O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti zoyirov Laziz Subxonovich Raimjanova Madina Asrarovna Saidov Rasulbek Boltabayevich Shoislomova Nargiza Qobilovna investitsiya loyihalari ekspertiza



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/100
tarix20.11.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#166138
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   100
Инвестиция лойиҳалари экспертизаси DARSLIK

tijorat jihatlari
loyiha uchun sarflanadigan resurs va xizmatlarga va 
ishlab chiqariladigan mahsulotlarni sotilishiga (marketingi) tegishli tadbirlarni o‘z 
ichiga oladi. Loyiha g‘oyasi tsiklni birinchi bosqichdan o‘tgandan so‘ng 
(vazifalarini aniqlash) g‘oyani ko‘rib chiqilishini davom ettirish zarur yoki zarur 
emasligi xaqida qaror qabul qilishi zarur. Loyihani tijorat bo‘yicha hayot kechira 
olish qobiliyatini ekspertiza va uning mahsulotini xarajatlarini to‘la qoplab kapital 
uchun adekvot daromadini keltiruvchi narxlarni sotilishini aniqlab berishi kerak. 
Masalan, qishloq ho‘jaligi va sanoatga oid loyihalarni ekspertiza loyiha bo‘yicha 
yaratlgan korxona o‘z mahsulotini sotib va kapitalni jalb qilishi uchun ob‘ektni 
uzoq davrlar davomida ishlatish uchun etarli daromad olishi ehtimolini aniqlab 
berishi kerak bo‘ladi. Agar narxlar xarajatlarni qoplab, etarli daromadlarni olib 
kelmasalar, unda ob‘ekt raqobat sharoitida yashashi qiyin bo‘ladi. Tijorat 
ekspertizasi loyiha bo‘yicha kapital va ishlatish kapitallarinni boshqa davlatlardagi 


47 
o‘xshash 
yoki 
raqobatlanuvchi 
loyha 
xarajatlari 
bilan 
loyhani 
raqobatbardoshliligiga ishonch hosil qilish maqsadida taqqoslab ko‘rish mumkin. 
Bunday o‘lchovlar davlat korxonalaridan ham qo‘llanilishi mumkin. Ekspertiza 
quyidagi tahlillarni o‘tkazishni talab qiladi:

resurslarga erishish imkoni, ularni sifati va istiqbol narxlarini baholash; 

mahsulotga bo‘lgan talab, marketing bo‘yicha tadbirlar va o‘rnatilishi 
mumkin bo‘lgan ehtimolli narxlar; 

xususiy tadbirkor, xususiy va davlat korxonasini tijorat bo‘yicha yashay 
olish qobiliyatini belgilovchi xarajat va daromadlari.
Loyihani ishlab chiqish tsikli birinchi bosqichda taklif qilingan g‘oyalarni, 
ularni izchil o‘rganishlar olib borishni o‘z ichiga oladi. Birinchi turdagi izlanishlar 
bajariladigan muxandislik loyihalashtirilishni, iqtisodiy va moliyaviy amalga 
oshirilishi, loyihani muvaffaqiyatli amalga oshishi uchun ma‘muriy boshqaruv 
tizimini ko‘rib chiqish va uni so‘nggi ishlatilishda atrof-muhitni himoya qilish 
nuqtai nazaridan muqobil variantlarni baholash va boshqalar. Loyihani amalga 
oshirishdagi turli yondashuvlar xaqida ko‘proq ma‘lumotga ega bo‘lganimiz sari 
nobob variantlarni chetlashtirib, tanlab olingan loyihalarni elementlarini jiddiylik 
bilan tekshiramiz. Ekspertiza loyihani hamma tomonlarini uni moliyaviy resurslar 
bilan ta‘minlanishiga talab qo‘yilishi oldindan qat‘iy baholashni amalga oshiradi. 
Loyihaning ishlanishi oxirgi bosqichida uni maqsadga muvofiqligini va amalga 
osha olishini aniq asoslanishini tayyorlaydi. Buning uchun loyihaning eng ko‘p 
daromad keltiradigan tarkibiy qismlari aniqlanadi. Ekspertiza bosqichida asosiy 
diqqat e‘tibor muqobil variantda jamlanadi va iqtisodiy samara va xarajatlarni 
noaniqlik omillarini va ular bilan tavakkalchilik hamda boshqaruvdagi yoki 
strategiyadagi, loyihani amalga oshirishda talab qilinadigan har qanday 
o‘zgarishlar batafsil o‘rganiladi.
O‘z-o‘zidan tushunarli bo‘lib turgan ushbu holdagi tahlil amalga oshishini 
aniqlash uchun yoki loyihani to‘laligicha asolash uchun uni barcha asosiy 
ko‘rsatkichlari bo‘yicha, ya‘ni texnik rejasi, atrof-muhitga ta‘siri, bozor samarasi, 
tashkiliy tarkiblar, ijtimoiy va madaniy jihatlari, moliya va iqtisodiy qiymati va 


48 
boshqalar kerak bo‘ladi. Bu ko‘rsatkichlarni har biri umumiy ko‘rsatkichga ega 
bo‘lishi uchun tahlil qilinadi va asta-sekinlik bilan yaqinlashish usuli ishlatiladi.
Hozirgi kunda tijorat banklari, investorlar va investitsiya loyihasida ishtirok 
etuvchi boshqa ishtirokchilar investitsiya loyihasini baholashda bir qancha 
muammolarga duch kelishadi. Albatta asosiy muammo bu investorlarning eng 
yuqori daromad keltiruvchi, riski yuqori bo‘lgan ishlab chiqarish tarmog‘iga 
yo‘naltiriladigan 
investitsiya 
loyihalaridan 
kutiladigan 
samaradorlikga 
ishonchining kamligi hisoblanadi. Investitsiya loyihasi samaradorligini baholashda 
ko‘proq quyidagi muammolarni kiritish mumkin: 

yangi texnika va texnologiyalarning ko‘rsatkichlari yoki texnik iqtisodiy 
ko‘rsatkichlar dinamikasi xaqidagi ma‘lumotlarning aniq yoki to‘liq emasligi; 

ishlab chiqarish-texnologik risklar (asbob-uskunalarning buzilishi, ishlab 
chiqarish nuqsonlari yaroqsizligi va boshqalar); 

bozor kon‘yunkturasi, narh, valyuta kursi va boshqalarning o‘zgarib 
turishi; 

loyiha ishtirokchilarining harakati, manfaati va maqsadining noaniqligi.
Hozir mamlakatimizda investitsion loyihalarni moliyalashtirish sohasida 
moliyaviy infratuzilmalar shakllantirilgan. Shuningdek, xorijiy investitsiyalarni 
Respublikamizga kirib kelishi davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanib bir qancha 
imtiyozlar berilgan. Respublika iqtisodiyotiga katta miqdorda xorijiy sarmoyalarini 
keltirilganligi ushbu sohada chuqur o‘ylangan maqsadli siyosat amalga 
oshirilganligining natijasi hisoblanadi.
Investitsiya loyihasini baholashda asosan quyidagi o‘ziga xos namunaviy 
xatoliklar kelib chikishi mumkin: 

loyihani amalga oshirishda bozor risklarini baholash bilan bog‘lik xatolar;

loyiha bo‘yicha hisob kitob uslublarini tanlashdagi xatoliklar; 

moliyaviy iqtisodiy hisob kitoblarni amalga oshirishda yul qo‘yiladigan 
xatoliklar. 
Loyihani qayta tashkil etish va qayta tarkibini o‘zgartirish jarayonida loyihani 
amalga oshirish natijasini baholash etarlicha murakkabdir. Bunda loyihani amalga 


49 
oshiruvchilar real iqtisodiy tushumni o‘rniga oldindan rejalashtirilgan korxonani 
tushumlarini ko‘rsatishadi. Bu esa loyihani samaradorligini baholashda noaniq 
natijalarga keltirib chiqaradi.
Yangi mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan loyihalarda duch 
kelinadigan xatoliklardan biri bu, loyiha buyicha olinadigan daromad sifatida 
faqatgina ushbu loyihadan keladigan tushumlarni hisobga olmasdan balki, 
korxonaning yalpi tushumini hisobga olishdadir. Shuningdek, investitsiya 
loyihasini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olishda esa faqatgina 
shu loyiha bilan bog‘liq mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlari hisobga olinadi. 
Bunaqa nomutanosiblik loyihani amalga oshirish natijasida olinadigan 
samaradorlik ko‘rsatkichlarini sun‘iy o‘sishiga olib keladi.
Loyiha buyicha moliyaviy iqtisodiy hisob kitoblarni o‘tkazishdagi xatoliklar 
ko‘pincha samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisobi bilan bog‘liq bo‘lmasdan balki, 
loyihani amalga oshirishdagi boshlang‘ich shartlarini aniqlash bilan bog‘liq 
bo‘ladi. Hisob-kitoblarni o‘tkazishda ko‘pincha uchraydigan xatolik bu – loyiha 
bo‘yicha investitsiya xarajatlari tarkibini noto‘gri aniqlash hisoblanadi. Loyihani 
tayyorlovchilar investitsiya xarajatlari bilan kapital qo‘yilmalarni tenglashtirishadi 
va uning tarkibiga aylanma kapitalga bo‘lgan talabning o‘sishini kirgizishmaydi, 
sotish tarmoqlarini tashkil qilish bilan bog‘liq xarajatlar, kadrlarni tanlash
tayyorlash xarajatlari va boshqa turdagi harajtlar, odatda, investitsiya xarajatlariga 
tegishli bo‘ladi. 
Loyihani majburiyatlarini boshqarish va moliyalash manbalarini baholash 
bilan bog‘liq xatoliklar. Bu guruhga quyidagilarni kiritish mumkin: 
– loyihani moliyalash manbasidan jalb qilinadigan mablag‘ miqdoridan 
investitsiya xarajatlari miqdorining oshishi, loyihani moliyalash manbalarini 
etishmasligi; 
– moliyalash manbasidan jalb qilish grafigi investitsiyalash grafigiga mos 
kelmasligi, rejalashtirilgan intervallarda moliyalash manbasining taqchil bo‘lishi; 
– to‘lov asosida jalb qilingan qarz mablag‘lariga foiz to‘lanmasligi; 
– jalb qilingan qarz mablag‘larini to‘liq qaytarmaslik yoki kredit


50 
shartnomasida rejalashtirilgan qaytarish muddadlarga mos kelmasligi.

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin