Nazorat savollari:
1.
Investitsiya loyihalarining moliyaviy va iqtisodiy ekspertizasi mazmun-
mohiyatini tushuntirib bering?
2.
Investitsiya loyihalarini baholash usullarini sanab o‘ting?
3.
Investitsiya loyihalarini iqtisodiy va moliyaviy tahlil qilishning o‘ziga xos
belgilari?
4.
Investitsiya loyihalarini ekspertizasida moliyaviy tahlilning asosiy yo‘nalishlari
nimadan iborat?
5.
Korxonaning moliyaviy samaradorlik ko‘rsatkichlari tahlili deganda nimani
tushunasiz?
6.
Investitsiya loyihalarini ekspertizasi qilishda ishlab chiqarish xarajatlarini
baholash deganda nimani tushunasiz?
7.
Investitsiya loyihalarini ekspertiza qilishning an‘anaviy uslubiyoti deganda
nimani tushunasiz?
8.
Investitsiya loyihalarini ekspertizasi qilishda pul oqimi tahlili deganda nimani
tushunasiz?
139
9.
Investitsiya loyihalarini ekspertizasida diskontlash usullari deganda nimani
tushunasiz?
10.
Investitsion tahlilning asosiy tamoyillari nimadan iborat?
11.
Pul oqimlari loyihasini prognozlashtirish deganda nimani tushunasiz?
12.
Foydaning ichki me‘yori va uni hisoblashning qanday usullari mavjud?
13.
Sof joriy qiymat va uni hisoblash usullari?
14.
Diskontlashtirish stavkasi nima.
15.
Loyihaning rentabelligini baholash qanday olib boriladi.
16.
Loyihaning qoplanish muddati qanday aniqlanadi.
140
VIII-BOB: INVESTITSIYA LOYIHASINI AMALGA OSHIRISHDA
INFLYATSIYA TA’SIRINI BAHOLASH
8.1. Inflyatsiyaning iqtisodiy mazmuni, kelib chiqish sabablari va uning
turlari
Inflyatsiya lotincha ―inflatio‖ so‘zidan olingan bo‘lib ―shish‖, ―bo‘rtish‖,
―ko‘pchish‖ degan ma‘noni anglatadi. Bu so‘z XIX asrning o‘rtalaridan boshlab
iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy termin sifatida ishlatilguncha qadar, u tibbiyotda
xavfli o‘sma kasalini ifodalashda qo‘llanilgan.
Tarix haqiqatda ham bu so‘zning har tomonlama xavfli ekanligini ko‘rsatdi.
Chunki inflyatsiya qandaydir alohida olingan bozorda tovarlar va xizmatlar
narxining o‘sishidangina iborat bo‘lmasdan, bu umumiqtisod uchun xavfli hodisa
ekanligini yaqqol namoyon etdi. Inflyatsiya so‘zining iqtisodiy ma‘nosi –
muomalada mavjud bo‘lgan tovarlar va ularning bahosiga nisbatan ko‘p pul
chiqarishni anglatadi. Iqtisodda inflyatsiyaning yakuni tovarlar bahosining
o‘sishiga, qoniqtirilmagan, lekin qisman to‘lanishi mumkin bo‘lgan talablarning
vujudga kelishiga olib keladi. Odatda inflyatsiyaning bu turi klassik inflyatsiya deb
yuritiladi. Inflyatsiya – muomalada keragidan ortiqcha pul paydo bo‘lib, narx-navo
o‘sib, pulning qadr-qiymati, ya‘ni harid qobiliyatining pasayishi, pulning
obro‘sizlanishidir.
Inflyatsiya – bu barcha tovar va xizmatlarga bo‘lgan narx indeksining
ko‘tarilishidir. Narx indeksi joriy yildagi o‘rtacha narxlarni avvalgi yildagi
o‘rtacha narxlarga nisbati tarzida hisoblanadi. Ammo, inflyatsiyani pulning qadrini
pasayishi, muomalada qog‘oz pulning ko‘payib ketishi tarzida ifodalash uning
to‘liq mazmunini ochib bermaydi, inflatsiya narxlarning o‘sishi tarzida namoyon
bo‘lsa ham, uni faqat pul bilan bog‘lash yaramaydi. U murakkab iqtisodiy voqelik,
u butun takror ishlab chiqarishning disproportsiyasini, ya‘ni mutanosiblikni
buzilishini ifodalaydi.
141
Inflyatsiya so‘zi pul muomalasi sohasida AQShning Shimoliy va Janubiy
shtatlari o‘rtasida fuqarolar urushi bo‘lganda muomalaga juda ko‘p miqdorda
qog‘oz dollar chiqarilgan vaqtdan boshlab qo‘llanila boshlagan. Ularning sotib
olish qobiliyati ikki yildan keyin 50 foizlargacha tushib ketgan. Agar tarixga
e‘tibor beradigan bo‘lsak, urush va boshqa ofatlar sababli davlat xarajatlarning
oshib ketishi, inflyatsiya bilan uzviy bog‘liq. Masalan, Angliyada kuchli
inflyatsiya XIX asrning boshida Napoleon bilan urush davrida, Frantsiyada -
frantsuz revolyutsiyasi davrida, Rossiyada XIX asrning o‘rtalarida namoyon
bo‘lgan. Germaniyada juda yuqori sur‘atlardagi inflyatsiya 1923 yillarda bo‘lib,
muomaladagi pul massasi 496 kvintillion markagacha etgan va pul birligi trillion
marta qadrsizlangan. Bu tarixiy misollar ko‘rsatadiki, inflyatsiya hozirgi davr
jarayoni bo‘lmasdan, tarixan mavjud bo‘lgan jarayondir.
Inflyatsiya va uning rivojlanishi alohida olingan mamlakatda ma‘lum
xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Hozirgi davr inflyatsiyasi, o‘tgan davr
inflyatsiyasidan farq qiluvchi xususiyatlarga ega. Oldingi inflyatsiyalar
vaqtinchalik bo‘lib, ular odatda urush vaqtida harbiy xarajatlarni qoplash uchun
qog‘oz pullar chiqarilishi natijasida yuzaga kelgan. Biror daromad olmasdan turib,
ya‘ni ishlab chiqarish va tovarooborot sur‘atlarini oshirmasdan, yoki bu
ko‘rsatkichlar kamayib ketgan holda davlat tomonidan bo‘ladigan xarajatlarni
moliyalashtirishning asosiy yo‘llaridan biri qog‘oz pullarni muomalaga
chiqarishdan iborat bo‘lgan. Natijada muomalaga chiqarilgan pullar, muomala
uchun zarur bo‘lgan oltin miqdoridan oshib ketgan va pulning real qiymati uning
nominal qiymatidan tushib ketgan, ya‘ni, haqiqatda pul birligi o‘zida
ko‘rsatilganidan kam oltin miqdorni ifoda qila boshlagan. O‘tgan davr
inflyatsiyalarining yana bir xususiyati shundaki, ular ma‘lum davrda namoyon
bo‘lgan. Hozirgi davr inflyatsiyasi esa, odatda doimiy (xronik) xarakterga ega
bo‘lib, xo‘jalik hayotining barcha sohalarini qamrab olishi bilan, pul omillaridan
tashqari boshqa iqtisodiy omillarga ta‘sir qilishi bilan farqlanadi.
Oxirgi yillarda inflyatsiya tez-tez uchrab turadigan jarayon bo‘lib sifati ham
o‘zgarib bormoqda. Buning sababi shundaki, hozirgi kunlardagi inflyatsiya:
142
birinchidan, uzluksiz baholarning oshishiga; ikkinchidan, pul muomalasi
qonunining buzilishi natijasida umumxo‘jalik mexanizmining ishdan chiqishiga
olib kelmoqda. XX asr inflyatsiyasining asosiy sababi tovar kamyobliligi bo‘lib
qolmasdan, ishlab chiqarish va qayta ishlab chiqarishda inqirozlar mavjudligi bilan
ifodalanadi. Hozirgi davr inflyatsiyasi birinchidan, pul talabining tovar taklifidan
oshishi natijasida pul muomalasi qonunining buzilishi; ikkinchidan, ishlab
chiqarishga ketadigan xarajatlar salmog‘ining o‘sishi natijasida tovarlar bahosining
oshishi va shu sababli pul massasining ortib borishi bilan ifodalanadi.
Inflyatsiyaning asosiy sababi – bu iqtisodiyotning turli sohalari o‘rtasida
vujudga kelgan nomutanosiblikdir. Bu avvalo jamg‘arma va iste‘mol
o‘rtasidasidagi, talab va taklif o‘rtasidasidagi, davlatning daromadlari va xarajatlari
o‘rtasidagi muomaladagi pul massasi va xo‘jaliklarning naqd pulga bo‘lgan talabi
o‘rtasidagi nomutanosibliklarning vujudga kelishi bilan izohlanadi.
Inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi barcha sabab-omillarni ikki guruhga ajratish
mumkin:
1.
Pulga oid bo‘lgan, ya‘ni monetar omillar;
2.
Pulga oid bo‘lmagan, ya‘ni nomonetar omillar.
Monetar omillar pulga talab tovarga talabdan ortiqcha bo‘lishinikeltirib
chiqaradiki, buning natijasida pul muomalasi qonunining buzilishi ro‘y beradi.
Nomonetar omillar sarf-xarajatlar va tovarlar bahosi birlamchi o‘sishiga olib
keladi. U yoki bu guruhga mansub omillari ustunlik qilishiga bog‘liq holda
inflyatsiyaning ikkita shakli farqlanadi:
–
talab inflyatsiyasi;
–
taklif inflyatsiyasi, ya‘ni sarf-xarajatlar inflyatsiyasi.
Talab inflyatsiyasi talab
v
a yalpi talab o‘rtasidagn muvozanatning talab
tomonidan buzilishini anglatadi, ya‘nn mablag‘lar ortiqchaligi taklifni cheklashga
va natijada baholarni oshirishga undaydi.
Sarf-xarajatlar inflyatsiyasi ishlab chiqarish xarajatlari ortib ketishi oqibatida
baholar o‘sishini anglatadi. Tuzilmaviy inflyatsiya talab va sarf-xarajatlar
inflyatsiyasini biriktiradi
v
a uning asosida talab strukturasi o‘zgarishlari bilan
143
bog‘liq bo‘lgan jarayonlar turadi. Talab inflyatsiyasi quyidagi omillar bilan
belgilanadi:
Iqtisodiyotning harbiylashuvi va harbiy xarajatlar ortishi:
Ushbu jarayon iqtisodiyotning jonlashib ketishiga olib keladi, chunki harbiy
maqsadlarga davlat xarajatlari ortishi mehnatga layoqatli axolining harbiy texnika
ishlab chiqarish sohasida bandligi o‘sishiga olib keladi. Ayni mahalda zamonaviy
texnika noharbiy maqsadlarda foydalanish uchun kamroq darajada moslashgani
tobora oydinlashib boraveradi. Milliy daromad bir qismi noishlab chiqarish
iste‘moli doimiy ravishda o‘sib borishi natijasida davlatning o‘zi mazkur tovarning
iste‘molchisi sanaladi, davlat byudjeti defitsiti vujudga kelishi va davlat qarzi ortib
ketishi uchun shart-sharoit yaratadi.
Davlat byudjeti defitsiti ortishi va davlat qarzining o‘sishi:
defitsit qoplanishi pul belgilarini qo‘shimcha emissiyalash yoki
joylashtirilayotgan davlat zayomlari kattaligi o‘sishi hisobiga amalga oshiriladi:
kredit ekspansiyasi. U emissiya banklari tomonidan hukumatni
kreditlaganda va milliy valyutaga ayirboshlanadigan xorijiy valyuta bilan pul
massasini to‘yintirganda amalga oshiriladi:
import qilinadigan inflyatsiya. U ikki holda o‘tkaziladi: keyinchalik milliy
valyutaga almashtiriladigan xorijiy valyutada xalqaro kreditlar olganda, bu bilan
esa mamlakatda pul massasi ko‘paytiriladi va milliy valyutaning qo‘shimcha to‘lov
emissiyasi hisobiga faol to‘lov balansiga ega bo‘lgan holda xorijiy valyutani sotib
olganda.
Sarf-xarajatlar inflyatsiyasi bahoni shakllanishi jarayoniga quyidagi pulga oid
bo‘lmagan omillarning ta‘sir o‘tkazishi bilan xarakterlanadi:
Mehnat unumdorligining pasayishi va ishlab chiqarish hajmining
kamayishi. Odatda bu iqtisodiyotdagi tuzilmaviy siljishlar yoki tsiklik tebranishlar
tufayli kelib chiqadi. Bu esa ishlab chiqarish xarajatlarining o‘sishiga, shu bilan
birga, foyda hajmining qisqarishiga, kelgusi ishlab chiqarish hajmining
kamayishiga va baholar o‘sishiga sharoit tug‘dirib beradi.
144
Xizmatlar sohasi kengayishi va jamiyatda xizmatlar ahamiyatining ortishi.
Xizmatlar sohasida qoida tariqasida, odatda ishlab chiqarish sohasiga qaraganda
mehnat unumdorligi yanada sekinroq o‘sishi kuzatiladi, va ayni mahalda ishlab
chiqarish umumiy xarajatlarida ish haqi salmog‘i solishtirma nisbatga ega
bo‘ladiki, bu xizmatlarga belgilanadigan baholarning yalpi o‘sishiga olib keladi.
Ishlab chiqarish xarajatlari umumiy hajmida mehnatga haq to‘lashning
o‘sishi. Kasaba uyushmalari va yollanma ishchilarning nominal ish haqi ustidan
nazorat o‘rnatishga yo‘naltirilgan faoliyati ish beruvchilar ish haqi oshirilishini
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bahosi o‘sishi bilan birga amalga oshirishiga
olib keladi.
Bahodan tashqari raqobat. Mahsulot assortimentini kengaytirish va sifatiga,
reklama vositasida sotishgayo‘naltirilgan ishlab chiqarish shart-sharoiti o‘zgarishi
ishlab chiqarish va shunga muvofiq, tovarlar bahosining o‘sishiga olib keladi;
Egri soliqlarning kattaligi. Bu omillar tovarlar tannarxini o‘z ichiga oladi
va tovar bahosining o‘sishiga olib keladi;
Tuzilmaviy inflyatsiyada davlat byudjeti defitsiti va tovar defitsitining baholar
darajasining tez o‘sishi va aholi real daromadlari pasayishi birgalikdagi birikishida
ro‘y berishi mumkin.
Inflyatsiyani boshqa mezonlar asosida ham tasniflash mumkin: ijtimoiy-
iqtisodiy shart-sharoit, mamlakat pul tizimi rivojlanishi, inflyatsion jarayonlar
omillari va darajasi. Inflyatsiya jarayonlarini uning darajasiga qarab
klassifikatsiyalash ancha keng tarqalgan.
Inflyatsiya o‘sish darajasi bo‘yicha quyidagi turlarga bo‘linadi:
1) normal (bir yilda narxlar o‘sishi sur‘ati 3-3,5 % bo‘ladi);
2) mo‘‘tadil (sudraluvchi) (narxlar o‘sishi suratlari bir yilda 10 % ga etadi,
ammo 50 % dan yuqori bo‘lmaydi);
3) yo‘rg‘alovchi (narxlar o‘sishi sur‘ati bir yilda 100 %ga qadar etadi, ba‘zan
esa 200 %gacha bo‘lishi mumkin);
4) giperinflyatsiya (narxlar o‘sishi sur‘ati bir oyda 50 %ga qadar etadi.
Barterga o‘rinni bo‘shatib bergan pullar aylanmadan siqib chiqariladi).
145
Inflyatsiyaning barcha turlaridan iqtisodiyot uchun giperinflyatsiya eng
halokatli sanaladi, bunda pulning roli haddan tashqari pasayib ketadi va aholi
hisob-kitobning boshqa shakllariga o‘tib ketadi. Paralel valyuta, jumladan xorijiy
valyutalar ham paydo bo‘ladi.
Giperinflyatsiyaning xarakterli jihatlari quyidagilar sanaladi:
1. Mamlakatdagi iqtisodiy munosabatlarning butunlay barbod bo‘lishi.
2. Ishlab chiqaruvchilar va iste‘molchilar noishlab chiqarish boyliklarga
sarflagan holda pullardan tezroq xolos bo‘lib olishga harakat qiladilar.
3. O‘zaro hisob-kitoblar barter xarakteriga ega bo‘lib boradi.
4. Ishlab chiqarish butunlay to‘xtab qoladi va qimmatlashib ketishini
mo‘ljallagan holda tovarlar jamg‘ariladi.
5. Iqtisodiyotda chayqovchilik faoliyati kuchayib ketadi.
Inflyatsiyaning yuqorida sanab o‘tilgan barcha turlari o‘zida ochiq
inflyatsiyani ifoda etadi. Bunda iqtisodiyotdagi baholar o‘sishi ham yaqqol ko‘zga
tashlanadi. Bundan farqli ravishda baholar o‘sishi kuzatilmaydigan yopiq
inflyatsiya ham mavjud bo‘lishi mumkin. Pullarning qadrsizlanishi tovarlar
tanqisligi va navbatda turishlarda namoyon bo‘ladi. Shuningdek, ishlab
chiqaruvchilar tomonidan mahsulot va tovarlarning sifatini pasaytirish orqali
ularning baho darajasini oshirmaydilar. Natijada sifat pasayishi hisobiga yuqori
foyda olishga harakat qiladi. Masalan nonning tarkibidagi minerallarni
kamaytirish, uning massasini kamaytirish kabilar bunga misol bo‘ladi.
Inflyatsiyani boshqa mezonlarga ko‘ra tasniflanishi quyidagi rasmda
ifodalangan (8.1-rasm).
Dostları ilə paylaş: |