-
umumiy funktsional sxemalar, mashina va uskunalarning o‘zaro aloqasi,
fizik qurilishlar va binolar, ob‘ektlar hamda turli yordamchi tsexlar va xizmatlar;
-
texnologiyalarning asosiy xususiyati;
-
materiallar va kommunal xizmatlar harakatini aks ettiruvchi materiallar
harakati diagrammasi;
-
mavjud hududiy tarmoqlar bilan bog‘lanish joylarigacha bo‘lgan yo‘llar
(shosse), temir yo‘llar va boshqa transport ob‘ektlarini ko‘rsatuvchi transport
sxemasi;
-
korxonani kengaytirish va rivojlantirish uchun maydonlar;
-
bunday chizmalar geodeziya xaritalari, geologiya ma‘lumotlari,
gidrologiya xususiyatlari, korxona uchun tanlangan joyda grunt xususiyatlariga
asoslanishi kerak.
TIA bosqichida texnologiyalar bozori tavsifi va mavjud texnologik
muqobillarni hisobga olish joizdir. Mos texnologiyani tanlash bunday kuzatuvning,
shubhasiz, muhim elementlaridan biri hisoblanadi. Texnologiyani tanlash
korxonaning iqtisodiy ishlab chiqarish quvvati va minimal tejamli ishlab chiqarish
hajmi bilan bog‘liq bo‘lishi kerak hamda korporativ strategiya va mahalliy
sharoitlardan kelib chiqqan holda boshqa omillar bilan bog‘liq bo‘lishi kerak. TIA
ham muqobil texnologiyalarni, ham uni olishning muqobil manbalarini aniqlashi
kerak. Ularni baholash texnologiyani olish mumkin bo‘lgan manbani tanlash
maqsadi hisoblanishi kerak.
Tekshiruvda, jumladan, ma‘lum bir texnologiyani olishda muhim o‘rin
egallaydigan shartnoma muddatlari va shartlari ko‘rilishi lozim. Qayta ishlash
tarmoqlari, mashinasozlik mahsulotini va uzoq muddatli qo‘llaniladigan tovarlarni
ishlab chiqarish, mashina va uskunalar texnologiyalarini olish shartlari va
muddatlari bir-biridan ancha farq qilishlari mumkin.
61
Loyihani amalga oshirish bosqichida va uning hayotiy tsikli davomida
texnologik tendentsiyalarni baholash va bashoratni TIA ta‘minlashi kerak. Yuqori
innovatsiyali tarmoqlardagi investitsiya loyihalar uchun texnologik bashorat o‘ta
muhimdir. Yangi texnologiyalar sohasida ishlanmalar, jumladan, mikroelektronika,
biotexnologiya va yangi materiallar va energiyalarni olish texnologiyalari turli
tarmoqlardagi mahsulot va jarayonlarga sezilarli ta‘sirini o‘tkazadilar. Mos
malakali ko‘nikmalarni ishlatish va rivojlantirish hamda bu texnologiyalar qay
darajada egallanishi mumkinligi bilan bir qatorda bu texnologiyalarning
imkoniyatlari baholanishi lozim. Yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishning aniq
bosqichlarida mikrojarayonlarni qo‘llash yanada an‘anaviy tahlil etilishi kerak. Shu
bilan bir qatorda ishlatilishi kerak bo‘lgan texnologiya tekshirilgan va ishlatib
ko‘rilgan hamda mahalliy sharoitlarga to‘g‘ri keladigan bo‘lishi kerak.
Xorijiy texnologiyani sotib olishga, texnologiyani egallash va ishlab
chiqishga tegishli jamiyat siyosati aniqlangan bo‘lishi kerak. Ijtimoiy-iqtisodiy
infratuzilma, jumladan, ishchi kuchi tizimi tanlangan texnologiyaning amalga
oshirilishiga sezilarli ta‘sir qilishi mumkin.
Atrof-muhitga ta‘sirini baholash – bu, birinchi navbatda, shu muhitdagi
omillarni e‘tiborga olishni rejalashtiriladigan va qarorlar qabul qilinadigan
jarayondir. Oxirgi ikki o‘n yillik davomida turli sanoati rivojlangan mamlakatlarda
o‘z qonunchiligidan kelib chiqqan holda atrof-muhitga ta‘sirni baholashning turli
uslublari ishlab chiqilgan edi. Bu uslublar uchun umumiy bo‘lib, korxona
egasining atrof-muhitga ta‘siri bo‘yicha arizasi bilan chiqqanda loyiha amalga
oshiriladigan mamlakatda amaldagi qoidalarga mos ravishda baholanishi
hisoblanadi. Turli mamlakatlarning uslublari bir-biridan sezilarli farq qilganliklari
sababli, shu mamlakatning mos adabiyotiga murojaat qilish zarur.
Evropa iqtisodiy komissiyasi, Evropa hamkorligi va shu kabi tashkilotlar
tomonidan rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda qo‘llash uchun
korxonaning atrof-muhitga ta‘sirini baholash standartlari ishlab chiqilgan edi.
Bunday standartlar rivojlanayotgan mamlakatlarda ularning qonunchiligiga
muvofiq ravishda yangi sanoat tarmoqlarini rejalashtirishlari mumkin.
62
Texnologiyalarni tanlash bilan birga ularni olishning muqobil manbalarini
aniqlash joizdir. Patentlanmagan texnologik «nou-xau»ning manbalari ishlab
chiqarish xususiyati va murakkabligiga bog‘liq holda turli xil bo‘lishi va mahalliy
va chet el individual mutaxassislaridan tortib to butun korxonalar miqyosida
farqlanishi mumkin.
Agar texnologiya qandaydir boshqa korxonadan olinishi kerak bo‘lsa, uni
sotib olish usullarini aniqlash kerak. Ular texnologiyani litsenziyalash, shu zahoti
naqd pul to‘lash orqali sotib olish yoki texnologiyani etkazib beruvchi mulkka
egalik qiluvchi qo‘shma korxona tashqil qilish shaklini qo‘llashlari mumkin:
Litsenziyalash texnologiya sohasida ommaviy va samarali savdo mexanizmi
bo‘lib qoladi. Litsenziya patentlangan texnologiyani ishlatishga huquq beradi va u
bilan bog‘liq «nou-xau»ni o‘zaro kelishilgan shartlarda topshirishni ko‘zda tutadi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda sanoat loyihalari uchun ko‘pgina litsenziyalar
xorijiy korxonalardan sotib olinishi kerak.
Texnologiyalarni litsenziyalash muhim bo‘lib hisoblangan paytlarda iloji
boricha turli texnologiyalar paketiga ega bo‘lish va shartnomaning nozik
tomonlarini aniqlash kerak. Xatto, bu ikki jihatlar TIAni tayyorlashdan keyingi
loyihani amalga oshirish bosqichiga taalluqli bo‘lsa ham, ularni o‘rganib chiqish
texnologiyani litsenziyalash shartnomasi bo‘yicha keyingi muzokaralarda katta
yordam berishi mumkin.
Texnologiyani sotib olish. Ba‘zi tarmoqlar uchun texnologiyani shu zahoti
naqd pul to‘lash shartlarida sotib olish afzalroqdir va bu holda bular TIAda o‘z
aksini topishi lozim. Bunday shartlarda sotib olish texnologiya «bir martalik»
huquq yoki «nou-xau» bo‘yicha olinsa va keyinchalik texnologiyani
takomillashtirish ko‘zda tutilmasa maqsadga muvofiqdir.
Texnologiyaga taalluqli bo‘lgan muzokaralarda muhim masala bo‘lib
eksportni rivojlantirish va litsenziat tomonidan uni ta‘minlash imkoniyatidir.
Bunday imkoniyat turli omillarga bog‘liqdir, jumladan, ishlab chiqarish quvvati,
ishlab chiqarishga mahalliy xarajatlar va yirik eksport bozoriga jo‘g‘rofiy
yaqinligi. Ammo eksportni va tadbirlarni rivojlantirish uchun TIAda tahlil qilinishi
63
kerak.
Litsenziarning qo‘shma korxonada ishtirok etishi. Texnologiya etkazib
beruvchisining o‘z aktsiyadorlik kapitali bilan qatnashishi loyiha homiylari uchun
siyosat masalasi hisoblanadi va TIA doiralarining tashqarisida bo‘ladi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda texnologiyani, asosan, tashqi manbalardan
olganlari sababli texnologiya etkazib beruvchining qatnashish shakli muhim
masala hisoblanadi. Uskunani import qilish bilan bir qatorda texnologiya bevosita
yo‘l bilan yoki chet el filiallari orqali yoki qo‘shma korxonalar orqali qo‘lga
kiritishi mumkin, bu erda texnologiya etkazib beruvchisi loyiha mulkdori ichida
ishtirok etadi. Bunday qatnashish, ko‘pincha, sezilarli darajada texnologiya etkazib
beruvchisi tomonidan taqdim qilinayotgan texnologiya, uskuna va texnik
xizmatlarning kapitallashgan qiymati bilan cheklanadi.
Oxirgi o‘n yillikda bevosita litsenziyalash texnologiya sotib olish va o‘tkazish
uchun muhim kanal bo‘lib qoldi va uning litsenzion bitimlar sanoati rivojlangan
mamlakatlar korxonalari orasida sezilarli o‘sishi kuzatilmoqda. Texnologiya
litsenziari tomonidan aktsiyador kapitalida qatnashish darajasi, odatda, qiziquvchi
tomonlar o‘rtasida muzokaralar markazi bo‘lib hisoblanishi mumkin.
Ishlatilishi kerak bo‘lgan texnologiya tavsifi va murakkabligi nuqtai nazaridan
tanlangan litsenziarning aktsiyador kapitalida qatnashishi maqsadga muvofiqligini
TIA ko‘rsatishi kerak. TIA texnologiyaning mahalliy sharoitlarda joriy qilinishi
o‘z samarasini ko‘rsata olishini aks ettirishi lozim. Texnologik bitimning amal
qilish davri mobaynida texnologiyani o‘zlashtirish korxona turli ish bosqichlarida
professional ko‘nikmalar va qobiliyatlarni rejali rivojlantirishni talab qiladi.
Kadrlarni rejalashtirish va turli kategoriyalardagi xodimlar uchun ta‘limning
keng dasturi bilan mos kelishi kerak bo‘lgan siyosati muhim ahamiyat kasb etadi.
Litsenziarning ta‘lim bo‘yicha faoliyati litsenziat tomonidan tashkil qilingan ta‘lim
jarayoniga to‘ldirilish sifatidagina aks etirilishi mumkin. Shu bilan bir qatorda
ta‘lim jarayoni turli bosqichlarda va turli mahalliy ishlab chiqarish integratsiyasi
bosqichlarida litsenziat korxonasidagi xodimlarning professional ko‘nikma va
qobiliyatlarini rivojlantirish bilan chambarchas bog‘liq bo‘lishi lozim. Bu ham
64
loyihalashtira olishni va tekshiruvlar va ishlanmalar imkoniyatlarini talab etadi.
Bunga taalluqli tadbir va talablar TIAda aks etgan bo‘lishi kerak.
Loyihaning hamma ishtirokchilari loyihaning nobud bo‘lmasligini
xohlaydilar. Shu bilan bir qatorda ularning hech biri loyihaning muvaffaqiyatli
amalga oshishiga to‘liq ishonchi bo‘lishi mumkin emas, chunki istalgan haqiqiy
ishda risk umumqabul qilingandir.
Risk - istalgan korxona faoliyatining sharoit tavsifidir. Jumladan, u ko‘ngilsiz
voqealarning mumkinligi va noaniqlikni aks ettiruvchi investitsiya loyihasiga ham
xosdir.
Risklarning turlari va ularning xavfini bila turib, ularning loyiha
samaradorligiga salbiy ta‘sirini pasaytirgan holda ularga ta‘sir o‘tkazish mumkin.
Investitsiya
loyihalarini
moliyalashtirishda
kapitalning
qaytishi
ta‘minlanganligi risklarining quyidagi asosiy turlarini inobatga olish muhimdir:
Dostları ilə paylaş: |