Nazorat savollari:
1.
Investitsiya loyihalarini ekspertizasining obekti va predmetini nima tashkil
qiladi?
2.
Investitsiya loyihalari ekspertiza qilishning asosiy vazifalari nimadan iborat?
3.
Investitsiya loyihalarini ekspertiza qilishning iqtisodiyotdagi o‘rni?
4.
Investitsiya loyihalarini ekspertizasi deganda nimani tushunasiz?
5.
Investitsiya loyihalarini ekspertiza qilishdan maqsad nima?
6.
Investitsiya loyihalarini ekspertiza qilishninig yuzaga kelish sabablari?
7.
Jahon amaliyotida investitsiya oldi fazasining qanday bosqichlari mavjud?
8.
Investitsiya loyihalarini ekspertiza qilishning zarurati va ahamiyati.
9.
Investitsiya loyihalarini ekspertiza qilishning me‘yoriy-huquqiy asoslari.
10.
Investitsiya loyihalarni ekspertiza qilishning qanday turlari mavjud?
22
II-BOB.
INVESTITSIYA
LOYIHALARINI
EKSPERTIZA
QILISHDAGI AXBOROTLAR MANBASI
2.1. Investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish uchun qarz oluvchilar
tomonidan bankka taqdim etiladigan hujjatlar
Biz 1-bobda qanday loyihalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi ―Loyihalarni va import kontraktlarini
kompleks ekspertiza qilish markazi‖ davlat unitar korxonasi tomonidan
ekspertizadan o‘tkazilishi to‘g‘risida to‘xtalgan edik. Ushbu bobda esa, investitsiya
loyihalari tijorat banklari tomonidan moliyalashtirilgan taqdirda qanday ekspertiza
qilinishi va qanday hujjatlar talab etilishi to‘g‘risida to‘xtalamiz.
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda har doim ham o‘z mablag‘lari
hisobiga amalga oshirib bo‘lmaydi, ya‘ni o‘z mablag‘lari yetishmagan taqdirda
qarz yoki jalb qilingan mablag‘lar evaziga amalga oshiriladi.
To‘liq shakllangan, yakuniga yetgan investitsiya loyihasini tuzish va amalga
oshirish umumiy holda quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga qamrab oladi: investitsiya
g‘oyasini shakllantirish; investitsiya imkoniyatlarini tadqiq etish; investitsiya
loyihasini texnik-iqtisodiy asoslash (TIA); shartnoma hujjatlarini tayyorlash;
loyiha (ishchi) hujjatlarini tayyorlash; qurilish-montaj ishlari; obyektni ishga
tushirish va investitsiya loyihasi (iqtisodiy ko‘rsatkichlar) monitoringini olib
borish.
Loyiha tahlili – xarajatlar va daromadlar hamda loyiha bilan bog‘liq bo‘lgan
tavakkalchilikni tizimli baholash va ochib berish asosida loyihalarni tayyorlash,
baholash va tanlab olish usulidir. Loyiha tahlilining katta qismi loyiha davrining
dastlabki bosqichida, ya‘ni uni qabul qilish yoki qilmaslik to‘g‘risida qaror qabul
qilingungacha amalga oshiriladi.
Loyihaning daromadliligini aniqlash loyiha tahlilining vazifasi hisoblanadi.
Daromadlilik esa loyihadan olinadigan daromad bilan unga qilingan xarajatlar
23
o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Ya‘ni loyihaning daromadliligini aniqlash
uchun uning barcha natijalarini aniqlash hamda loyihadan olingan daromadlar unga
qilingan xarajatlardan ortish yoki ortmasligini hisoblab ko‘rish kerak. Chunki
loyihani amalga oshirish uchun bugun qilinayotgan xarajatlar bilan undan
qandaydir vaqt o‘tgandan keyin olinadigan daromadlarni bevosita solishtirib
bo‘lmaydi.
Loyiha ekspertizasi o‘z faoliyati jarayonida o‘ta muhim va keng qamrovli
vazifalarni bajaradi. Bu vazifalar iqtisodiyotning darajasi va ko‘lami nuqtai
nazaridan ikki guruhga bo‘linadi:
1.Makroiqtisodiyot darajasidagi (global) vazifasi.
2.Mikroiqtisodiyot darajasidagi (lokal) vazifasi.
Loyiha
tahlilining
makroiqtisodiyot
darajasidagi
vazifasi
quyidagi
muammolarni hal etishni ko‘zda tutadi:
- Investitsiya loyihasining umumiy samaradorligini baholash va aniqlash;
- Investitsiya bozorini shakllantirish.
Loyiha
tahlilining
mikroiqtisodiyot
darajasidagi
vazifasi
quyidagi
muammolarni hal etishni ko‘zda tutadi:
- Investitsiya bozorida samarali investitsiyani tanlab olishni ta‘minlash;
- Texnika-texnologiya bozorida eng ilg‘orini baholash va ishlab chiqarishga
jalb etish;
- Moddiy-texnika ta‘minotini asoslash;
- Xom-ashyoni samarali va sifatlisini tanlab olishni asoslash;
- Mehnatni maqsadga muvofiq tarzda shakllantirishni ta‘minlash;
- Tayyor mahsulot (ish, xizmat) bozorini o‘rganish;
- Investitsiyani inflyatsiya sharoitida baholash usullarini ishlab chiqish.
Loyihalarni texnik-iqtisodiy va moliyaviy asoslashda, uning barcha jihatlari
(ya‘ni texnik, moliyaviy, tijorat jihatlari) bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni
muqobil suratda ko‘rib chiqiladi. Bu vazifani faqat iqtisodchilarning o‘zlarigina
uddalay olmaydilar, shu sababli loyihalarni tayyorlashning bu bosqichida turli
sohadagi mutaxassislar guruhi ishtirok etishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bular:
24
- shu tarmoqda ish tajribasiga ega bo‘lgan iqtisodchi (iloji bo‘lsa
mutaxassislar guruhiga iqtisodchi rahbarlik qilishi kerak);
- mahsulot realizatsiya qilinadigan bozorni tahlil qiladigan mutaxassis
(marketolog);
- mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasini yaxshi biladigan bir yoki bir
necha muhandis-texnolog;
- mahsulot xususiyatlarini, uni sotishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
muammolar, xizmat ko‘rsatishni yaxshi biladigan muxandis-konstruktor;
- shunga o‘xshash ishlab chiqarishlarni barpo etish bilan shug‘ullangan
quruvchi-muxandis;
- shu turdagi ishlab chiqarishlarda xarajatlar hisobini yuritish bo‘yicha
mutaxassis.
Investitsiya loyihasining dastlabki tahlili va samaradorligini baholash
natijalari texnik-iqtisodiy asoslashni (TIA)ni tayyorlashda qo‘llaniladi.
Texnik-iqtisodiy asoslash – bu loyihaning samaradorligi va maqsadga
muvoffiqligini ko‘rishga imkon beruvchi boshlang‘ich ma‘lumotlar, shuningdek
asosiy texnik va tashkiliy qarorlar, hisob-smeta, baholash va boshqa
ko‘rsatkichlarni o‘zida mujjasamlashtiruvchi hisob-analitik hujjatlar to‘plami.
Texnik-iqtisodiy asoslashni loyihaning maqsadliligi yuzasidan olib boriladigan
texnik-iqtisodiy tadqiqotlar sifatida ifodalash mumkin.
Investitsiya loyihalarini texnik-iqtisodiy asoslashning asosiy maqsadi
investitsiya loyihalarining milliy valyutadagi kabi xorijiy valyutada ham
qoplanishini aniqlash hisoblanadi.
Investitsiya loyihasining TIAsini bajarish qarz oluvchi loyihani amalga
oshirilishining yuridik, texnik, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatlari to‘g‘risidagi
barcha ma‘lumotlarni o‘zida mujjassam etgan hujjatlar to‘plamini tayyorlashi
lozim. Bu hujjatlar to‘plami quyidagilardan iborat:
- qarz oluvchining moliyaviy holati va uning kreditga layoqatliligi;
- xorijlik hamkorning ish faolligi, moliyaviy ahvoli, tashabbuskorligi;
25
- qarz oluvchi korxona qanday turdagi mahsulotni ishlab chiqaradi yoki ishlab
chiqarishni rejalashtirmoqda, mazkur mahsulotlarni xaridori kimlar hisoblanadi;
- ichki bozorda korxona ishlab chiqaradigan mahsulotning ulushi qanday va u
jahon bozorida qanday ulushga ega, bozorning qanday sektorlarida o‘sishi yoki
o‘zgarishlar kutilmoqda;
- raqobatchilar tomonidan qanday risklar mavjud va mahsulot sotilishi uchun
kim asosiy javobgar hisoblanadi;
- qarz oluvchi korxonaning va kafolat beruvchi tashkilotning yuridik maqomi
va tashkiliy tuzilishi qanday;
- qarz oluvchi korxona malakali, yuqori tajribali, yetuk mutaxassis va
ishchilarga egami, agar ular yo‘q bo‘lsa, xodimlarni o‘qitish kim tomonidan tashkil
etilgan;
- xorijlik hamkorlar va mutaxassislar tomonidan qanday yordamlar qancha
vaqt mobaynida ko‘rsatilishi lozim bo‘ladi, xorijiy mutaxassislarning soni va
darajasi, ular tomonidan ko‘rsatiladigan yordam xarajatlari qanday.
Loyihani budjet yoki budjetdan tashqari fondlar orqali, markazlashtirilgan
resurslar, korxonalarining o‘z mablag‘laridan to‘liq yoki qisman moliyalashtirish
uchun TIAning tuzilishi majburiy hisoblanadi.
TIA loyihani amalga oshirishdan oldin injener-konstruktorlik, texnologik
qarorlarni, muqobil variantlarni amalga oshirishning aniq usulini o‘z ichiga oladi.
Unda loyihani amalga oshirish bosqichida qabul qilingan texnologik,
konstruktorlik, tabiatga zarar yetkazmaslik va boshqa masalalar aniqlashtiriladi,
iqtisodiy samaradorlik, ijtimoy natijalar va loyihaning xavfsizligi (riski) to‘liq
baholanadi.
TIA investorga korxonaning kelgusi moliyaviy barqarorligini va to‘lovga
layoqatliligini tasdiqlash uchun qo‘llaniladi. TIA loyihachi va buyurtmachi
o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan loyihalashtirish ishlarini amalga oshirish
uchun litsenziyasi bo‘lgan loyihachilar tomonidan ishlab chiqiladi.
TIAni ishlab chiqishning boshlang‘ich bosqichida investor maqsadlar
to‘g‘risidagi deklaratsiyani tayyorlaydi. U quyidagi ma‘lumotlardan iborat:
26
- investor va uning manzilgohi;
- obyektga tavsif (nomlanishi, texnik va texnologik ma‘lumotlar, belgilangan
faoliyatining asoslanishi);
- obyektni qurishda mehnat va boshqa resurslarga bo‘lgan ehtiyoj (kadrlar
soni va ularni ta‘minlash manbalarini, moddiy va xom ashyo, suv va energiya
resurslariga bo‘lgan ehtiyoj);
- asosiy uskunalar ro‘yxati va ularning qurilish tavsifi;
- transport ta‘minoti;
- ishchilar va ularning oilalarini uy-joy va ijtimoiy-maishiy tomondan
ta‘minlash;
- loyihani moliyalashtirish manbalari;
- qurilish muddati;
- tayyor mahsulotdan foydalanish va boshqalar.
Chet el mamlakatlarining tajribasini, xususan, YUNIDO (United Nations
Industrial Development Organization) tajribasini hisobga olgan holda investitsiya
loyihalari TIAsining taxminiy tarkibiy tuzilishini quyidagicha keltirish mumkin:
-
loyihaning asosiy g‘oyasi va shart-sharoitlari;
-
bozor tahlili va marketing strategiyasi;
-
resurslar bilan ta‘minlanganlik;
-
investitsiya obyektining joylashishi joyi, qurilish maydoni va atrof-muhit;
-
loyihalashtirish va texnologiya;
-
korxonani tashkil qilish va ustama xarajatlar;
-
mehnat resurslari;
-
investitsiya loyihasini amalga oshirish jarayonini rejalashtirish;
-
moliyaviy tahlil va investitsiyalarni baholash;
-
rezyume - TIAning qisqacha mazmuni.
Ammo hozirgi zamon amaliyotida tijorat banklari tomonidan tadbirkorlardan
investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslashlarini ishlab chiqishni biroz
o‘zgacha tartibda, keng mazmunda va yuqori sifat bilan tayyorlangan bo‘lishi
lozimligi talab qilinmoqda. Mazkur talablar asosida ishlab chiqiladigan TIAlar
27
quyidagi murakkab tartib va mazmunda, lekin tushunlarli, o‘zaro bog‘liq holda
bo‘lishi lozim:
1. Kirish.
Ushbu bo‘limda qarz oluvchi korxona kimga tegishli va u qanday faoliyat turi
bilan shug‘ullanishi, uning boshqarish va moliyaviy ahvoli, bozor segmenti
qandayligi, kimlar xorijiy hamkorlari hisoblanishi, korxonani kimlar boshqarishi
va ushbu sohada ularning boshqarish tajribasi qay darajadaligi, korxona ishchilari
soni va tarkibi, bu korxonaning biznes-rejasi mavjudligi va uning kelgusidagi
strategiyasi, ko‘zda tutilayotgan investitsiyalarning qanday ko‘rinishda va
maqsadlarda ishlatilishi, loyihada yana boshqa qanday ishtirokchilar qatnashishi va
ularning moliyaviy qo‘yilmalari qanday ko‘rinishni kasb etishi kabilar batafsil
yoritilishi lozim. Bundan tashqari, korxonaning oxirgi ikki yillik hisobot
ma‘lumotlari, sotish hajmi, shuningdek eksport miqdori hamda yaqin ikki-uch
yillik rivojlanish rejasi o‘z aksini topgan bo‘lishi kerak.
2. Loyihadagi operatsiyalar.
Mazkur bo‘limda loyiha muhokamasi, uning faoliyati sohasi va mantiqiy
ifodasi (asoslanishi), amalga oshirish chora-tadbirlari, loyihaning yangiligi yoki
ishlab chiqarishni kengaytirish uchun mo‘ljallanganligi, agar ishlab chiqarishning
kengaytirilishi nazarda tutilgan bo‘lsa, uning chiqaradigan mahsulotlari, quvvati,
zaif tomonlari, kengaytirishdan ko‘zlangan maqsad va boshqalar to‘liq keltirilgan
bo‘lishi kerak.
3. Loyihaning afzalliklari va foydaliligi.
Bu bo‘lim qo‘shimcha ishchi kuchini tashkil etish, ekologik ahvolni
yaxshilash, mamlakat eksport salohiyatini oshirish, qimmat yoqilg‘i importiga
bog‘liqlikni kamaytirish, import mahsulotlari o‘rnini bosuvchi tovarlarni ishlab
chiqarish, yangi texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy boshqaruv tizimini tatbiq
etish, resurslar va energiyalar sarfini tejash nuqtai nazaridan loyihaning mahalliy
ishlab chiqarish va iqtisodiyot uchun muhimligi jihatdan samaradorligini ochib
berish vazifasini bajaradi.
4. Loyiha ta‘sischilari va xomiylari.
28
Ushbu bo‘lim mazmuni qarz beruvchi korxonaning yuridik nomlanishi
manzili, bank rekvizitlari, telefon, fakslari, tashkil etilish vaqti, mulkchilik shakli,
rahbarlari, xizmatchilar ro‘yxati va tajribasi, ta‘sischilar va xomiylar to‘g‘risida
ma‘lumot, yillik tovar aylanmasi, aksiyadorlik kapitali, moliyaviy imkoniyatlari,
ko‘zda tutilgan moliyaviy qo‘yilmalar risklari, xorijiy hamkorlarning loyihada
ishtirok etishining mantiqiy asoslanganligi va ta‘sischilarning so‘nggi ikki yillik
daromadlari va xarajatlari to‘g‘risidagi hisobot ma‘lumotlari hamda auditorlik
firmalari xulosalari bilan ifodalanadi.
5. Loyiha bo‘yicha bitimlar qiymati.
Tomonlar o‘rtasida tuzilgan bitimda uning qiymati, bitim qiymatining
asosliligi, ya‘ni xarajatlarning yer, uskuna, xodimlarni o‘qitish, qurilish-montaj
ishlari, talab qilingan aylanma kapital va boshlang‘ich xarajatlarga bo‘linishi
hamda ularning bahosi, xarajatlarning milliy va xorijiy valyutadagi qiymati va
tuzilishi aks ettirilishi zarur.
6. Loyihaning moliyalashtirish rejasi.
Moliyalashtirish rejasida moliyalashtirishning tarkibiy tuzilishi to‘g‘risidagi
boshlang‘ich tasavvurlar, kreditlar, loyihaning likvidligini ta‘minlash uchun kerak
bo‘ladigan muddat va shart-sharoitlar, ya‘ni kreditlarning qaytarilishi va qo‘yilgan
mablag‘larni qoplanishi uchun talab etiladigan vaqt va shartlar.
7. Loyihadagi xom ashyo va boshqa xarajatlar.
Loyiha bo‘yicha xom ashyo va materiallar xarajatlari va ularning bozori,
resurslar bozorining joylashuvi va hajmi, xom ashyo va resurslarni yetkazib
beruvchilar, ularning ishonchliligi va sifatli xizmati, xom ashyolarning sifati,
milliy va xorijiy valyutadagi qiymati, ularning sifati va yetkazib berish sxemasi,
shartlari va xarajatlari, asosiy ishlatiluvchi xom ashyolar va ularning zahiralari
ko‘rsatilishi zarur.
8. Loyiha bo‘yicha tovar va xizmatlar. Sotish bozorlari.
TIAning mazkur bo‘limida ishlab chiqariladigan tovar va xizmatlarning
raqobatbardoshligi, asosiy sifat ko‘rsatkichlari va ularning xalqaro standartlarga
mos kelishi, mahsulotning ichki va tashqi bozorlarida harakati, bozor joylashuvi,
29
iste‘molchilar turlari, korxonaning bozordagi ulushi, mahsulotga bo‘lgan talabning
o‘sishiga ta‘sir etuvchi omillar, marketing rejasi, narxni shakllantirish, reklamani
tashkil etish va reklama xarajatlari, mijozlarga xizmat ko‘rsatish shartlari va
imkoniyatlari hamda yuz berishi mumkin bo‘lgan risklar to‘g‘risidagi ma‘lumotlar
bilan boyitilganligi ochib beriladi.
9. Loyihaning tashkiliy masalalari.
Bunda korxonaning tashkiliy sxemasi va tuzilishi, boshqaruv tizimi,
xodimlarning loyihani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish yo‘lida samarali va
ishonchli ish yuritishlarini tashkil etish uchun kerakli dasturlarga bog‘liq
ma‘lumotlar to‘plami tahliliy asosda tashkil etilgan bo‘lishi lozim.
10. Loyiha bo‘yicha mulk va uskunalarni sug‘urtalash.
TIAning ushbu bo‘limida loyiha bo‘yicha barcha mulk va uskunalarni
sug‘urtalash bo‘yicha tuzilgan shartnoma shartlari, muddati, shakli, summasi,
sug‘urtalovchi tashkilot va uning faoliyati, imidji to‘g‘risida ma‘lumot,
sug‘urtalanayotgan mulk va uskunalarning to‘liq tarkibiy elementlari va shu
kabilar ifodalangan bo‘lishi zarur.
11. Loyihaning atrof-muhitni muhofaza qilishga doir ma‘lumotlar.
Loyihaga bog‘liq holdagi atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari,
obyektning joriy va tahririy holati va uning atrof-muhitga ta‘siri, atrof-muhit
to‘g‘risidagi ma‘lumotlarning mavjudligi, loyiha bo‘yicha atrof-muhitga salbiy
ta‘sir ko‘rsatishlarni kamaytirish uchun qo‘llanishi ko‘zda tutilgan texnologik
usullar, qarz oluvchining atrof-muhit bo‘yicha umumiy siyosati, baxtsiz hodisalar
va ―fors-major‖ holatlarda atrof-muhit uchun salbiy oqibatlarni kelib chiqishi
risklari kabilar, tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining loyiha bo‘yicha
ekspertiza xulosalari asosida hal etilgan bo‘lishi lozim.
12. Loyiha bo‘yicha qonun va qoidalar.
Loyihani amalga oshirish va u bo‘yicha tegishli shartnomalarni tuzishda
mavjud qonun-qoidalarga hamda tegishli yuqori tashkilot organlarining
ruxsatnomalariga va atrof-muhitni muhofaza qilish tartiblariga amal qilinishini
ko‘zda tutgan holda ko‘rsatilishi.
30
13. Loyiha bo‘yicha texnologiya va uskuna.
Bu bo‘limda ko‘zda tutilgan uskuna va texnologiyani olish manbasi, yetkazib
beruvchi firma, rahbarlari ish tajribasi, telefon raqamlari, yetkazib berish shartlari
va kafolatlari, uskuna va texnologiyalarni ishonchliligi, ularning xalqaro
standartlarga javob berishi, bahosi, ularning tayyorligi va texnik hujjatlari,
kadrlarni o‘qitish va ―nou-xau‖, qurilish-montaj ishlari qiymati, ehtiyot qismlar va
tashish xarajatlari qiymati kabilar aniq ko‘rsatilishi kerak.
14. Loyihani kreditlashda banklarning o‘rni.
Mazkur bo‘limda loyihani amalga oshirishda uni moliyalashtiruvchi bankning
o‘rni, bank tomonidan o‘rnatilgan shart-sharoitlar, talablar va qarz oluvchi bilan
tuzilgan shartnomasi, kredit uchun taqdim etilgan garovlar yoki mulkning
sug‘urtalaganligi, maslahat xizmatlari, uskunaning lizing asosida taqdim etilishi,
ustav kapitaliga kiritilayotgan investitsiyalar qisqa, aniq va mukammal
ma‘lumotlar to‘plami asosida tayyorlanishi lozim.
15. Loyiha bo‘yicha kafolatlar.
Unda kafolat turlari: mulk, uskuna, tovarlar (garov uchun), kafolat xati,
kafillik, sug‘urtalangan kreditlar va shu kabilar ko‘rsatilishi zarur.
16. Loyiha quvvati va uni yillar bo‘yicha uzaytirilishi.
Bunda loyiha quvvatining nimaga asoslanib baholanganligi va ishonchliligi,
uning yillar bo‘yicha uzaytirilish bosqichi va muddati, ishlab chiqariladigan
mahsulotlarning sotuvchilar bilan birgalikda rejalashtirilganligi kabilar tahliliy
asosda aks ettirilgan bo‘lishi talab etiladi.
17. Loyihadagi tayyor mahsulotning yillar bo‘yicha sotilishi.
TIAning mazkur bo‘limida mahsulotning ichki va tashqi bozorda sotilishi
tarkibi va tuzilishi, ularning baholari va olinadigan tushumlar, korxonaning har yil
oxirida qoldirilishi mo‘ljallangan tayyor mahsulot zahiralari (kunlarda), sotiladigan
mahsulot turlari va mahsulotlarning yillar bo‘yicha sotilish hajmi rejasi ishlab
chiqilgan bo‘lishi shart.
18. Loyiha bo‘yicha xarajatlar.
31
Xarajatlar tarkibi mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish uchun zarur bo‘lgan
ma‘lumotlar tarkibidan tashkil topgan holda ularning xom ashyo va materiallarga,
ishchilar ish haqi va ijtimoiy sug‘urta va ajratmalarga, elektr energiyasi, gaz, suv
va shu kabilarga, amortizatsiyasi ajratmalari, umum ishlab chiqarish xarajatlariga,
zahiralarga, reklama va transport xarajatlariga hamda sotish xarajatlariga ajratilishi
bilan yillar bo‘yicha ifodalanishi jadval ma‘lumotlari asosida bajarilishi lozim.
19. Loyiha bo‘yicha kredit to‘lovlari va foizlarning yillar bo‘yicha hisob-
kitobi.
Hisob-kitob ishlaridan avval kreditlash shartlarini, ya‘ni kredit taqdim etilish
muddatini, kreditning davriyligi - qaytarilish shartlari, foizlarning qaytarilish
shartlari va foiz stavkalari o‘zgarishini bilib olish zarur. Shu asosda loyihada
asosiy qarzlar va ular bo‘yicha foizlarning yillar bo‘yicha davriy hisoblanishi va
to‘lanish rejalari jadval ko‘rinishida aks ettirilishi lozim.
20. Loyiha bo‘yicha daromadlar jadvali.
Avvalgi hisob-kitob ma‘lumotlari asosida daromadlarning yillar bo‘yicha
tashkil topishi rejasi jadval ma‘lumotlari orqali aks ettiriladi. Daromadlar umumiy
holda hamda alohida mahsulot turlari bo‘yicha ichki va tashqi bozorlarda sotilishi
hisobiga hosil qilinishi nuqtai nazaridan ham milliy, ham xorijiy valyutada aks
ettirilishi zarur.
21. Loyiha bo‘yicha joriy aktivlar va passivlarning, aylanma kapital (ishchi
kapitali)ning hisob-kitobi.
Ushbu ma‘lumotlarining barchasi jadval ko‘rinishida, umumiy holda yillar
bo‘yicha tuzilishi lozim. Bunda ularning alohida bandlari bo‘yicha tegishli
ma‘lumotlar tushunarli tarzda aks ettirilishi, ya‘ni kelib tushishi kutilayotgan
tushumlar, debitorlik qarzlari, tayyor mahsulot zahiralari, joriy aktivlar, kreditorlik
qarzlari, joriy passivlar, sof ishchi kapitali va ularning o‘zgarishi o‘zaro bog‘liqlik
asosida berilgan bo‘lishi shart.
22. Loyiha bo‘yicha pul oqimi hisob-kitobi.
Mazkur hisob-kitob yuqorida olingan ma‘lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Unda soliq va foizlarni to‘lagunga qadar daromadlar va amortizatsiya ajratmalari,
32
ishchi kapitalidagi o‘zgarishlar, faoliyat bo‘yicha pul oqimi, moliyalashtirish
manbalari, kredit uchun asosiy qarz va u bo‘yicha hisoblangan foiz to‘lovlari, soliq
to‘lovlari, taqsimlanmagan foyda, taqsimlash fondlari, dividendlar va sof pul oqimi
ma‘lumotlari ketma-ketlik va tartib asosida, jadval ko‘rinishida rejalashtirilgan
yillar bo‘yicha ishlab chiqish zarur.
Loyihaning TIAsi yuqorida ko‘rsatilgan tartib va bo‘limlar asosida amalga
oshirilishi loyihaning yuqori sifat darajasini ta‘minlashga xizmat qiladi va qarz
oluvchilarga ham, qarz beruvchilarga ham muayyan iqtisodiy samaraga erishishga
imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: |