56
1.
Texnik va texnologik jihatdan muqobil variantlar.
2.
Loyihani joylashtirish o‘rni bo‘yicha muqobil variantlar.
3.
Loyiha hajmi.
4.
Loyihani amalga oshirish muddatlari.
5.
Xom ashyo, ishchi kuchi va boshqa resurslardan foydalanish imkoniyatlari
va ularning etarliligini.
6.
Loyiha mahsuloti uchun bozor sig‘imi (hajmi).
7.
Ko‘zda tutilmagan omillarni hisobga olgan holda loyiha xarajatlari.
Investitsiya loyihalari ustida ishlash jarayonida texnik tahlil birinchi navbatda
o‘tkaziladi.
Ko‘plab texnik muammolar turli muammolardan o‘ziga xosligi bilan ajralib
turadi va o‘zaro aloqadorlikda ko‘rib chiqilishi kerak bo‘ladi. Bunday muammolar
mulkka egalik shakli, joylashgan hududi, amalga oshirilish muddati va
texnologiyalar ko‘lami bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda uning texnologik jarayonlari
bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning maqsadga muvofiqligi va tanlangan
texnologiyaning texnik jihatdan ishonchliligi ularni texnik tahlil etishning o‘ta
muhimligini ko‘rsatadi. Investitsiya loyihasining texnik tahlili quyidagilarning
bajarilishini ta‘minlashi lozim:
Dostları ilə paylaş: