O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti zoyirov Laziz Subxonovich Raimjanova Madina Asrarovna Saidov Rasulbek Boltabayevich Shoislomova Nargiza Qobilovna investitsiya loyihalari ekspertiza


Loyiha xarajatlaridagi o’zgarishlar. Loyihalarni amalga oshirish



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/100
tarix20.11.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#166138
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   100
Инвестиция лойиҳалари экспертизаси DARSLIK

4.3. Loyiha xarajatlaridagi o’zgarishlar. Loyihalarni amalga oshirish 
bo’yicha ishlar grafigi
 
Xarajatlarga va loyihani amalga oshirish grafigiga real baho berish uchun 
muhandislik va loyiha-konstruktorlik ishlanmalarining aniq bo‘lishi talab etiladi. 
Noto‘g‘ri berilgan baho iqtisodiy va moliyaviy tahlilda ham noto‘g‘ri echimlarga 
olib kelishi mumkin.


70 
Xarajatlar smetasi loyiha turi va mavjud uslublarning imkoniyatidan kelib 
chiqib mumkin qadar maksimal aniqlikda baholangan bo‘lishi kerak. Shuningdek, 
bunday smeta loyihani moliyalashtirish boshlanishidan ancha oldin tayyor bo‘lishi 
kerak. Loyiha turlariga qarab muhandislik va loyihakonstruktorlik ishlari hajmi 
turlicha bo‘ladi, misol uchun, tekis joyda yo‘l qurish loyihasi hamda tog‘li joyda 
yo‘l qurish loyihasida. Agar loyihada standart uskunalarni bir necha bor xarid 
qilish yoki an‘anaviy ishlarni bajarish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, muhandislik va 
loyiha-konstruktorlik ishlariga ketadigan xarajatlar minimal bo‘ladi.
Loyihaning har bir komponenti uchun alohida xarajatlar smetasi tuziladi. 
Uskunalar sotib olish xarajatlari smetasi uskunalar turi, soni va har birining 
bahosidan kelib chiqib tuziladi. Mamlakatda bajarilgan o‘xshash loyihalar tajribasi 
uskunalar bahosini aniqlashda mo‘ljal hisoblanadi. Agar bu to‘g‘rida axborot etarli 
bo‘lmasa yoki o‘xshash loyihalar yaqin vaqt ichida amalga oshirilmagan bo‘lsa, 
xarajatlar smetasini tuzishda ixtisoslashgan korxonalar, shaxslar yoki pudratchilar 
xizmatidan foydalaniladi.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi loyihalar uchun xarajatlar smetalari ham 
milliy, ham xorijiy valyutada tuziladi. Qurilish davrida hisoblangan foizlar va 
qo‘shimcha aylanma kapitalga ehtiyoj ham xarajatlar smetasida hisobga olinishi 
kerak. Xarajatlar smetasi moliyaviy ko‘rinishda pul xarajatlarini hisobga olgan 
holda tuziladi. Mahalliy soliqlar va importga boj to‘lovlari smetaga kiritilishi, lekin 
alohida ko‘rsatilishi lozim. Chunki bular loyihani amalga oshiruvchi korxona 
xarajatlariga kirsada, mamlakat xarajatlariga kirmaydi. Xarajatlar smetasi, odatda, 
ikki qismdan tashkil topadi:
1.
Asosiy smeta.
2.
Ko‘zda tutilmagan xarajatlar qo‘shimcha smetasi.
Asosiy smeta dastlab loyihaning maqsadga muvofiqligini asoslash uchun 
tuziladi va tuzatib boriladi. U tuzilish paytida loyihaning eng aniq qiymatini aks 
ettiradi. Lekin u asosiy smeta tuzilgandan loyiha tugallangunga qadar ro‘y 
beradigan miqdor va baho o‘zgarishlarini, misol uchun, etkazib berish, qurilish 
ishlarini tugallash muddatlaridagi o‘zgarishlarni hisobga olmaydi. Bu o‘zgarishlar 


71 
ko‘zda tutilmagan xarajatlar qo‘shimcha smetasida hisobga olinadi. Har ikki 
smetani o‘z ichiga olgan xarajatlarning to‘liq smetasi loyihaning yakuniy qiymatini 
aniq baholaydi. Qo‘shimcha smeta loyiha harakteriga bog‘liq va loyihaning har bir 
asosiy komponenti uchun alohida tuziladi. 
Fizik ko‘rsatkichlarning ko‘zda tutilmagan o‘zgarishi. Sotib olinadigan 
uskunalar soni va turida, bajariladigan ishlar hajmi yoki loyihani amalga oshirish 
usullarida bo‘ladigan o‘zgarishlar tufayli loyiha xarajatlarining o‘zgarishi fizik 
ko‘rsatkichlarning ko‘zda tutilmagan o‘zgarishida aks etadi. Bunday o‘zgarishlar 
miqdori va harakterini doim ham oldindan ko‘rib bo‘lmaydi. Tabiiy hodisalar, sel, 
bo‘ron, qurg‘oqchilik, er qimirlashlari ko‘zda tutilmagan shunday hodisalarga 
misol bo‘la oladi va ularda hech qaysi loyiha to‘liq himoyalanmagan.
Bu o‘zgarishlarni aks ettiruvchi zahiralar turli loyihalarda turlicha bo‘ladi. 
Bunday ko‘zda tutilmagan xarajatlar zahiralarining Jahon banki tomonidan qabul 
qilingan darajalari quyidagicha:
− loyihalarda doimiy foydalaniladigan uskuna turlari uchun yoki asfalt 
yotqizish kabi engil aniqlanmaydigan ish turlari uchun 5%;
− takrorlanib turuvchi va oldindan ko‘rsa bo‘ladigan noaniqlik omillariga ega 
bo‘lgan umumiy fuqaro qurilishi uchun 10%, misol uchun, binolar, elektr uzatish 
liniyalari, truboprovodlar, tekis erda yo‘l yotqizish ishlari uchun;
− qayta ishlash korxonalari, noqulay bino va muhandislik inshootlari, kichik 
sug‘orish va drenaj hamda tug‘onlar qurilishi uchun 15%. 
Agar fizik ko‘rsatkichlarni ko‘zda tutilmagan o‘zgarishi zahiralari summasi 
15-20% dan oshib ketsa, loyiha rejasini takomillashtirish hamda noaniqliklarni 
kamaytirish uchun vaziyatni joyning o‘zida qo‘shimcha o‘rganish zarur.
Ko‘zda tutilmagan baho o‘zgarishlari. Bahoning ko‘zda tutilmagan o‘zgarishi 
bilan bog‘liq tuzatishlar asosiy smeta tuzilganidan so‘ng loyihaning alohida 
komponentlari uchun baholar o‘zgarishi tufayli loyiha qiymatining mumkin 
bo‘lgan o‘zgarishini aks ettiradi. Bunday ko‘zda tutilmagan xarajatlar valyuta kursi 
o‘zgarishini hisobga olish uchun milliy va xorijiy valyutalarda alohida-alohida 
hisoblanadi. Ko‘zda tutilmagan baho o‘zgarishlari loyihaning moliyalashtirishga 


72 
bo‘lgan ehtiyojini tahlil etishda foydalaniladia, loyiha maqsadga muvofiqligini 
aniqlash uchun o‘tkaziladigan iqtisodiy va moliyaviy tahlilda qo‘llanilmaydi, 
chunki bunday tahlillar barqaror baholarga asoslanadi. Ko‘zda tutilmagan baho 
o‘zgarishlarining vaziyatga mos keluvchi darajasini aniqlash uchun ikki omilni 
ko‘rib chiqish zarur:
1.
Loyihani amalga oshirish muddatlarida mamlakat ichida va jahonda 
kutilayotgan inflyatsiya darajalari.
2.
Umumiy inflyatsiya tendentsiyalaridan alohida turdagi ishlar va 
xizmatlarga bo‘lgan ichki va tashqi baholar farqining kutilayotgan darajasi.
Agar loyiha bo‘yicha tuzilgan shartnomalarda bajarilgan ishlar yoki uskunalar 
bahosini indeksatsiya qilishning ma‘lum usullari kelishib olingan bo‘lsa, bunday 
holat zahira miqdorini aniqlashda hisobga olinishi kerak.
Ko‘zda tutilmagan baho o‘zgarishlari zahirasi har bir yil uchun hisoblanib, 
loyihani amal qilish muddati bo‘yicha qo‘shib chiqiladi. Loyihaning texnik 
jihatlarini ishlab chiqish hech bo‘lmaganda loyihani amalga oshirishning kim, 
nimani va qachon bajarilishi ko‘rsatib o‘tilgan dastlabki rejasini tuzishni o‘z ichiga 
olishi kerak. Bunday faoliyat ba‘zida tarmoqli tahlil yoki kritik yo‘l uslubida tahlil 
deb yuritiladi. Oxirgi atama dasturlarni baholash va izohlash uslubi kabi murakkab 
tizimlarni o‘z ichiga oladi.
Bu tizimlar bir tadbir boshlanishidan oldin tugallanishi kerak bo‘lgan yoki 
belgilangan muddatda tugallanmay qolishi butun loyiha bo‘yicha ishlarning 
kechikishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan tadbirlarni aniqlashga mo‘ljallangan. Bu 
tizimlar yirik fuqaro inshootlarini o‘z ichiga olgan loyihalarni rejalashtirishning 
samarali vositasi bo‘lsada, boshqa loyihalar uchun tadbirlar ketma-ketligini 
belgilovchi va izohlar bilan to‘ldirilgan oddiy kalendar rejalari ham etarli 
hisoblanadi. Har ikkala holda ham o‘z vaqtida bajarilishi loyihani amalga 
oshirishga ta‘sir ko‘rsatuvchi tadbirlarni aniqlash va ularni tugallashga etarli vaqtni 
ta‘minlash kerak. Bu tadbirlarni etarli darajada rejalashtirmaslik oqibatida loyihani 
rejalashtirish muddatlari cho‘zilib ketishi mumkin.


73 
Loyihani amalga oshirish bo‘yicha ishlar grafigi real, ya‘ni korxonalar va 
shaxslarning imkoniyatlari darajasiga asoslangan bo‘lishi shart. Haddan ortiq 
optimistik grafiklardan foydalanish salbiy natijalarga, operativ rejalashtirishning 
izdan chiqishi, ishlar rejadan orqada qolganda turli tashkilotlar o‘rtasida 
kelishmovchiliklarga olib keladi. Bundan tashqari ishlar grafigi noreal tuzilganda 
iqtisodiy va moliyaviy tahlilda noto‘g‘ri xulosalarga kelishga sabab bo‘ladi. 

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin