O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti zoyirov Laziz Subxonovich Raimjanova Madina Asrarovna Saidov Rasulbek Boltabayevich Shoislomova Nargiza Qobilovna investitsiya loyihalari ekspertiza



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/100
tarix20.11.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#166138
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   100
Инвестиция лойиҳалари экспертизаси DARSLIK

2.2.
 
Bankka taqdim etilgan hujjatlarning haqqoniyligini tekshirish
 
Tijorat banklari loyihaga mablag‘ ajratish maqsadida tayyorlangan biznes-reja 
yoki TIAni, undagi ma‘lumotlarning haqqoniyligini muntazam ravishda tekshirib 
boradi. Loyihani amalga oshirish strategiyasini dastlabki baholash ijobiy 
bo‘lganda, bank boshqaruvining qaroriga asosan, bank mutaxassisi (loyiha 
menedjeri) kerakli mutaxassislarni jalb qilgan holda loyihani ekspertiza qilishga 
kirishadi. 
Ekspertiza natijasida loyiha menedjeri loyiha bo‘yicha barcha hujjatlarni va 
loyiha joylashishi kerak bo‘lgan joyni borib o‘rgangan holda quyidagilarni 
o‘rganib chiqishi kerak: loyihaning moliyaviy jihatlari (loyiha qiymati, 
moliyalashtirish manbalari, rentabelligi, naqd pul oqimi, shu jumladan: erkin 
konvertirlanadigan valyutada, korxonaning moliyaviy holati va balans 
hisobotlarining kelgusidagi prognozi); loyihaning texnik jihatlari (qurilishga 
tayyorgarlik, uskunalarni olib kelish va loyiha-smeta hujjatlarida ko‘zda tutilgan 
tartibda qurilish-montaj ishlarini olib borish uchun shartnomalarning mavjudligi va 
boshqalar); loyihaning marketing jihatlari (tayyor mahsulotni sotish, yig‘uvchi 
materiallar 
va 
xom 
ashyoning 
mavjudligi, 
texnologik 
uskunalarning 
raqobatbardoshligi va marketingning boshqa jihatlari); loyihaning yuridik jihatlari 
(qarz oluvchining, loyihadagi boshqa qatnashchilarning yuridik maqomi (statusi), 


33 
barcha tuzilgan shartnoma, ta‘sis hujjatlarining qonunchilik va boshqa me‘yoriy 
hujjatlarga to‘g‘ri kelishi); loyihaning iqtisodiy jihatlari (loyihani amalga 
oshirishdan keladigan foyda va zararlar, loyihaning sof keltirilgan qiymati va 
boshqa jihatlari) ya‘ni, sof joriy qiymat, foydaning ichki me‘yori, loyihaga 
sarflangan investitsiyalarning rentabelligi, investitsiyalarning qoplash muddati 
ko‘rsatkichlari hisoblanadi; loyihaning instituttsional jihatlari (loyihani amalga 
oshiruvchilarning professional tayyorgarlik darajasi, xodimlarni o‘qitish va 
boshqalar). 
Loyiha menedjeri yuqorida ta‘kidlab o‘tilgan barcha jabhalarni ekspertiza 
qilgandan so‘ng quyidagi qarorga kelishi kerak bo‘ladi: loyihani ma‘qullash va 
kerakli summani kredit tariqasida berish to‘g‘risida ijobiy xulosa berish; 
loyihaning kerakli hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish va undan keyin 
loyihani qayta ekspertiza qilish uchun taqdim etish; loyihani texnik-iqtisodiy 
asoslashda ko‘rsatilgan tadbirlar bo‘yicha loyihani amalga oshirishning maqsadga 
muvofiq emasligi to‘g‘risida xulosa berish. 

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin