4.4. Tender orqali texnika-texnologiyani sotib olish
O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 9 apreldagi ―Davlat xaridlari
to‘g‘risidagi‖ Qonuning (O‘RQ-472 son) 8-bobi aynan tenderga bag‘ishlanadi.
Unga ko‘ra tender deganda davlat xaridini ikki bosqichda amalga oshirishning
raqobatli tartib-taomili orqali ijrochini aniqlash usuli tushuniladi. Bunda
shartnomani bajarish bo‘yicha eng yaxshi shartlarni taklif qilgan tender
ishtirokchisi ushbu tartib-taomil natijalari bo‘yicha g‘olib deb topiladi.
Davlat xaridi haqidagi axborotni davlat buyurtmachisi tender o‘tkazilishi
to‘g‘risidagi e‘lonni va tender hujjatlarini maxsus axborot portaliga joylashtirish
orqali shaxslarning cheklanmagan doirasiga ma‘lum qiladi.
Shartnomani bajarishning eng yaxshi shartlari tender ishtirokchilarining
takliflarini baholash bo‘yicha e‘lon qilingan mezonlar asosida xarid komissiyasi
tomonidan aniqlanadi.
Tender vositasidagi davlat xaridi quyidagi shartlar bir vaqtning o‘zida
bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi:
g‘olibni aniqlash mezonlari tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) nafaqat
pul bilan baholanishini, balki miqdoriy va sifat jihatidan baholanishini ham o‘z
ichiga oladi;
tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati bir shartnoma bo‘yicha
eng kam ish haqining yigirma besh ming baravaridan ortiq miqdorni tashkil etadi.
74
Byudjet buyurtmachilari uchun tenderdagi davlat xaridlari bir shartnoma
bo‘yicha eng kam ish haqining olti ming baravaridan ortiq summani tashkil etishi
kerak.
Shartnomani bajarishning eng yaxshi shartlari tender ishtirokchilarining
takliflarini baholash bo‘yicha e‘lon qilingan mezonlar asosida xarid komissiyasi
tomonidan aniqlanadi.
Davlat xaridini tender o‘tkazish orqali amalga oshirish uchun kamida etti
nafar a‘zodan iborat tarkibda xarid komissiyasi tuziladi, komissiya tarkibiga
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining va
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zinjiniring»
respublika loyihalashtirish institutining vakillari kiritilishi shart.
Tender o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e‘lon tender ishtirokchilaridan takliflarni
qabul qilish muddati tugaydigan sanadan kamida o‘ttiz kun oldin va ko‘pi bilan
qirq besh kun oldin maxsus axborot portaliga davlat buyurtmachisi tomonidan
joylashtiriladi.
Tender o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e‘londa quyidagi axborot bo‘lishi kerak:
tovarning (ishning, xizmatning) batafsil tavsifi va narxi;
tender o‘tkaziladigan joy manzili;
tender ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar;
davlat buyurtmachisining ishtirokchilar bilan aloqada bo‘lish uchun
bog‘lovchi shaxslar sifatida belgilangan bir yoki bir nechta mansabdor shaxsining
yoki boshqa xodimlarining nomi, lavozimi va manzili;
tender hujjatlari qoidalarini tushuntirish uchun so‘rov berish shakli;
takliflar berish muddati tugaydigan sana va vaqt;
tender takliflarini rasmiylashtirishga doir talablar.
Tender o‘tkazish to‘g‘risidagi e‘londa qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan
boshqa axborot ham bo‘lishi mumkin.
Tender hujjatlari maxsus axborot portaliga tender o‘tkazilishi to‘g‘risidagi
e‘lon bilan bir vaqtda davlat buyurtmachisi tomonidan joylashtiriladi.
75
Tender hujjatlarida quyidagilar bo‘lishi kerak:
tender o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e‘londa ko‘rsatilgan axborot;
shartnoma bahosini va ijrochilar bilan hisob-kitoblarni shakllantirish uchun
foydalaniladigan valyuta hamda to‘lov tartibi haqidagi axborot;
tenderda ishtirok etish uchun taklif qaysi tilda taqdim etilishi kerakligi
bo‘yicha talab;
tender ishtirokchisi taklifining texnik va narxga oid qismi, ularni baholash
tartibi to‘g‘risidagi axborot;
tender ishtirokchilariga tender hujjatlari qoidalariga doir tushuntirishlarni
taqdim etish tartibi, taqdim etish muddati boshlanadigan va tugaydigan sana;
texnik topshiriq;
tender ishtirokchilarining takliflarini baholash mezonlari va ko‘rib chiqish
tartibi.
Tender hujjatlarida davlat buyurtmachisi har bir tovar (ish, xizmat) xarid
qilish tartib-taomilining alohida birligi sifatida ko‘rib chiqilishini e‘lon qilishi
mumkin. Bunday holda davlat buyurtmachisi turli tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni)
etkazib berish uchun tenderning bir nechta ishtirokchisi bilan shartnomalar tuzishi
mumkin, bunda har bir tovar (ish, xizmat) uchun faqat bitta g‘olib aniqlanishi
mumkin. Har bir tovar (ish, xizmat) uchun g‘olib xarid qilish tartib-taomili
shartlariga ko‘ra alohida-alohida aniqlanadi.
Tender hujjatlariga uning ajralmas qismi bo‘lgan shartnoma loyihasi ilova
qilinadi.
Davlat buyurtmachisi tenderda ishtirok etish uchun takliflar berish muddati
tugaydigan sanadan kamida uch kun oldin tender hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish
to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli. Tovarni (ishni, xizmatni) o‘zgartirishga yo‘l
qo‘yilmaydi. Bunda ushbu tenderda takliflar berish tugaydigan muddat tender
hujjatlariga o‘zgartishlar kiritilgan sanadan e‘tiboran kamida o‘n kunga
uzaytirilishi kerak. Shu bilan bir vaqtda, agar e‘londa ko‘rsatilgan axborot
o‘zgartirilgan bo‘lsa, tender o‘tkazish to‘g‘risidagi e‘longa o‘zgartishlar kiritiladi.
76
Tender ishtirokchisi tender o‘tkazish uchun e‘londa belgilangan shaklda
davlat buyurtmachisiga tender hujjatlari qoidalariga doir tushuntirishlar berish
to‘g‘risida so‘rov yuborishga haqli. Mazkur so‘rov kelib tushgan sanadan e‘tiboran
ikki ish kuni ichida davlat buyurtmachisi, agar mazkur so‘rov davlat
buyurtmachisiga takliflar berish muddati tugaydigan sanadan kamida ikki kun
oldin kelib tushgan bo‘lsa, tender hujjatlari qoidalariga doir tushuntirishlarni
belgilangan shaklda yuborishi shart. Tender hujjatlarining qoidalariga doir
tushuntirishlar ularning mazmun-mohiyatini o‘zgartirmasligi kerak.
Tender hujjatlarida davlat buyurtmachisi tender ishtirokchilarining takliflarida
xarid qilish tartib-taomillarining barcha ob‘ektlari bo‘yicha taklif bo‘lishi
kerakligini nazarda tutishi mumkin. Bunday holda faqat bitta ijrochi tender g‘olibi
bo‘lishi mumkin, agar taklifda tenderning barcha tovarlari (ishlari, xizmatlari)
bo‘yicha axborot bo‘lmasa, taklif tegishli emas deb topiladi.
Tender hujjatlarining ekspertizasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Loyihalar va import
kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi tomonidan amalga oshiriladi.
Maxsus axborot portalida e‘lon qilingan tender ishtirokchilarining takliflari
e‘londa belgilangan tartibda, tender o‘tkazish to‘g‘risidagi e‘londa ko‘rsatilgan
manzil bo‘yicha muhrlangan konvertlarda taqdim etiladi.
Taklifda davlat xaridi ob‘ekti bo‘lgan tovarning eskizi, rasmi, chizmasi,
fotosurati va boshqa tasviri, nusxasi, namunasi bo‘lishi mumkin.
Tender ishtirokchisi taqdim etilayotgan axborot va hujjatlarning haqiqiyligi va
to‘g‘riligi uchun javobgar bo‘ladi.
Tender ishtirokchisi faqat bitta taklif berishga haqli.
Tenderga takliflarni qabul qilish maxsus axborot portalida chop etilgan
e‘londa ko‘rsatilgan muddat kelishi bilan tugatiladi.
Agar takliflar berish muddati tugagan vaqtda xarid komissiyasi tender
ishtirokchilaridan tender hujjatlarida ko‘rsatilgan talablarga mos keladigan kamida
ikkita taklif olgan bo‘lsa, tender o‘tkazilgan deb topiladi.
77
Tenderda bitta ishtirokchi ishtirok etgan yoki bironta ishtirokchi ishtirok
etmagan taqdirda tender o‘tkazilmagan deb topiladi. Bunday holatda davlat
buyurtmachisi xarid qilish tartib-taomilini ayni o‘sha shartlarda hamda tovarga
(ishga, xizmatga) doir ayni o‘sha mezonlarga va talablarga muvofiq takroran
amalga oshirishi shart. Tovarga (ishga, xizmatga) nisbatan baholash shartlari,
mezonlari va talablarni o‘zgartirish zarurati paydo bo‘lganda xarid komissiyasi
asoslarni keltirgan holda tegishli qarorni qabul qiladi.
Tender ishtirokchisi bunday takliflarni berish muddati tugaguniga qadar
berilgan taklifni qaytarib olishga yoki unga o‘zgartishlar kiritishga haqli.
Tender ishtirokchilarining takliflarini ko‘rib chiqish va baholash muddati
takliflar berish tugagan paytdan e‘tiboran oltmish kundan ko‘p bo‘lishi mumkin
emas.
Agar taklif tender hujjatlarining talablariga muvofiq kelsa, u tegishli tarzda
rasmiylashtirilgan deb topiladi.
Agar taklifni kiritgan tender ishtirokchisi tender ishtirokchisining taklifi
tanlov hujjatlari talablariga mos kelmasa, xarid komissiyasi taklifni rad etadi.
Tender ishtirokchisi tomonidan taqdim etilgan hujjatlardagi axborotning
ishonchsiz ekanligi aniqlangan taqdirda, xarid komissiyasi bunday ishtirokchini
xarid qilish tartib-taomilining istalgan bosqichida tenderda ishtirok etishdan
chetlatishga haqli.
Tender hujjatlarida ko‘rsatilgan mezonlar asosida tender g‘olibini aniqlash
uchun xarid komissiyasi rad etilmagan takliflarni baholashni amalga oshiradi.
E‘londa tenderni o‘tkazish vaqti sifatida ko‘rsatilgan vaqtda xarid komissiyasi
tender ishtirokchilari tomonidan berilgan takliflar solingan konvertlarni takliflarni
baholash uchun navbatma-navbat ochadi.
Birinchi bosqichda tender ishtirokchisi taklifining texnik qismi baholanadi.
Xarid komissiyasining tender taklifining texnik qismini baholash bo‘yicha qarori
bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, bayonnomada tenderning birinchi bosqichi
g‘oliblari aniqlanadi. Tender ishtirokchisining vakolatli vakili takliflar solingan
konvertlarni ochish tartib-taomilida hozir bo‘lishga haqli.
78
Tenderning birinchi bosqichi g‘oliblari tenderning ikkinchi bosqichiga
qo‘yiladi.
Tenderning ikkinchi bosqichida taklifning narxga oid qismi ochiladi va
baholanadi. Xarid komissiyasining tender taklifining narxga oid qismini baholash
bo‘yicha qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, bayonnomada tenderning
ikkinchi bosqichi g‘olibi aniqlanadi. Tender ishtirokchisining vakolatli vakili
takliflar solingan konvertlarni ochish tartib-taomilida ishtirok etishga haqli.
Agar takliflarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha xarid komissiyasi barcha
takliflarni rad etgan bo‘lsa yoki faqat bitta taklif tender hujjatlari talablariga
muvofiq kelsa, tender o‘tkazilmagan deb topiladi.
Tender hujjatlarida va taklifda ko‘rsatilgan mezonlar asosida shartnomani
bajarishning eng yaxshi shartlarini taklif qilgan tender ishtirokchisi g‘olib deb
topiladi.
Agar tender hujjatlarida tenderning har bir tovari (ishi, xizmati) xarid qilish
tartib-taomilining alohida birligi sifatida ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan bo‘lsa,
xarid komissiyasi g‘olibni tenderning har bir predmeti bo‘yicha aniqlaydi.
Takliflarni ko‘rib chiqish va baholash natijalari takliflarni ko‘rib chiqish
hamda baholash bayonnomasida qayd etiladi.
Dostları ilə paylaş: |