O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti zoyirov Laziz Subxonovich Raimjanova Madina Asrarovna Saidov Rasulbek Boltabayevich Shoislomova Nargiza Qobilovna investitsiya loyihalari ekspertiza



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/100
tarix20.11.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#166138
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   100
Инвестиция лойиҳалари экспертизаси DARSLIK

-
 
loyiha maqsadlari nuqtai nazaridan eng to‘g‘ri keladigan texnologiyalarni 
aniqlash; 
-
 
mahalliy sharoitlar tahlili, jumladan, xom ashyo, energiya, ishchi 
kuchining etarliligi va qiymatini aniqlash; 
-
 
loyihani rejalashtirish va amalga oshirish imkoniyatlarining mavjudligini 
tekshirish. 
Texnik tahlil, odatda, iloji boricha tor mutaxassislarni jalb qilgan holda 
korxonaning o‘z ekspertlari guruhi tomonidan amalga oshiriladi. Texnik tahlilning 
standart jarayoni o‘zining mavjud texnologiyalari tahlilidan boshlanadi. Bu erda 
quyidagi mezonlarga bo‘ysinish kerak: 


57 
-
 
texnologiya, avvalo, o‘zi haqida yaxshi nom qoldirishi kerak, ya‘ni 
standartli bo‘lishi kerak; 
- texnologiya keltiriladigan uskuna va xom ashyoga mo‘ljallanishi kerak 
emas.
Agar o‘zining texnologiyasini qo‘llash mumkin bo‘lmasa, u holda mumkin 
bo‘lgan sxemalardan bittasi bo‘yicha xorijiy texnologiya va uskunalarni jalb qilish 
imkoniyatlarining tahlili o‘tkaziladi; 
-
 
xorijiy firma bilan qo‘shma korxona - qisman investitsiyalash va texnikalar 
bilan to‘lig‘icha ta‘minlashi; 
-
 
texnologik ―nou-xau‖ bo‘lgan uskunani sotib olish; 
-
 
uskunani xarid qilish, zavodni qurish, texnologik jarayonni yo‘lga qo‘yish; 
-
 
korxona zarur bo‘lgan tayyor mahsulot ishlab chiqarguniga qadar 
xodimlarini o‘qitish; 
-
 
ishlab chiqarishga litsenziyalarni sotib olish; 
-
 
xorijiy texnolog tomonidan texnik yordam. 
Texnikani tanlash ba‘zi muqobil texnologiyalarning tahlili va qo‘yilgan 
talablarga mosligini aniqlash asosida eng zo‘r variantni tanlashni nazarda tutadi. 
Muqobil texnologiyalar orasida tanlashning asosiy omillari texnologiyalarni 
ishlatishning quyidagi jihatlarini tahlil qilishga yaqinlashtiriladi: 
1. O‘xshash masshtablarda (masshtablar aniq bozor uchun o‘ta katta bo‘lishi 
mumkin) tanlangan texnologiyalarning avval ishlatilganligi; 
2. Xom ashyo bilan ta‘minlanish holati (etkazib beruvchilarning soni, 
ularning ishlab chiqarish quvvati qanday, xom ashyo sifati, xom ashyoning boshqa 
iste‘molchilari soni qancha, xom ashyo qiymati, etkazib berish uslubi va narxi
atrof-muhitga nisbatan risk). 
3. Kommunal xizmatlar va kommunikatsiyalar. 
4. Texnologiyani sotuvchi tashkilotning unga patenti yoki litsenziyasi 
borligiga ishonch hosil qilish zarur. 
5. Har holda texnologiyani sotuvchisi tomonidan ishlab chiqarishga 
boshlang‘ich hamrohlik qilish. 


58 
6. Texnologiyaning mahalliy sharoitlarga moslashlanganligi (harorat, namlik 
va boshqalar). 
7. Ishga tushirish omili (loyiha shartlari bo‘yicha nominal quvvatlarga 
nisbatan foizlar) va to‘la ishlab chiqarishga mos bo‘lgan doimiy sharoitga 
chiqiladigan vaqt. 
8. Xavfsizlik va ekologiya. 
9. Kapital va ishlab chiqarish xarajatlari.
Umumlashtirilgan mezonlar quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
G = W1G1 + W2G2 + … WnGn, 
bu erda, W - xususiy mezon vazni; G - xususiy mezon kattaligi.
Mezonning eng katta ko‘rsatkichi bo‘lgan texnik loyiha eng zo‘r loyiha deb 
qabul qilinadi.
Umuman olganda, ko‘rilayotgan misolda A va G loyihalar texnik 
ko‘rsatkichlari jihatidan deyarli bir xildir, ammo bu erda G loyihasiga ustunlik 
berish maqsadga muvofiqdir. 
Investitsiya loyihalarini texnik baholash loyihani amalga oshirishdagi kelib 
chiqishi mumkin texnik muammolarni oldindan aniqlash va ularni bartaraf etish 
maqsadida amalga oshiriladi. Texnik baholashning asosiy vazifasi loyiha 
maqsadiga mos loyiha texnologiyasini aniqlash, mahalliy sharoitlar, kapitalga 
egalik qilish imkoni, xom ashyo va shu kabilarni rejalashtirish va loyiha bo‘yicha 
paydo bo‘ladigan texnik muammolarni hal etishdan iborat. 
Loyihani amalga oshirishda qo‘llaniladigan texnologik jarayonlar bo‘yicha 
qabul qilingan qarorlarning maqsadga muvofiqligi va tanlangan texnologiyaning 
texnik jihatdan ishonchliligini aniqlash texnik tahlil etishning muhimligini 
ko‘rsatadi. Loyihani amalga oshirishda muqobil texnologiyalarni texnik afzalliklari 
va foydaliligi jihatdan baholash texnologiyalarni ishlatishning turli jihatlarini tahlil 
etish bilan amalga oshiriladi. 

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin