59
Korxona ishlab chiqarish dasturini va quvvatini
aniqlashda muhim omil
bo‘lib, loyihada ishlatilishi lozim bo‘lgan texnologiya va «nou-xau» hisoblanadi.
Aniq jarayonlar ko‘p hollarda ishlab chiqarishning aniq darajalari bilan bog‘liq
bo‘ladi yoki faqat mana shunday darajalarda texnik va iqtisodiy amalga oshirish
mumkin bo‘ladi. Bu bir jihatdan kimyo sanoatiga taalluqli bo‘lishi mumkin. Bunda
ba‘zi jarayonlar ishlab chiqarishning aniq bosqichlarida sezilarli ravishda samarali
qo‘llanishi mumkin, ammo bu tamoyil boshqa tarmoqlarga ham taalluqli bo‘lishi
mumkin. Korxonaning ishlab chiqarish quvvatini aniqlashda tanlangan texnologiya
xususiyati va uni ishlatish muhim omillardan hisoblanadi.
Mos keladigan texnologiya va «nou-xau»ni tanlash istalgan TIAning muhim
elementidir. Bunday tanlov texnologik muqobillarni sinchkov ko‘rib
chiqish va
baholashga, berilgan loyiha uchun eng to‘g‘ri keladigan variantni yoki investitsiya
strategiyasini tanlashga va ijtimoiy-iqtisodiy hamda ekologik sharoitlarga
asoslanishi lozim. Mos keladigan texnologiyani tanlash
uni ishlatishdagi aniq
vaziyatlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir.
Texnologiyani baholashning asosiy vazifalari - turli texnologiyalarning
jamiyatga va milliy iqtisodiyotga (xarajat va
foydalar tahlili, bandlik va daromadlar
ta‘siri, inson ehtiyojlarini qondirish va boshqalar), atrof-muhitga (ekologik ta‘sirni
baholash) ta‘sirini aniqlash va baholash, korxona nuqtai nazaridan texnik-iqtisodiy
amalga oshirishni aniqlash hisoblanadi.
Umumiy reja va korxona sxemasini tayyorlash
har qanday loyiha uchun
zarurdir. Buni rejalashtirishning ikkinchi bosqichida amalga oshirish muhimdir.
Birinchi va boshlang‘ich bosqich bo‘lib, nazarda tutilayotgan ishlab chiqarish
faoliyati turlari va texnologik muqobillar asosida korxonaning dastlabki rejasini va
uning umumiy sxemasini tayyorlash hisoblanadi.
Umumiy sxemalar va rejani
ishlab chiqishning ikkinchi bosqichi texnologiya,
ishlab chiqarish quvvati va
uskunaning maxsus jihatlariga taalluqli bo‘lgan detallarni ishlab chiqarish
tugagandan so‘ng amalga oshirilishi mumkin.
Dastlabki umumiy sxema korxonani loyihalashtirish, fizik qurilishiga taalluqli
kattaliklar
tartibini aniqlash, mashinalar va uskunalarga,
boshqa investitsion
60
elementlarga talablar uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin bo‘lgan hujjatlar
bo‘lishi lozim.
Funktsional sxemalar va chizmalar to‘plami quyidagi elementlarni o‘z ichiga
oladi:
Dostları ilə paylaş: