O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti zoyirov Laziz Subxonovich Raimjanova Madina Asrarovna Saidov Rasulbek Boltabayevich Shoislomova Nargiza Qobilovna investitsiya loyihalari ekspertiza


I-BOB: INVESTITSIYA LOYIHALARINI EKSPERTIZA QILISH-



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/100
tarix20.11.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#166138
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
Инвестиция лойиҳалари экспертизаси DARSLIK

I-BOB: INVESTITSIYA LOYIHALARINI EKSPERTIZA QILISH-
NING IQTISODIY MAZMUNI, ZARURATI, AHAMIYATI HAMDA 
ME’YORIY-HUQUQIY ASOSLARI
1.1.
 
Investitsiya loyihalarini ekspertiza qilishning iqtisodiy mazmuni
Investitsiyalarning iqtisodiy mazmun-mohiyati to‘g‘risida iqtisodchi-olimlar 
o‘rtasida xilma-xil qarashlar va fikrlar mavjud. ―Investitsiyalar‖ tushunchasining 
ma‘no-mazmuniga hozirgacha yakuniy bir ta‘rif berilmagan va iqtisodiy fanning 
turli sohalarida investitsiyaning maqsadi, vazifalari, manbasi, mablag‘ kiritish 
sohalari va obyektlarining xususiyatlaridan kelib chiqib turlicha ta‘rif berilmoqda.
Investitsiyalar so‘zi lotincha ―investio‖ so‘zidan olingan bo‘lib, asosan, ishlab 
chiqarishga uzoq muddatli qo‘yilmalar sarfi, ya‘ni xarajatlar yig‘indisi, deb talqin 
etilgan. Iqtisodiy lug‘atda ―investitsiyalar – kapitalni uzoq muddatli qo‘yilmalar 
tariqasida sanoatga, qishloq xo‘jaligiga, transportga va boshqa tarmoqlarga sarf 
etiladigan xarajatlar yig‘indisini aks ettiradi‖
1
, deb ta‘riflangan. Bir guruh 
iqtisodchi-olimlar investitsiyalarni barcha turdagi mulkiy va intellektual 
boyliklarni uzoq muddatli qo‘yilmalar tariqasida ishlab chiqarish tarmoqlariga sarf 
etiladigan xarajatlar yig‘indisi sifatida ta‘rif beradilar.
Investitsiyaning mazmuni 2014 yil 9 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston 
Respublikasining ―Investitsiya faoliyati to‘g‘risida‖gi Qonunida: ―qonun 
hujjatlarida taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat 
obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne‘matlar hamda ularga bo‘lgan 
huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka bo‘lgan huquqlar, shuningdek 
reinvestitsiyalar‖, sifatida ta‘riflanadi. 
Professor 
D.G‘ozibekov 
tomonidan 
investitsiyalarning 
mazmuniga 
quyidagicha ta‘rif berilgan: ―aniq va ishonchli manbalardan mablag‘lar olish, 
1
Финансово-кредитный словарь. Т.1. – М.: «Финансы и статистика», 1984. –С. 470. 



ularni asosli holda safarbar etish, risklar darajasini hisobga olgan holda kapital 
qiymatini saqlash va ko‘zlangan samarani olishdan iborat bo‘ladi. Ana shu 
belgilariga ko‘ra investitsiyalar boshqa qo‘yilmalardan mazmunan farq qiladi. 
Bular barchasining asosida kapitalning harakatlanish jarayoniga jalb etilishi 
investitsiyalarning mohiyatini aks ettiradi‖
2

Xorijlik iqtisodchi-olimlardan Nobel mukofotining iqtisodiyot bo‘yicha 
laureati U.Sharp ta‘kidlashicha: ―investitsiyalar kelgusida (ehtimol, nomuayyan) 
qiymatlik olish maqsadida hozirgi vaqtda muayyan qiymatlikdan voz kechishdir‖
3

deb ta‘rif bergan bo‘lsa, iqtisodchilar Kempbell R.Makkonell, Stenli L.Bryu 
investitsiya tushunchasini quyidagicha izohlaydilar, ya‘ni ―investitsiya 
(investment) – bu moddiy zaxiralarning ko‘payishi, ishlab chiqarish vositalarining 
jamg‘arilishi va ishlab chiqarishga xarajatlar‖
4
. Ushbu ta‘rifni mazmunan ―kapital 
qo‘yilmalar‖ tushunchasiga mos kelishini ta‘kidlab o‘tish joiz. 
Investitsiyalar keng ma‘noda o‘zini mablag‘lar va resurslarning kelgusida 
ko‘payishi va iqtisodiy samara yoki boshqa rejalashtirilgan natijalar olish (ijtimoiy, 
ekologik va boshqa samaralar) maqsadida ularning safarbar etilishi sifatida 
namoyon etadi. 
Umumqabul qilingan amaliyotda investitsiyalarning quyidagi turlari ajratiladi: 
real va moliyaviy. Real investitsiyalar faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni 
ta‘mirlash va texnik qayta qurollantirish, kengaytirish, yangi korxonalar barpo 
etishga yo‘naltirilgan investitsiyalar hisoblanadi. Bunday sharoitda investor-
korxona mablag‘ kirita turib, o‘zining ishlab chiqarish kapitalini, ya‘ni asosiy 
ishlab chiqarish fondlari va uning faoliyati uchun zarur bo‘lgan aylanma 
mablag‘larni ko‘paytiradi (oshiradi). Portfel investitsiyalar esa, aktsiya, obligatsiya 
va boshqa turdagi qimmatli qog‘ozlarga, shuningdek, boshqa korxonalarning 
aktivlariga yo‘naltirilgan investitsiyalar deb tushuniladi, ushbu investitsiyalar 
amalga oshirilganda investor o‘zining moliyaviy kapitalini, ya‘ni qimmatli 
2
G‘ozibekov D. G‘. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. – T.: «Moliya», 2003. – B. 26. 
3
Шарп У., Александр Г., Бейли Дж. Инвестиции. Пер. с. англ. – М.: «Инфра-М», 1997. – С. 16, 979. 
4
Кэмпбелл Р. Макконелл, Стэнли Л. Брю. Экономикс, принципы, проблемы и политика. 2-том. – М.: 
«Республика», 1992. – С. 388. 



qog‘ozlardan olinadigan daromad-dividendini ko‘paytiradi. Ko‘pincha real 
investitsiyalar quyidagi maqsadlar uchun yo‘naltiriladi: 
• ishlab chiqarishni kengaytirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning 
sifatini yaxshilash; 
• yangi ishlab chiqarishlar, texnologiyalar hamda mahsulot turlarini yaratish; 
• ishlab chiqarishni qayta qurish va texnik jihatdan qayta jihozlash; 
• atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy vazifalarni bajarish va h.k. 
Real investitsiyalarning aksariyat qismi investitsiya loyihalari orqali amalga 
oshiriladi. ―Investitsiya loyihasi‖ tushunchasi iqtisodiy nazariyada va amaliyotda 
keng qo‘llaniladi va u ikki xil ma‘noda talqin etiladi:
– muayyan maqsadlarga erishishni (ko‘zlangan natijalarni hosil qilishni) 
ta‘minlovchi qandaydir faoliyatlar yig‘indisini amalga oshirishni nazarda tutuvchi 
ish, faoliyat, tadbir sifatida tushuniladi. Bunday hollarda ―xo‘jalik tadbiri‖, ―ish 
(ishlar yig‘indisi)‖, ―loyiha‖ terminlari ushbu tushunchalarga mazmunan yaqin 
keladi. Umumiy jihatdan, loyiha (inglizcha projekt) – bu ―biron nima o‘ylanayapti 
yoki rejalashtirilyapti‖, degan ma‘nolarni anglatadi; 
– qandaydir faoliyatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan huquqiy-
boshqaruv va moliyaviy-hisob hujjatlari tizimi yoki bunday faoliyatlar tizimini 
bayon etuvchi hujjatlar to‘plami sifatida qaraladi
5

Shuningdek, investitsiya loyihasiga quyidagicha ta‘riflar ham berilgan: 
Investitsiya loyihasi – bu tashkiliy-huquqiy tizimlar yordamida biron-bir 
maqsadlarga erishishni ta‘minlaydigan tadbirlar rejasidir. 
Investitsiya loyihasi – noturar binolarni qurish, qayta, ta‘mirlashva shaharni 
ijtimoiy-ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida korxonalar 
texnologik asbob-uskunalarini, injenerlik ta‘minotni yangilashga qaratilgan 
tashkiliy-texnik hamda moliyaviy tadbirlar majmuidir.
Investitsiya loyihasi – foyda olish va kapitalni o‘stirish maqsadida pul 
mablag‘lari qo‘yiladigan aniq tadbirdir.
5
Мазур И.И., Шапиро В.Д., Ольдерогге Н.Г. Управление проектами: Учеб. пос. для вузов /Под общ. ред. 
И.И. Мазура. – М.: «Экономика», 2001. – С. 18. 


10 
Investitsiya loyihasi – kapital qo‘yilmalarning iqtisodiy jihatdan maqsadga 
muvofiqligi, hajmi va amalga oshirish muddatlarini asoslash, jumladan kerakli 
loyiha-smeta hujjatlar to‘plami hamda investitsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha 
amaliy harakatlar tavsifidir. 
To‘liq shakllangan, yakuniga yetgan investitsiya loyihasini tuzish va amalga 
oshirish umumiy holda quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga qamrab oladi: investitsiya 
g‘oyasini shakllantirish; investitsiya imkoniyatlarini tadqiq etish; investitsiya 
loyihasini texnik-iqtisodiy asoslash (TIA); shartnoma hujjatlarini tayyorlash; 
loyiha (ishchi) hujjatlarini tayyorlash; qurilish-montaj ishlari; obyektni ishga 
tushirish va investitsiya loyihasi (iqtisodiy ko‘rsatkichlar) monitoringini olib 
borish. 
Investitsiya loyihasi o‘z maqsadi, yo‘nalishi, amal qilish sohasi, muddati va 
chegarasiga ega bo‘lgan alohida faoliyat turi hisoblanadi. U tashkiliy, huquqiy, 
ijtimoiy, ekologik, iqtisodiy jihatdan to‘liq va mukammal hisob-kitoblar yordamida 
asoslangan yuridik hujjat hisoblanadi. 
Investitsiya loyihasining boshqa hujjat va ―loyiha‖ lardan asosiy farqi 
shundaki, u haqiqiy hujjat sifatida qaror topishi uchun uning barcha tomonlari 
maxsus usullar yordamida keng va aniq hisob-kitoblar bilan baholanadi. Shu bilan 
birga, uning amalga oshirilishi muayyan miqdordagi mablag‘larni safarbar etishga 
asoslanadi. Professor D.G‘ozibekov investitsiya loyihalari to‘g‘risida: ―investitsiya 
loyihasiga muayyan ishlab chiqarish quvvatlariga kelajakda alohida turdagi 
samaralar keltirishi zarur bo‘lgan, aniq belgilangan tadbirlar yo‘li bilan resurslarni 
investitsiyalash bo‘yicha takliflar to‘plami tarzida ta‘rif berish mumkin‖, degan 
fikrni bildirgan. Shuningdek, u investitsiya loyihasining sifat-tavsiflarini, boshqa 
tadbirlardan farq qiluvchi jihatlarini ochib berishi diqqatga sazovordir, deb 
ta‘kidlab o‘tgan
6

Investitsiya loyihasi tushunchasi keng ma‘noni anglatib, kapitalni qisqa va 
uzoq muddatli qo‘yilmalar tariqasida sanoatga, qishloq xo‘jaligiga, transportga va 
6
G‘ozibekov D.G‘. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. – T.: ―Moliya‖, 2003. – B. 68-69. 


11 
boshqa tarmoqlarga sarf etiladigan investitsiyalarni ma‘lum muddatda va 
belgilangan hajmda amaliy jihatdan bajarish tushuniladi. 
Investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish ko‘pgina olimlarning olib borgan 
tadqiqotlarida investitsiya loyihasining hayotiyligi bosqichlarini va tahlil natijasiga 
ko‘ra keladigan daromadini aniqlashni belgilab berishi ta‘kidlab o‘tilgan. 
Investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish amaliyotini yoritishda olimlar turlicha 
yondashuvlarga asoslanganlar. Jumladan, Dj.Littl va L.Roudslar tadqiqotlarida 
investitsiya loyihalarini ekspertiza qilishni ikki kategoriya sifatida amalga oshirish 
zarur, deb hisoblaydilar. Birinchi kategoriya sifatida, birlamchi baholashni asos 
qilib, uning texnik-texnologik va qiziquvchi tomonlarning talablarini hisobga 
olishni va ikkinchi kategoriya sifatida, loyihada ishtirok etuvchi tomonlarga ta‘sir 
etuvchi risklarni baholash muhim, deb fikr bildirganlar
7
. Dj.X.Robertning fikricha, 
investitsiya loyihalarini ekspertiza qilishni amalga oshirishda loyihada ishtirok 
etuvchi tomonlarning qiziqishlariga ta‘sir etuvchi ichki va tashqi omillarni hisobga 
olish zarur, deb hisoblaydi
8
.
P.I.Vaxrin, A.S.Neshitoylar fikricha, investitsiya loyihalarini ekspertiza 
qilishni amalga oshirishda loyihani jalb etayotgan korxona va tashkilotlarning 
qimmatli qog‘ozlar bozoridagi ishtirokini alohida hisobga olgan holda, qiziquvchi 
tomonning pul oqimlarini chuqur tahlil qilish lozim, deb ta‘kidlaydi
9
. Investitsiya 
loyihalarini ekspertiza qilishni chuqur tahlil etgin olimlardan A.Damodaranning 
olib borgan tadqiqotlarini alohida ta‘kidlab o‘tish mumkin. Ushbu olimning 
fikricha, korxona va tashkilotlarda investitsiya loyihalarini ekspertiza qilishda 
ularning iqtisodiy holatiga, fond bozoridagi ishtirokiga, pul oqimlari, 
chiqarayotgan 
mahsulotlarining 
raqobatbardoshligiga, 
uning 
faoliyatining 
hayotiylik sikliga alohida e‘tibor qaratish zarurligini ta‘kidlaydi. Ikkinchi 
7
Литтл Дж., Роудс Л. Как пройти на Уол-стрит. С.-Питербург. ПИТЕР, 1998. – С. 368.
8
Роберт Дж.Х. Инвестирование. – М.: АГАТА, 2005. – С. 288. 
9
Вахрин П.И., Нешитой А.С. Инвестиции. Учебник. – М., 2005. – С. 308.


12 
tomondan, manfaatdor tomonlarning loyihasini foydaliligini, unga ta‘sir etuvchi 
risk darajasini va investitsiyaning hayotiy siklini baholash zarur, deb hisoblaydi
10

L.E.Bosovskiy tadqiqotlarida investitsiya loyihalarini ekspertiza qilishni to‘rt 
bosqichda olib borish zarurligini keltirib o‘tadi. Uning ikkitasida loyihani o‘zida 
amalga oshirayotgan korxona va tashkilotlarni barcha ko‘rsatkichlarini tahlil qilish 
zarur deb hisoblasa, keyingi ikkita bosqichda manfaatdor tomonlarning talablarini 
tahlil qilish zarur, deb hisoblaydi
11
.
Bir qator olimlar investitsiya loyihalarini ekspertiza qilishni manfaatdor 
tomonlarni chuqurroq tahlil qilishni taklif etadilar. Ularning fikricha, manfaatdor 
tomonlarning fond bozorida ishtiroki ham investitsion loyihani hayotiylik siklini 
baholashda muhim hisoblanadi. Ular investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish 
firmaning moliyaviy salohiyati va iqtisodiy samaradorligini baholash asosida 
xulosa qilish mumkin, deb ta‘kidlab o‘tadilar
12
.
Respublikamiz iqtisodchi-olimlari fikricha, investitsiya loyihalarini ekspertiza 
qilishni o‘tkazishda investitsiya samaradorligini, risk va noaniqlikni, texnik 
baholash va tahlil etish, investitsiya loyihalari monitoringini o‘tkazish muhim, deb 
hisoblaydilar
13
. Iqtisod fanlari doktori, professor D.G‘.G‘ozibekov ilmiy 
tadqiqotlarida loyiha tahlili uslubiyoti investitsiya loyihalarini amalga oshirish 
ehtimoli jihatidan ularni identifikatsiyalash, tekshirish, batafsil ko‘rib chiqish, 
ma‘qullash va kompleks ekspertizadan o‘tkazish bosqichlarini nazarda tutadi. 
Kompleks ekspertiza loyiha mahsulotlariga erishish imkoniyatlarini izlashga, 
loyihani cheklangan resurslar bilan belgilangan vaqt mobaynida va makonda 
ta‘minlash, shuningdek, tegishli texnik vazifalarni hal qilishga qaratiladi, deb 
ta‘kidlab o‘tgan
14
. Yana bir iqtisod fanlari doktori, professor A.V.Vahobov 
fikricha, investitsiya loyihalarini ekspertiza qilishda davlatdagi investitsiya 
muhitini inobatga olish asosiy omillardan biri sifatida e‘tirof etadi. Investitsiya 
10
Дaмодаран А. Инвестиционная оценка. Инструменты и техника оценки любых активов. Учебник. – М.: 
«Альпина Паблишер‖, 2011. – С. 1324. 
11
Босовский Л.Е. Экономическая оценка инвестиций. Учебное пособие. – М.: «Инфра-М», 2007. – С. 242.
12
Михайлова Э.А., Орлова Л.Н. Экономическая оценка инвестиций. Учебное пособие. – М.: РГАТА, 2008. – 
С. 176.
13
Jo‘rayev A.S. va boshqalar. Investitsiya loyihalari tahlili. O‘quv qo‘llanma. – T.: 2003. – B. 256.
14
G‘ozibekov D.G‘. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. – T.: ―Moliya‖, 2003. – B. 332. 


13 
muhitini belgilovchi eng muhim omillardan biri – qabul qiluvchi mamlakat ichki 
bozorining sig‘imi hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkich YaIM hajmi va aholi jon 
boshiga to‘g‘ri keluvchi daromadlar bilan o‘lchanadi
15
.
Yuqorida bildirilgan fikrlarni umumlashtiradigan bo‘lsak, iqtisodchi-
olimlarning fikricha, investitsiya loyihalarini ekspertiza qilishni ikki toifaga 
bo‘lishga harakat qilishgan, ya‘ni birinchi toifadagilar korxona va tashkilotlarni 
kompleks tahlil qilish zarur deb baholasalar, ikkinchi toifadagi tadqiqotlar 
manfaatdor tomonlarning talablarini o‘rgangan holda ularni chuqur tahlil qilishni 
taklif etadilar. Bizning fikrimizcha, investitsiya loyihalarini ekspertiza qilishni 
amalga oshirishda har ikkala tomon talablarini chuqur tahlil qilish zarur, deb 
hisoblaymiz.

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin