Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali akt-11-22 guruh 2-bosqich talabasi Meyliyev Adhamning Elektronika va sxemalar (1) fanidan yozgan Mustaqil ishi №4
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali AKT-11-22 guruh 2-bosqich talabasi Meyliyev Adhamning Elektronika va sxemalar (1) fanidan yozgan Mustaqil ishi №5
Topshirdi: Meyliyev A. Tekshirdi: Jamolova G.
Operatsion kuchaytirgichlar va ular asosidagi analog signallar o‘zgartirgichlari.
Operatsion kuchaytirgich (OK) deb, analog signallar ustidan turli amallarni bajarishga mo‘ljallangan, differensial kuchaytirish prinsipiga asoslangan, kuchlanish bo‘yicha katta kuchaytirish koeffitsientiga ega bo‘lgan integral o‘zgarmas tok kuchaytirgichiga aytiladi.
Bunday amallarga qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish, bo‘lish, integrallash, differensiallash, masshtablash kabi matematik amallar kiradi.
OKga quyiladigan talablar.
OK sxemalari ish prinsipini tushunish va tahlilini aniqlashtirish maqsadida ideal OK tushunchasi kiritiladi. Ular quyidagi xossalarga ega:
- cheksiz katta kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsienti KU0=∞ (real OKlarda 1 mingdan 100 mln. gacha);
- siljitish kuchlanishi USIL=0, ya’ni ikkala kirishlarda kuchlanishlar teng bo‘lsa, chiqishdagi kuchlanish ham nolga teng bo‘ladi (real OKlarda USIL = 5 mkV÷50 mV);
- chiqish toklari nolga teng (real OKlarda nA ulushlaridan birlik mkA gacha);
- chiqish qarshiligi nolga teng (real kam quvvatli OKlarda o‘nlab Omdan birlik kOmlargacha); (va h.z)
Umuman olganda elektr kuchaytirgichlar ko`pkaskadli qurilmalar hisoblanadi. Kaskadlarumumiy emitterli, umumiy kollektorli va umumiy bazali sxemalar asosida quriladi.
Umumiy emitterli kaskadlar kuchaytirgcih kaskadlari, umumiy kollektorli kaskadlar kuchlanish takrorlovchilari va umumiy bazali kaskadlar tok takrorlovchilari (povtoriteli) hisoblanadilar.
Ko`p kaskadli kuchaytirgichlar ketma-ket ulangan bir hil kuchaytirgichlar yig`indisidir.
Har qanday kaskad sxemasi manbaa, tranzistor va uni o`zgarmas tok bo`yicha rejimini ta`minlovchi siljish zanjirlaridan iborat.
Operatsion kuchaytirgich
Operatsion kuchaytirgich
Operatsion kuchaytirgich barcha kuchaytirgichlar kabi kirish signali quvvatini kuchaytirish uchunishlatiladi. “Operatsion” so`zi kuchaytirgichni turli matematik operatsiyalar bajarish uchun ishlatilishi (qo`shish, ayrsih, ko`paytiriash, logorifmlash va hokazolar) bildiradi.
Integral mikrosxema ko`rinishidagi tuzilgan kuchaytirgich operatsion kuchaytirgich deb ataladi.
Integral operatsion kuchaytirgichlar.
Qisqacha nazariy ma’lumotlar
—Elektronika va sxemalar
Universal hisoblanib, ular matematik operatsiyalarni bajarish bilan birga signallarni generatsiya qiladi, kuchaytiradi va o`zgartiradi.
Chiziqli kuchaytirgichlar tuzish uchun manfiy teskari bog`lanishdan foydalaniladi.
Integral operatsion kuchaytirgichlar.
Operatsion kuchaytirgichlarda kirish sifatida differensial kuchaytirish kaskadi qo`llanilib, u kuchaytirgich chiqish potensialini bir maromda bo`lishini ta`minlaydi, qolaversa ikkita kirish borligi evaziga uni imkoniyatlarini oshiradi.
Kirish signali chiqish signali bilan bir fazada yotadimi yo`qmi, unga qarab kirishlar invertirlovchi va noinvertirlovchi (kirish 2.) bo`ladi (18.4-rasm).
Operasion kuchaytirgichlarni asosiy parametrlaridan biri uni kuchlanishini kuchaytirish differensial koeffisienti hisoblanadi. Operasion kuchaytirgichlarni kuchaytirish differensial koeffisienti juda yuqori (bir necha million) va chiqish qarshiligi juda oz