Nazorat savollari:
1.
Institutsional tahlilning mohiyatini nima tashkil etadi?
2.
Institutsional tahlil qanday maqsadda olib boriladi?
3.
Institutsional tahlilning vazifasini nima tashkil etadi?
4.
Institutsional boshqarish deganda nima tushuniladi?
5.
Investitsiya loyihasining ishtirokchilarini kimlar tashkil etadi?
6.
Loyihani ishlab chiqish jarayonidagi asosiy muammolarni ayting.
7.
Zaruriy institutlarni tashkil etish deganda nima tushuniladi?
8.
Zaruriy institutlarni tashkil etishga qanday omillar ta‘sir etadi?
9.
Loyihani boshqarishning qanday jihatlarini bilasiz?
10.
Investitsiya loyihasini amalga oshirishda instituttsional tahlilning o‘rni nimadan
iborat?
116
VII-BOB: INVESTITSIYA LOYIHALARINING MOLIYAVIY VA
IQTISODIY EKSPERTIZASI
7.1.
Investitsiya loyihalarini baholash usullari. Investitsiya loyihalarini
iqtisodiy tahlil qilishning asosiy mezonlari. Investitsiya loyihalarini moliyaviy
tahlil qilishning asosiy mezonlari
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotining shakllanishi iqtisodiy o‘sishining bir
qator makroiqtisodiy omillarini keskin darajada kuchaytirilishini taqozo etadi. Bu
sohada ro‘y berayotgan jarayonlar voqealarning shiddatli almashinuvi bilan
izohlanadi.
Mamlakatning
iqtisodiy
o‘sishini
qo‘llab-quvvatlash
va
jadallashtirishda hal qiluvchi rolni ishlab chiqarish investitsiyalari o‘ynashi kerak.
Faqat investitsiyalar bazasidagina asosiy kapitalni yangilash hamda shu
asosda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va sifatini yaxshilash evaziga
mahsulotning raqobatbardoshligini oshirish mumkin. Biroq, bu hozirgi yuksak
darajada integratsiyalashgan xo‘jalik sharoitida davlatning muvofiqlashtiruvchi roli
ob‘ektiv ravishda ancha salmoqli bo‘lib qolmoqda. Shu munosabat bilan
investitsiya sohasiga davlatning faol aralashuviga yaqin yillar mobaynidagi
makroiqtisodiy siyosatning tarkibiy qismi sifatida qaramoq darkor. Bu esa strategik
maqsad - iqtisodiy o‘sishni ta‘minlash uchun amalga oshirilmogi, bu
raqobatbardoshlik va milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi mezonlariga
javob berishi lozim. Strategik maqsadga erishish makroiqtisodiy rejalashtirish
asosida ta‘minlanishi mumkinki, investitsiya jarayonlarini davlat yo‘li bilan
boshqarib turish bunday rejalab turishning eng muhim bo‘ginlaridan biri bo‘lib
hisoblanadi.
Bozor munosabatalariga o‘tishning O‘zbekiston tomonidan tanlab olingan
yo‘li o‘ziga xos alohida xususiyatlarga ega bo‘lib, bunda hal qiluvchi rolni davlat
o‘ynaydi. Bunday o‘ziga xoslik mamlakat Prezidenti I.Karimov tomonidan ishlab
chiqilgan iqtisodiy islohotlarni o‘tkazishning beshta tamoyilida aks etgandir. Mana
117
shu tamoyillardan birida ta‘kidlanishicha, ―... murakkab o‘tish davrida davlatning
o‘zi bosh islohotchi bo‘lishi zarur. Davlat butun xalqning manfaatdorligini ko‘zlab,
islohotlar jarayonining tashabbuskori bo‘lishi iqtisodiy taraqqiyotning etakchi
yo‘nalishlarini belgilashi, iqtisodiyotda, ijtimoiy sohada va suveren davlatimizning
ijtimoiy-siyosiy hayotida tub o‘zgarishlarni amalga oshirish siyosatini ishlab
chiqishi va izchil ro‘yobga chiqarishi kerak‖.
Mamlakat xalq xo‘jaligi rivojlanishining hozirgi bosqichi iqtisodiy o‘sish
yo‘liga o‘tib olish bilan izohlanadi. Bunday o‘sish alohida investitsiya siyosatini
ishlab chiqish va amalga oshirishni talab etadiki, u taraqqiy etgan mamlakatlar
tajribasiga, investitsiya resurslari va chet el investitsiyalarini jalb qilish sifatida
mablag‘lardan foydalanishning mavjud imkoniyatlariga tayanishi lozim bo‘ladi.
Chet el investitsiyalarini jalb etmay turib, xozirgi zamon talablariga javob
beradigan ishlab chiqarishning tashkil etilishini ta‘minlash mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov xuddi shu masalaga e‘tiborni
qaratdi: ―Buning uchun ularni rivojlantirishning yangi manbalari, ham chet el
investitsiyalarini keng jalb qilish hisobiga, ham ichki manbalar, bank kreditlari
hisobiga doimo kashf etib borilishi darkor‖.
Investitsiya jarayonlarini izga solib turishning iqtisodiy asoslarini yaratish,
ishlab chiqilgan siyosatni amalga oshirishga imkon tugdiruvchi shart-sharoitni
ta‘minlash investitsiya siyosatining muhim vazifalaridan biri bo‘lib, iqtisodiy
o‘sishga aynan shu yo‘l bilan erishish mumkin.
Bozor iqtisodiyoti kapital mulkka mo‘ljallanayotgan investitsiyalar xajmi
tegishli moliya aktivlarining daromadliligiga bogliq bo‘ladi. Daromad me‘yori
orqali esa ana shu aktivlarning bahosi investitsiyalarga bo‘lgan talab va taklifga
qarab belgilanadi. Davlat pul va kredit siyosati orqali investitsiyaga bo‘lgan talab
va taklifning nisbati hamda uning tarkibiy tuzilishiga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.
Shunday ekan, bu siyosat turli moliya aktivlaridan olinadigan daromad xajmiga
ham katta ta‘sir etadi. U investitsiya tovarlari bozorida investorlarning xatti-
harakatining bosh yo‘nalishini, shunga bog‘liq holda investitsiyalar tarkibiy
tuzilishini belgilaydi.
118
Korxonaning zamonaviy investitsiya siyosati keng ko‘lamli, nihoyatda
murakkab va bir-biriga o‘xshamaydigan investitsiya qarorlari shaklida namoyon
bo‘ladi. Bunday korxonalar «mablag‘larni qo‘yish tashabbuskori» sifatida ham,
«tashqi investitsiyalar ob‘ekti» sifatida ham maydonga chiqadi.
Korxonalarning investitsiya siyosatida bevosita investitsiyalar muhim o‘rinni
egallaydi. Bevosita investitsiya qarorlarini amalga oshirish uchun jalb etiladigan
moliya zaxiralari miqyosi va uzoq davom etuvchi xususiyatlari tufayli bu turdagi
investitsiya qarorlari jiddiy xatarlar bilan chambarchas bog‘langandir. Bu sharoitlar
bevosita investitsiya qarorlarining juda muhim ijtimoiy iqtisodiy ahamiyatini
nazarda tutib, fundamental tadqiqotlar predmeti sifatida nisbatan mustaqil ilmiy
oqimni keltirib chiqaradi. Bu nisbatan mustaqil ilmiy oqim - investitsion loyihalar
tahlili deb ataladi.
Jahon tajribasida investitsion tahlilning uch asosiy bosqichda o‘rganish qabul
qilingan:
-
investitsiyadan oldingi bosqich;
-
investitsiya qilish bosqichi;
-
amalga oshirilgan investitsion loyihani ekspluatatsiya qilish bosqichi.
YuNIDOning umum tan olgan tizimiga ko‘ra investitsiyadan oldingi bosqich
4 qismga bo‘linadi:
- investitsion qarorlarini (tizimlarini) izlash;
- investitsion loyiha oldidan (birlamchi) tayyorlash;
- investitsion loyihani uzil-kesil rasmiylashtirish va uni texnik-iqtisodiy,
ijtimoiy va moliyaviy tomondan yaroqligini baholash;
- loyihani so‘nggi marta ko‘rib chiqish va uni moliyalash to‘g‘risida qaror
qabul qilish.
Investitsion tahlilning birichi bosqichi - investitsiya qarorlarini izlash va
tanlashdan iboratdir. Bu amaliyotda bir muncha murakkabliklarni keltirib
chiqaradi. Uni shu bilan izohlash mumkinki, har qanday investitsiya qarorlarini
qabul qilish qisman ko‘p sonli fuqarollarning, yuridik shaxslarning, jamoat
tashkilotlarining, birlashmalarining xarakatlarini manfaatlari bilan bog‘liqdir.
119
Bunda, yaxshi ma‘lumki shu qarorga tegishli barcha tomonlar manfaatlarining
muvozanatiga erishgan holdagina investitsiya qarorini muvaffaqiyatli amalga
oshirish mumkin.
Xalqaro amaliyotda investitsiya qarorlarining eng ko‘p tarqalgan quyidagi
tasniflari qabul qilingan. Majburiy investitsiyalar - korxona o‘z faoliyatini davom
ettira olishi uchun zarur bo‘lgan investitsiya qarorlari, qoidaga ko‘ra, bu sinfga
atrof-muhitga ko‘rsatiladigan zararli ta‘sirni kamaytirishga, korxona xodimlarinig
ish sharoitida davlat me‘yorlari darajasida yaxshilashga va boshqa shunga o‘xshash
ishlarga qaratilgan investitsiya qarorlari kiradi. Sarf-xarajatlarni kamaytirishga
qaratilgan investitsiya qarorlari - uzoq davom etadigan raqobat kurashiga bardosh
berish zarurati tufayli yuzaga keladigan investitsiya qarorlarining eng keng
tarqalgan turidir. Bu sinf qo‘llanilayotgan texnologiyalarni takomillashtirishga,
xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirishga, mehnatni
tashkil etish va boshqaruvni yaxshilash hamda shu kabi ishlarga qaratilgan
investitsiya qarorlarini uz ichiga oladi.
Investitsion xarakterning boshqarilishini hal etish qabul qilish jarayonida
mavjud investitsiyani kelajakdagi pul tushishini baholash va taqqoslash yotadi.
Vaholanki, taqqoslash ko‘rsatkichlari vaqtning turli fursatlariga to‘g‘ri keladi. Bu
erdagi asosiy muammoning echimi ularni birlashtirishda unga turli xil yondashish
mumkin, ya‘ni ob‘ektiv va sub‘ektiv shartlarni hisobga olgan holda: inflyatsiya
darajasi, bashorat qilish gorizonti, tasniflashning darajasi va boshqalar.
Quyidagi shartlar bajarilgan taqdirda loyihalarni amalga oshirish maqsadga
muvofiq bo‘ladi:
- agar loyihaning vazifalari, asosiy hamda muqobil varinatlari aniqlangan va
dastlabki tanlov o‘tkazilgan bo‘lsa;
- loyiha taqdiriga ta‘sir ko‘rsatadigan asosiy siyosiy va tashkiliy muammolar
tenglashtirilgan va ularnit hal qilish mumkin degan xulosa chiqarilgan bo‘lsa;
- loyihani tanlash asosli deb hisoblanishi uchun nazarda tutilgan xarajatlar va
daromadlarning joriy diskontlangan qiymati baholangan bo‘lsa;
120
- agar loyihani amalga oshirishda yutishi yoki yutqazishi mumkin
bo‘lganlarning hammasi uni qo‘llab-quvvtalashi kutilsa va ularning roziligi bo‘lsa;
- agar loyiha ichki va zurur hollarda tashqi manbalardan tegishlicha
moliyalashtirilishi mumkin bo‘lsa;
- loyihani ishlab chiqishning aniq bazasi tashkil qilingan bo‘lsa.
Moliyaviy ekspertiza loyhani moliyaviy yashashga qobiliyatini nazorat qiladi
va uni asosiy boshqarilishi uchun zaruriy choralar belgilaydi.
Moliyaviy ekspertiza hamma vaqt loyihani moliyaviy reja ko‘rilishini
buxgalterlik hisobini adekvat va tavtish tizimini o‘z ichiga oladi. Undan tashqari
moliya ekspertizasi qo‘shimcha ravishda quyidagi keltirilgan omillarni hisobga
oladi:
-
loyihaninng rentabelligi;
-
loyihadan foyda qiluvchi fuqarolar uchun moliyaviy oqibatlar va ular
uchun moliyaviy tavakklchilikning baholanishi;
-
loyihani milliy byudjetga uni amalga oshirilishi uchun kerakli fondlarni
mavjudligini tekshirish uchun ta‘siri;
-
loyhani amalga oshiruvchi firmaning boshqarish imkoniyatlari;
-
moliyaviy faoliyatni, loyihani amalga oshirilishi va ishlatilichiga
qo‘llanladigan andozlar.
Iqtisodiy ekspertiza quyidagilarni belgilaydi: loyihaning milliy iqtisodiyotni
rivojlantirishga ta‘siri baholanadi; kiritilayotgan resurslar va olinayotgan
mahsulotlar ularning milliy iqtisodiyot uchun haqiqiy qadr-qimmatini aks
ettiradigan noaniq baholarda baholanadi; tahlilga iqtisodiyot uchun bevosita ta‘sir
etuvchi jihatlar kiritiladi (importga, eksportga, aholi bandligiga, chet el
valyutasiga, talab va taklifga, ekologik ahvolga va sh.k.), shuningdek, bilvosita
ta‘sirlar (boshqa sohalarga bo‘lgan ta‘siri va sh.k.) ham kiritiladi; ijtimoiy shart-
sharoitlar hisobga olinadi va h.k.lar.
Loyihalar asoslangan sanoat tarmog‘i tarqqiyoti dasturining bir qismi va
iqtisod sohasining siyosatini aks ettiruvchi bo‘lmog‘i darkor. Har qanday
ekspertiza birinchi navbatda o‘ziga xos loyhalar faqat ushbu tarmoq siyosat
121
maqsadi uchun xizmat qilishini namoyish qilmog‘i lozim. Ekspertiza vazifasi –
loyiha tavsiya qilingan tarmoq strategiyasiga to‘g‘ri kelishini belgilashdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |