O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti zoyirov Laziz Subxonovich Raimjanova Madina Asrarovna Saidov Rasulbek Boltabayevich Shoislomova Nargiza Qobilovna investitsiya loyihalari ekspertiza



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/100
tarix20.11.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#166138
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   100
Инвестиция лойиҳалари экспертизаси DARSLIK

P I
CF
k
I
t
t
t
n




[
(
)
] /
1
1
0
Bunda agar PI>1 bo‘lsa loyiha moliyalashtirishga qabul qilinadi, PI<1 bo‘lsa 
qabul qilinmaydi. PI=1 bo‘lsa, loyiha foydali ham, zararli ham emas. Keltirilgan 
sof samaradorlik ko‘rsatikidan farqli o‘laroq rentabellik indeksi aloqadorlik 
ko‘rsatkichi hisoblanadi. Rentabellik indeksi yordamida NPV taxminan bir xil 
bo‘lgan bir necha loyihalar ichidan eng optimal loyihani tanlab olish mumkin. 
Tabiyiki, sof joriy bahoning ijobiy bo‘lishi investitsiya rentabelligining birdan 
katta bo‘lishini bildiradi. Bu ko‘rsatkich loyiha ekspertlari uchun turli 
investitsiyalarning samaradorligini taqqoslash imkonini beradi. Rentabellik 
ko‘rsatkichi investorlarning ma‘lum kriteriylarini qanoatlantirish lozim. 
Investitsion 
loyihalarning 
rentabellik 
normasini 
hisoblash 
usuli. 
Investitsiyaning rentabellik normasi deganda (IRR) NPV=0 bo‘lgan loyihaning 
diskontlash koeffitsenti tushuniladi. Rejalashtirilgan investitsiyaning samarasini 
tahlil etish sharoitida bu koeffitsent quyidagicha hisoblanadi. IRR shu loyihaga 
aloqador barcha xarajatlarni eng yuqori darajasini ko‘rsatadi. Masalan, loyiha tulik 
tijorat bankining qarzi evaziga moliyalashtirilsa, IRR loyihani zarar keltiruvchi 
darajadagi bank foiz stavkasini chegaralangan o‘sishining ko‘rsatadi. Amaliyotda 
har qanday korxona o‘z faoliyatini turli manbalarga asoslangan holda 
moliyalashtiriladi. Korxona faoliyatida avanslashtirilgan moliyaviy resurslardan 
foydalanganligi uchun to‘lov sifatida, u foiz, divident, raqobatlantirish kabi 
korxona iqtisodiy qudratini ushlab turishga asoslangan xarajatlarni amalga 
oshiradi. Diskontlashtirish uslublaridan yana biri investitsiyaning ichki foydalilik 
me‘yori (IRR)ni hisoblash uslubidir.
Investitsiyaning ichki foydalilik me‘yori (IRR - Internal Rate of Return) - 
yo‘naltirilgan investitsion mablag‘larning qoplanish darajasini ko‘rsatib beradi. 
O‘z tabiatiga ko‘ra bu ko‘rsatkich amaliyotda qo‘llaniladigan turli xil foiz 
stavkalariga yaqin. Ichki foydalilik me‘yori (IRR) ko‘rsatkichi sof joriy baho 
(NPV) ko‘rsatkichi nolga teng bo‘lgandagi daromadlilik – diskontlashtirish 
koeffitsienti (k)ning qiymatidir. Bu ta‘rifdan shunday xulosa qilish mumkinki, 


124 
diskonlashtirish koeffitsienti qanchalik katta bo‘lsa, sof joriy baho (NPV)ning 
qiymati shunchalik kichik bo‘ladi. 
Korxonaning kelgusidagi pul tushumlari bir xil bo‘lmagan holatlarda ichki 
foydalilik normasi (IRR)ni aniqlab topish ancha qiyin kechadi. Bunday holatlarda 
ko‘rsatkichni hisoblash uslubiyatini o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi, o‘zgartirishlar 
kiritsh natijasida quyidagi formulaga ega bo‘lamiz:
CF
k
I
t
t
t
n
(
)
1
0
0
0





Bu formula shuni anglatadiki, investitsiyaning ichki foydalilik me‘yori (IRR) 
kredit oluvchi aktivlarining o‘sishini ham, kamayishini ham ta‘minlamaydi, ya‘ni 
ular o‘zgarishisiz saklanadi. Investitsion loyihaning ichki foydalilik me‘yori 
quyidagi vazifalarni bajaradi, ya‘ni bu ko‘rsatkich samarasiz, daromad darajasi 
kam bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirishning oldini oladi. Bu ko‘rsatkich 
investitsion loyihalarni foydalilik darajasiga qarab ranjirlashtirishga xizmat qiladi, 
buning uchun invectitsiyaning teng miqdorda ajratilishi, loyihalarning amalga 
oshishi muddatining bir xilligi, bir xil risk darajasi, yig‘ma pul oqimlarining 
o‘xshashligi shartlari bajarilishi kerak. IRR risk darajasi indikatori bo‘lib 
hisoblanadi, ya‘ni bu ko‘rsatkichning qiymati loyihadagi diskontlashtirish 
koeffitsienti qiymatidan qanchalik katta bo‘lsa, risk jihatidan loyihaning 
mustahkamligi ortadi. Bu xarajatlar darajasining xarakterlovchi ko‘rsatkichlarni 
avanslashtirilgan kapital bahosi deyish mumkin. Bu ko‘rsatkichni korxona 
faoliyatida kuyilgan eng kam qaytaruvni o‘zida aks ettiradi, uning rentabelligi 
o‘rtacha tortilgan arifmetik formula bo‘yicha hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichning 
iqtisodiy ma‘nosi quyidagicha ifodalanadi: korxona joriy ko‘rsatkichdan past 
bo‘lmagan rentabellik darajasiga ega har qanday investitsion xarakterga ega 
qarorni qabul qilishi mumkin. Xuddi o‘sha bilan IRR ko‘rsatkichi taqqoslanadi. 
Bunday sharoitda ular o‘rtasidagi aloqa quyidagicha: 
- agar: IRR>CC dan loyiha qabul qilinadi; 
- IRR- IRR=CC loyiha zararsiz va foydasiz; 


125 
- CC - daromadlar bo‘yicha joriy foizli ko‘rsatkich. 
Agar analitik ihtiyorida maxsus moliyaviy hisob-kitob bo‘lmasa, bu usulni 
amalga oshirish qiyinlashadi. Bunday sharoitda diskondlangan ko‘paytirgich 
tabulyatsiyasiga doir ketma-ketlilik usulidan foydalaniladi. Buning uchun 
tabulyatsiya yordamida ikki diskontlangan koeffitsient tanlanadi: r,yo‘ysinda 
)
,
(
2
1
r
r
intervalida f-ya NPV=f(r) o‘z ma‘nosini o‘zgartirishini ko‘zda 
tutadi, ya‘ni «+» «- « ga yoki aksincha. Keyin quyidagi formuladan foydalaniladi: 
)
(
)
(
)
(
)
(
1
2
2
1
1
1
r
r
r
f
r
f
r
f
r
IRR





Bu yerda: r1 - diskontlanishining tabuliyatsiya qilingan koeffitsenti 
))
0
(
(
0
)
(
1
1


r
F
r
f
, holda ko‘rinadi. R2–diskontlanishning tabulyatsiya koeffitsenti 
куринади.
холда
)
0
)
(
(
0
)
(
2
2


r
F
r
f
Ana‘naviy uslublar. Ana‘naviy uslublar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
a) investitsiyalarning qoplanishi davri (PP)ni hisoblash uslubi; 
b) investitsiyalarning buxgalterlik rentabelligi (ROI)ni aniqlash uslubi. 
Investitsiyalarning qoplanish davri (PP) (Rayback Reriod)ni hisoblash uslubi 
orqali investitsion loyihani amalga oshirishda zarur boshlang‘ich investitsion 
mablag‘larni koplash uchun koplash uchun kerak bo‘ladigan muddati aniqlanadi. 
Ushbu uslubdan foydalanish diskontlashtirish kontseptsiyasi keng miqyosda tadbiq 
etilishidan avval boshlangan edi. Bu ko‘rsatkichni quyidagi formula orqali 
aniqlanadi: 
PP
I
CF
t


0
(
)
bunda: RP – loyihaning qoplanish davri (yil); I
0
– boshlang‘ich 
investitsiyalar; CFt( ∑ ) – investitsion loyihani amalga oshirishda keladigan pul 
mablag‘lari yillik yig‘indisi.
Bu yerda CFt ko‘rsatkichidagi ∑ indeksiga e‘tiborni qaratish kerak, bu indeks 
CFt ko‘rsatkichini aniqlashga bo‘lgan ikki xil yondashuv imkoniyati mavjudligini 
ko‘rsatadi. 


126 
Birinchi yondashuvda pul mablag‘lar yillar bo‘yicha teng deb olinadi, bunda 
boshlang‘ich investitsiyalarning summasi yillik pul tushumlari yig‘indisiga 
bo‘linadi.
Ikkinchi yondashuvda esa loyihani amalga oshrishdan keladigan pul 
mablag‘lari o‘sib borish tartibida – kumulyativ holda hisoblanadi. 
Investitsiyalarning buxgalterlik rentabelligi (ROI - Return on Investment)ni 
aniqlash uslubi investitsion loyihaning buxgalterlik foyda asosida baholashdan 
iborat. Bunda ROI soliq to‘lashdan oldingi foyda EBIT (earnings before interest 
and tax) yordamida hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich quyidagi formula orqali 
hisoblanadi: 
R OI
EBIT
C
С
а
н
а
к


(
):2
bunda: - Sa – o‘rganilayotgan davrdagi kredit oluvchi aktivlarining yil boshi 
va oxiridagi qiymati; EBIT - soliq to‘lashdan oldingi foyda. 

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin