O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti zoyirov Laziz Subxonovich Raimjanova Madina Asrarovna Saidov Rasulbek Boltabayevich Shoislomova Nargiza Qobilovna investitsiya loyihalari ekspertiza



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/100
tarix20.11.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#166138
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
Инвестиция лойиҳалари экспертизаси DARSLIK

Annotation 
This textbook outlines important issues in the subject of ―Examining Investment Projects‖. 
The textbook complies with the National Standards and covers all sections of this training 
course. 
This textbook examines the nature, importance and need for expertise of investment 
projects, financial and economic expertise of investment projects, expertise of collateral security 
of investment projects, technical expertise of investment projects, commercial analysis of 
investment projects, institutional analysis of investment project participants, social and 
environmental impact assessment of investment projects, risks and evaluation of the investment 
project and similar topics are reflected in the logical sequence and in terms of concession and 
continuity. 
This textbook is designed for students in the economic direction of higher education 
institutions of bachelor's degree, undergraduates, independent researchers, teachers, professors 
and for those who are interested and engaged in the field of investment. 



KIRISH 
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va jadal sur‘atlar bilan rivojlantirish, bozor 
munosabatlari taraqqiy etishini ta‘minlash yo‘lidagi islohotlar samarasini oshirish 
maqsadida O‘zbekiston hukumati tomonidan mamlakatda investitsiya jarayonlarini 
takomillashtirilishiga jiddiy e‘tibor qaratib kelinmoqda. Buning boisi shuki, 
investitsiyalar 
ishlab 
chiqarishni 
modernizatsiyalash 
asosida 
intensiv 
rivojlantirishni, innovatsiyalar joriy qilinishini va iqtisodiy o‘sishni ta‘minlovchi 
muhim omillardandir.
Milliy 
iqtisodiyotda 
tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va 
modernizatsiyalash, korxonalarni zamonaviy texnika bilan qayta jihozlash hamda 
raqobatga bardoshli maxsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida mamlakatdagi 
barcha mavjud sarmoyalar safarbar qilina boshlandi, shuningdek, xorijiy 
investitsiyalarni keng jalb etish, ayniqsa, yetakchi tarmoqlarda chet el sarmoyasi 
ishtirokini kengaytirish yo‘lga qo‘yildi. Shu maqsadda respublika hukumati 
tomonidan mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirib 
kelishi uchun qulay investitsiya muhitini yaratishga qaratilgan investitsiya siyosati 
o‘tkazilmoqda. 
Biror bir hududga investitsiya kiritishdan avval, ushbu hududning investitsiya 
muhitini o‘rganish, unga baho berish, investitsiya loyihasini o‘rganish, investitsiya 
loyihasini puxta tahlil qilish va baholash, loyihaga ta‘sir etuvchi obyektiv va 
subyektiv omillar ta‘sirini aniqlash, ularni baholash hamda salbiy ta‘sir etuvchi 
omillarni oldini olish, loyiha samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar 
haqida aniq ma‘lumotlarga ega bo‘lish lozim.
Ana shu maqsadda, respublikamizda investitsiya loyihalari ekspertizasi bilan 
shug‘ullanuvchi mutasaddi davlat tashkilotlari va tijorat banklarining loyihaviy 
moliyalashtirish faoliyati davr talabiga mos holda rivojlanib kelmoqda va hozirgi 
kunga kelib, nafaqat bank hodimlari, balki investitsiya faoliyatining barcha 
ishtirokchilari investitsiya loyihalarini moliyaviy-iqtisodiy tahlil qilish usullari, 
moliyalashtirish manbalari, investitsiya risklarini tahlil qilish, baholash va 



boshqarish usullari hamda loyiha samaradorligini oshirish bo‘yicha ma‘lumotlarga 
ega bo‘lishlari zamon talabiga aylanmoqda. 
O‘zbekiston iqtisodiyotini yanada yuksaltirish bevosita yangi ishlab chiqarish 
quvvatlarini yaratish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, faoliyat 
ko‘rsatayotgan korxonalarni rekonstruktsiya qilish, texnik jihatdan qayta ta‘mirlash 
ishlarini jadal amalga oshirishga bog‘liq. Bunday sharoitda investitsiya loyihalarini
ekspertiza qilish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Mazkur darslik doirasida 
foydalanuvchi investitsiya loyihalarini ekspertiza qilishning iqtisodiy mazmuni, 
zarurati, ahamiyati hamda me‘yoriy-huquqiy asoslari, investitsiya loyihalarini
ekspertiza qilishdagi axborotlar manbasi, investitsiya loyihalarining tijorat tahlili, 
investitsiya loyihalarining texnik ekspertizasi, investitsiya loyihalarining ijtimoiy 
va ekologik ekspertizasi, investitsiya loyihalari qatnashchilarining institutsional 
tahlili, investitsiya loyihalarining moliyaviy va iqtisodiy ekspertizasi, investitsiya 
loyihasini amalga oshirishda inflyatsiya ta‘sirini baholash, investitsiya loyihasi 
bo‘yicha risklar va ularni baholash, investitsiya loyihasi bo‘yicha garov 
ta‘minotining ekspertizasi, investitsiya loyihasini tasdiqlash jarayoni yuzasidan 
bilim, malaka va ko‘nikmalar hosil qiladi. 
―Investitsiya loyihalarini ekspertiza qilishning iqtisodiy mazmuni, zarurati, 
ahamiyati hamda me‘yoriy-huquqiy asoslari‖ bobida investitsiya loyihalarini 
ekspertiza qilishning iqtisodiy mazmuni, mohiyati va zarurligi, investitsiya 
loyihalarini ekspertiza qilishning me‘yoriy-huquqiy asoslari hamda loyihalarni 
tahlil qilishning asosiy turlari keng bayon etiladi. 
―Investitsiya loyihalarini ekspertiza qilishdagi axborotlar manbasi‖ bobida 
investitsiya loyihalarini ekspertiza qilishda asosiy axborotlar manbasi va loyihani 
tijorat banklari tomonidan ekspertiza qilishda qarz oluvchilar tomonidan bankka 
taqdim etiladigan hujjatlar, taqdim etilgan hujjatlarning haqqoniyligini tekshirishga 
oid ma‘lumotlar yoritiladi.
―Investitsiya loyihalarining tijorat tahlili‖ bobida investitsiya loyihalari 
hayotiyligining har bir bosqichida tijorat tahlilining ahamiyati, bozor 
segmentatsiyasi, turlari, marketing tadqiqotlari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar hamda 



loyiha bo‘yicha ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan maxsulotlar bahosi va uning tahlili 
bayon etiladi. 
―Investitsiya loyihalarining texnik ekspertizasi‖ bobida investitsiya loyihalari 
hayotiyligining har bir bosqichida texnik ekspertizaning ahamiyati va loyihada 
qo‘llaniladigan texnika-texnologiyani injiniring baholash ko‘rib chiqiladi va tender 
orqali texnika-texnologiyani sotib olish masalalari yoritiladi. 
―Investitsiya loyihalarining ijtimoiy va ekologik ekspertizasi‖ bobida 
investitsiya loyihalarini ijtimoiy tahlil etishning ahamiyati va zarurligi bilan birga 
loyihalarni ekologik baholash tartibi va mezonlari bayon etiladi. Loyihalarni 
ekologik ekspertizadan o‘tkazuvchi va xulosa beruvchi tashkilotlar haqida 
ma‘lumotlar beriladi. 
―Investitsiya loyihalari qatnashchilarining institutsional tahlili‖ bobida 
investitsiya loyihalari hayotiyligining har bir bosqichida institutsional tahlilning 
ahamiyati hamda investitsiya loyihasini amalga oshirishdagi ishtirokchilarning 
institutsional tahlili ko‘rib chiqiladi. 
―Investitsiya loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy ekspertizasi‖ bobida 
investitsiya loyihalarini baholash usullari to‘g‘risida umumiy ma‘lumot, 
investitsiya loyihalarini iqtisodiy va moliyaviy tahlil qilishning asosiy mezonlari, 
investitsiya loyihalarini baholashdagi asosiy moliyaviy koeffitsientlar, loyihaning 
pul oqimi tahlili, investitsiya loyihasi samaradorligini baholovchi ko‘rsatkichlar 
yoritiladi. 
―Investitsiya loyihasini amalga oshirishda inflyatsiya ta‘sirini baholash‖ 
bobida inflyatsiya va uning turlari, O‘bekistonda inflyatsiya sur‘atlari va uning 
o‘zgarishi dinamikasi, investitsiya loyihalarini amalga oshirishda inflyatsiya 
ta‘sirini hisoblash masalalari bayon etiladi. 
―Investitsiya loyihasi bo‘yicha risklar va ularni baholash‖ bobida ―risk‖ va 
―noaniqlik‖ tushunchalari, ularning bir-biridan farq qiluvchi jihatlari, shuningdek, 
loyiha bo‘yicha risklarning turlari, ularning tavsifi, investitsiya loyihalaridagi 
mavjud risklarni baholash va ularni oldini olish va ularni pasaytirish chora-
tadbirlari keng bayon etiladi. 



―Investitsiya loyihasi bo‘yicha garov ta‘minotining ekspertizasi‖ bobida 
O‘zbekiston Respublikasining ―Garov to‘g‘risida‖gi Qonunining mazmuni, 
mohiyati, garov ta‘minotining turlari va tavsifi, investitsiya loyihalari bo‘yicha 
garov ta‘minotining jahon amaliyoti, kredit ta‘minotining asosiy turi sifatida 
qimmatli qog‘ozlarning o‘rni ko‘rib chiqiladi.
―Investitsiya loyihasini tasdiqlash jarayoni‖ bobida investitsiya loyihasini 
yakuniy tayyorlash va uning moliyalashtirishga tasdiqlanishi, bankning kredit 
qo‘mitasi tomonidan qarorlar qabul qilish jarayoni, investitsiya loyihasini 
moliyalashtirishga qabul qilish mexanizmi, investitsiya loyihasi bo‘yicha 
monitoring rejasi kabilar bayon etiladi. 
Shuni alohida qayd etish kerakki, investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish 
investitsiya loyihalarini amaliyotga joriy qilishning muhim bo‘g‘ini 
hisoblanganligi sababli ushbu darslik bo‘lajak iqtisodchi-mutaxassislarda ularning 
amaliy faoliyatida investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish asoslarining 
metodologiyasi va jahon tajribasini O‘zbekiston amaliyotida qo‘llash bilan bog‘liq 
zaruriy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantiradi.




Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin