanday aniqlanadi. 


140 
VIII-BOB: INVESTITSIYA LOYIHASINI AMALGA OSHIRISHDA 
INFLYATSIYA TA’SIRINI BAHOLASH
 
8.1. Inflyatsiyaning iqtisodiy mazmuni, kelib chiqish sabablari va uning 
turlari
 
Inflyatsiya lotincha ―inflatio‖ so‘zidan olingan bo‘lib ―shish‖, ―bo‘rtish‖, 
―ko‘pchish‖ degan ma‘noni anglatadi. Bu so‘z XIX asrning o‘rtalaridan boshlab 
iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy termin sifatida ishlatilguncha qadar, u tibbiyotda 
xavfli o‘sma kasalini ifodalashda qo‘llanilgan. 
Tarix haqiqatda ham bu so‘zning har tomonlama xavfli ekanligini ko‘rsatdi. 
Chunki inflyatsiya qandaydir alohida olingan bozorda tovarlar va xizmatlar 
narxining o‘sishidangina iborat bo‘lmasdan, bu umumiqtisod uchun xavfli hodisa 
ekanligini yaqqol namoyon etdi. Inflyatsiya so‘zining iqtisodiy ma‘nosi – 
muomalada mavjud bo‘lgan tovarlar va ularning bahosiga nisbatan ko‘p pul 
chiqarishni anglatadi. Iqtisodda inflyatsiyaning yakuni tovarlar bahosining 
o‘sishiga, qoniqtirilmagan, lekin qisman to‘lanishi mumkin bo‘lgan talablarning 
vujudga kelishiga olib keladi. Odatda inflyatsiyaning bu turi klassik inflyatsiya deb 
yuritiladi. Inflyatsiya – muomalada keragidan ortiqcha pul paydo bo‘lib, narx-navo 
o‘sib, pulning qadr-qiymati, ya‘ni harid qobiliyatining pasayishi, pulning 
obro‘sizlanishidir. 
Inflyatsiya – bu barcha tovar va xizmatlarga bo‘lgan narx indeksining 
ko‘tarilishidir. Narx indeksi joriy yildagi o‘rtacha narxlarni avvalgi yildagi 
o‘rtacha narxlarga nisbati tarzida hisoblanadi. Ammo, inflyatsiyani pulning qadrini 
pasayishi, muomalada qog‘oz pulning ko‘payib ketishi tarzida ifodalash uning 
to‘liq mazmunini ochib bermaydi, inflatsiya narxlarning o‘sishi tarzida namoyon 
bo‘lsa ham, uni faqat pul bilan bog‘lash yaramaydi. U murakkab iqtisodiy voqelik, 
u butun takror ishlab chiqarishning disproportsiyasini, ya‘ni mutanosiblikni 
buzilishini ifodalaydi.


141 
Inflyatsiya so‘zi pul muomalasi sohasida AQShning Shimoliy va Janubiy 
shtatlari o‘rtasida fuqarolar urushi bo‘lganda muomalaga juda ko‘p miqdorda 
qog‘oz dollar chiqarilgan vaqtdan boshlab qo‘llanila boshlagan. Ularning sotib 
olish qobiliyati ikki yildan keyin 50 foizlargacha tushib ketgan. Agar tarixga 
e‘tibor beradigan bo‘lsak, urush va boshqa ofatlar sababli davlat xarajatlarning 
oshib ketishi, inflyatsiya bilan uzviy bog‘liq. Masalan, Angliyada kuchli 
inflyatsiya XIX asrning boshida Napoleon bilan urush davrida, Frantsiyada - 
frantsuz revolyutsiyasi davrida, Rossiyada XIX asrning o‘rtalarida namoyon 
bo‘lgan. Germaniyada juda yuqori sur‘atlardagi inflyatsiya 1923 yillarda bo‘lib, 
muomaladagi pul massasi 496 kvintillion markagacha etgan va pul birligi trillion 
marta qadrsizlangan. Bu tarixiy misollar ko‘rsatadiki, inflyatsiya hozirgi davr 
jarayoni bo‘lmasdan, tarixan mavjud bo‘lgan jarayondir. 
Inflyatsiya va uning rivojlanishi alohida olingan mamlakatda ma‘lum 
xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Hozirgi davr inflyatsiyasi, o‘tgan davr 
inflyatsiyasidan farq qiluvchi xususiyatlarga ega. Oldingi inflyatsiyalar 
vaqtinchalik bo‘lib, ular odatda urush vaqtida harbiy xarajatlarni qoplash uchun 
qog‘oz pullar chiqarilishi natijasida yuzaga kelgan. Biror daromad olmasdan turib, 
ya‘ni ishlab chiqarish va tovarooborot sur‘atlarini oshirmasdan, yoki bu 
ko‘rsatkichlar kamayib ketgan holda davlat tomonidan bo‘ladigan xarajatlarni 
moliyalashtirishning asosiy yo‘llaridan biri qog‘oz pullarni muomalaga 
chiqarishdan iborat bo‘lgan. Natijada muomalaga chiqarilgan pullar, muomala 
uchun zarur bo‘lgan oltin miqdoridan oshib ketgan va pulning real qiymati uning 
nominal qiymatidan tushib ketgan, ya‘ni, haqiqatda pul birligi o‘zida 
ko‘rsatilganidan kam oltin miqdorni ifoda qila boshlagan. O‘tgan davr 
inflyatsiyalarining yana bir xususiyati shundaki, ular ma‘lum davrda namoyon 
bo‘lgan. Hozirgi davr inflyatsiyasi esa, odatda doimiy (xronik) xarakterga ega 
bo‘lib, xo‘jalik hayotining barcha sohalarini qamrab olishi bilan, pul omillaridan 
tashqari boshqa iqtisodiy omillarga ta‘sir qilishi bilan farqlanadi.
Oxirgi yillarda inflyatsiya tez-tez uchrab turadigan jarayon bo‘lib sifati ham 
o‘zgarib bormoqda. Buning sababi shundaki, hozirgi kunlardagi inflyatsiya: 


142 
birinchidan, uzluksiz baholarning oshishiga; ikkinchidan, pul muomalasi 
qonunining buzilishi natijasida umumxo‘jalik mexanizmining ishdan chiqishiga 
olib kelmoqda. XX asr inflyatsiyasining asosiy sababi tovar kamyobliligi bo‘lib 
qolmasdan, ishlab chiqarish va qayta ishlab chiqarishda inqirozlar mavjudligi bilan 
ifodalanadi. Hozirgi davr inflyatsiyasi birinchidan, pul talabining tovar taklifidan 
oshishi natijasida pul muomalasi qonunining buzilishi; ikkinchidan, ishlab 
chiqarishga ketadigan xarajatlar salmog‘ining o‘sishi natijasida tovarlar bahosining 
oshishi va shu sababli pul massasining ortib borishi bilan ifodalanadi. 
Inflyatsiyaning asosiy sababi – bu iqtisodiyotning turli sohalari o‘rtasida 
vujudga kelgan nomutanosiblikdir. Bu avvalo jamg‘arma va iste‘mol 
o‘rtasidasidagi, talab va taklif o‘rtasidasidagi, davlatning daromadlari va xarajatlari 
o‘rtasidagi muomaladagi pul massasi va xo‘jaliklarning naqd pulga bo‘lgan talabi 
o‘rtasidagi nomutanosibliklarning vujudga kelishi bilan izohlanadi.
Inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi barcha sabab-omillarni ikki guruhga ajratish 
mumkin: 
1.
Pulga oid bo‘lgan, ya‘ni monetar omillar; 
2.
Pulga oid bo‘lmagan, ya‘ni nomonetar omillar. 
Monetar omillar pulga talab tovarga talabdan ortiqcha bo‘lishinikeltirib 
chiqaradiki, buning natijasida pul muomalasi qonunining buzilishi ro‘y beradi. 
Nomonetar omillar sarf-xarajatlar va tovarlar bahosi birlamchi o‘sishiga olib 
keladi. U yoki bu guruhga mansub omillari ustunlik qilishiga bog‘liq holda 
inflyatsiyaning ikkita shakli farqlanadi: 

talab inflyatsiyasi; 

taklif inflyatsiyasi, ya‘ni sarf-xarajatlar inflyatsiyasi. 
Talab inflyatsiyasi talab 
v
a yalpi talab o‘rtasidagn muvozanatning talab 
tomonidan buzilishini anglatadi, ya‘nn mablag‘lar ortiqchaligi taklifni cheklashga 
va natijada baholarni oshirishga undaydi.
Sarf-xarajatlar inflyatsiyasi ishlab chiqarish xarajatlari ortib ketishi oqibatida 
baholar o‘sishini anglatadi. Tuzilmaviy inflyatsiya talab va sarf-xarajatlar 
inflyatsiyasini biriktiradi 
v
a uning asosida talab strukturasi o‘zgarishlari bilan 


143 
bog‘liq bo‘lgan jarayonlar turadi. Talab inflyatsiyasi quyidagi omillar bilan 
belgilanadi:
Iqtisodiyotning harbiylashuvi va harbiy xarajatlar ortishi:
Ushbu jarayon iqtisodiyotning jonlashib ketishiga olib keladi, chunki harbiy 
maqsadlarga davlat xarajatlari ortishi mehnatga layoqatli axolining harbiy texnika 
ishlab chiqarish sohasida bandligi o‘sishiga olib keladi. Ayni mahalda zamonaviy 
texnika noharbiy maqsadlarda foydalanish uchun kamroq darajada moslashgani 
tobora oydinlashib boraveradi. Milliy daromad bir qismi noishlab chiqarish 
iste‘moli doimiy ravishda o‘sib borishi natijasida davlatning o‘zi mazkur tovarning 
iste‘molchisi sanaladi, davlat byudjeti defitsiti vujudga kelishi va davlat qarzi ortib 
ketishi uchun shart-sharoit yaratadi.
Davlat byudjeti defitsiti ortishi va davlat qarzining o‘sishi: 

defitsit qoplanishi pul belgilarini qo‘shimcha emissiyalash yoki 
joylashtirilayotgan davlat zayomlari kattaligi o‘sishi hisobiga amalga oshiriladi:

kredit ekspansiyasi. U emissiya banklari tomonidan hukumatni 
kreditlaganda va milliy valyutaga ayirboshlanadigan xorijiy valyuta bilan pul 
massasini to‘yintirganda amalga oshiriladi:

import qilinadigan inflyatsiya. U ikki holda o‘tkaziladi: keyinchalik milliy 
valyutaga almashtiriladigan xorijiy valyutada xalqaro kreditlar olganda, bu bilan 
esa mamlakatda pul massasi ko‘paytiriladi va milliy valyutaning qo‘shimcha to‘lov 
emissiyasi hisobiga faol to‘lov balansiga ega bo‘lgan holda xorijiy valyutani sotib 
olganda.
Sarf-xarajatlar inflyatsiyasi bahoni shakllanishi jarayoniga quyidagi pulga oid 
bo‘lmagan omillarning ta‘sir o‘tkazishi bilan xarakterlanadi: 

Mehnat unumdorligining pasayishi va ishlab chiqarish hajmining 
kamayishi. Odatda bu iqtisodiyotdagi tuzilmaviy siljishlar yoki tsiklik tebranishlar 
tufayli kelib chiqadi. Bu esa ishlab chiqarish xarajatlarining o‘sishiga, shu bilan 
birga, foyda hajmining qisqarishiga, kelgusi ishlab chiqarish hajmining 
kamayishiga va baholar o‘sishiga sharoit tug‘dirib beradi. 


144 

Xizmatlar sohasi kengayishi va jamiyatda xizmatlar ahamiyatining ortishi. 
Xizmatlar sohasida qoida tariqasida, odatda ishlab chiqarish sohasiga qaraganda 
mehnat unumdorligi yanada sekinroq o‘sishi kuzatiladi, va ayni mahalda ishlab 
chiqarish umumiy xarajatlarida ish haqi salmog‘i solishtirma nisbatga ega 
bo‘ladiki, bu xizmatlarga belgilanadigan baholarning yalpi o‘sishiga olib keladi.

Ishlab chiqarish xarajatlari umumiy hajmida mehnatga haq to‘lashning 
o‘sishi. Kasaba uyushmalari va yollanma ishchilarning nominal ish haqi ustidan 
nazorat o‘rnatishga yo‘naltirilgan faoliyati ish beruvchilar ish haqi oshirilishini 
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bahosi o‘sishi bilan birga amalga oshirishiga 
olib keladi. 

Bahodan tashqari raqobat. Mahsulot assortimentini kengaytirish va sifatiga, 
reklama vositasida sotishgayo‘naltirilgan ishlab chiqarish shart-sharoiti o‘zgarishi 
ishlab chiqarish va shunga muvofiq, tovarlar bahosining o‘sishiga olib keladi; 

Egri soliqlarning kattaligi. Bu omillar tovarlar tannarxini o‘z ichiga oladi 
va tovar bahosining o‘sishiga olib keladi; 
Tuzilmaviy inflyatsiyada davlat byudjeti defitsiti va tovar defitsitining baholar 
darajasining tez o‘sishi va aholi real daromadlari pasayishi birgalikdagi birikishida 
ro‘y berishi mumkin.
Inflyatsiyani boshqa mezonlar asosida ham tasniflash mumkin: ijtimoiy-
iqtisodiy shart-sharoit, mamlakat pul tizimi rivojlanishi, inflyatsion jarayonlar 
omillari va darajasi. Inflyatsiya jarayonlarini uning darajasiga qarab 
klassifikatsiyalash ancha keng tarqalgan. 
Inflyatsiya o‘sish darajasi bo‘yicha quyidagi turlarga bo‘linadi: 
1) normal (bir yilda narxlar o‘sishi sur‘ati 3-3,5 % bo‘ladi); 
2) mo‘‘tadil (sudraluvchi) (narxlar o‘sishi suratlari bir yilda 10 % ga etadi, 
ammo 50 % dan yuqori bo‘lmaydi); 
3) yo‘rg‘alovchi (narxlar o‘sishi sur‘ati bir yilda 100 %ga qadar etadi, ba‘zan 
esa 200 %gacha bo‘lishi mumkin); 
4) giperinflyatsiya (narxlar o‘sishi sur‘ati bir oyda 50 %ga qadar etadi. 
Barterga o‘rinni bo‘shatib bergan pullar aylanmadan siqib chiqariladi). 


145 
Inflyatsiyaning barcha turlaridan iqtisodiyot uchun giperinflyatsiya eng 
halokatli sanaladi, bunda pulning roli haddan tashqari pasayib ketadi va aholi 
hisob-kitobning boshqa shakllariga o‘tib ketadi. Paralel valyuta, jumladan xorijiy 
valyutalar ham paydo bo‘ladi. 
Giperinflyatsiyaning xarakterli jihatlari quyidagilar sanaladi: 
1. Mamlakatdagi iqtisodiy munosabatlarning butunlay barbod bo‘lishi. 
2. Ishlab chiqaruvchilar va iste‘molchilar noishlab chiqarish boyliklarga 
sarflagan holda pullardan tezroq xolos bo‘lib olishga harakat qiladilar. 
3. O‘zaro hisob-kitoblar barter xarakteriga ega bo‘lib boradi. 
4. Ishlab chiqarish butunlay to‘xtab qoladi va qimmatlashib ketishini 
mo‘ljallagan holda tovarlar jamg‘ariladi. 
5. Iqtisodiyotda chayqovchilik faoliyati kuchayib ketadi. 
Inflyatsiyaning yuqorida sanab o‘tilgan barcha turlari o‘zida ochiq 
inflyatsiyani ifoda etadi. Bunda iqtisodiyotdagi baholar o‘sishi ham yaqqol ko‘zga 
tashlanadi. Bundan farqli ravishda baholar o‘sishi kuzatilmaydigan yopiq 
inflyatsiya ham mavjud bo‘lishi mumkin. Pullarning qadrsizlanishi tovarlar 
tanqisligi va navbatda turishlarda namoyon bo‘ladi. Shuningdek, ishlab 
chiqaruvchilar tomonidan mahsulot va tovarlarning sifatini pasaytirish orqali 
ularning baho darajasini oshirmaydilar. Natijada sifat pasayishi hisobiga yuqori 
foyda olishga harakat qiladi. Masalan nonning tarkibidagi minerallarni 
kamaytirish, uning massasini kamaytirish kabilar bunga misol bo‘ladi. 
Inflyatsiyani boshqa mezonlarga ko‘ra tasniflanishi quyidagi rasmda 
ifodalangan (8.1-rasm). 

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin