14
mahsuloti (ish, xizmat) sotishdan kelgan daromadlar bilan qoplanmasa, ko‘rilgan
foyda darajasi ko‘zda tutilgan darajada bo‘lmasa, u amalga oshirilmay qoladi.
Investitsiya loyihalarini tahlil qilish
va baholashdan asosiy maqsad, aynan
ko‘zda tutilgan natijalarga erishishni realligini baholashdir.
Iqtisodiyoti
rivojlangan
malakatlarda
turli
loyihalarga
qo‘yilgan
mablag‘larning foydaliligini (samaradorligini) taqqoslashga asoslangan baholash
usullaridan keng foydalanadilar. Bunda investitsiya loyihalaridan ko‘riladigan
samara mablag‘larni bankka foiz hisobida qo‘yishdan yoki qimmatbaho qog‘ozlar
sotib olishdan keladigan daromad (foyda) bilan taqqoslanadi.
Investitsiya loyihalarini ekspertiza qilishda loyihadan ko‘riladigan
daromadning ko‘pligiga, mehnat resurslarining kam sarflanishiga, loyihaning
amalga oshirish
muddatining qisqaligiga, loyiha bo‘yicha ishlab chiqariladigan
mahsulotning sifatiga, bozorda tutgan o‘rniga, shuningdek, xarajatlarning to‘g‘ri
olib borilishiga ko‘proq e‘tibor beriladi. Shu bilan birga,
baholashda pul oqimini
to‘g‘ri ishlatilishi va nazorat qilinishi ham katta ahamiyatga ega. Bunda kapital
xarajatlarni yerni ijaraga olish, u yerda bino va inshootlar qurish, mashina va
jihozlar yaratish yoki sotib olish, mutaxassislar tayyorlash kabi ishlarga sarflanishi,
joriy xarajatlar esa, xom ashyo va materiallar sotib olish, suv, energiya, mehnat va
boshqa resurslarga sarflanishiga e‘tibor beriladi
hamda daromadlar asosiy
faoliyatdan keladigan daromadlar, ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish, royalti,
davlatning obligatsiyalari orqali keladigan daromadlarga e‘tibor qaratiladi.
Investitsiya loyihalarini turli usullar bilan baholash mumkin, lekin barcha usullarda
eng asosiy e‘tibor loyihalarning daromadlilik darajasi hamda ko‘riladigan
foydaning xajmini aniqlashga qaratiladi.
Investitsiya loyihalarini ekspertiza qilishda aniq natijalarga erishish, ya‘ni
loyihalashtirishni yakunlash, bozorga chiqish va unda o‘z o‘rnini mustahkamlash,
belgilangan foydaga erishish, qilingan investitsiya xarajatlarini qoplash kabi
natijalarga erishish uchun belgilangan muddat ham ayniqsa muhimdir.
Shuningdek, baholashda ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlarining samaradorligi
ham hisobga olinadi. Buning muhimligi shundan iboratki,
tadqiqot va ilmiy
15
izlanishlar ishining qisqa bo‘lishi bir tomondan mablag‘larning kam sarflanishiga
olib kelsa, ikkinchi tomondan nisbatan kam muddatda loyiha amalga oshirilib,
bozorga ertaroq yangi mahsulot olib chiqiladi va hech bo‘lmaganda, qisqa muddat
ichida korxona ushbu mahsuloti bilan bozorda monopol mavqega ega bo‘lishi
mumkin.
Shuni alohida qayd etish kerakki, har bir loyiha mamlakatda mavjud bo‘lgan
siyosiy va ijtimoiy sharoitlarni va ularning o‘zgarishini hisobga olgan holda
ekspertiza qilinishi va baholanishi lozim.
Hozirgi paytda investitsiya loyihalarini tuzish va amalga oshirish uzluksiz
jarayon bo‘lganligi sababli uni tasvirlashda kompyuter texnikasidan keng
foydalanilmoqda. Bunda loyihaning texnik-iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlari
hamda tashqi iqtisodiy muhitni belgilovchi
omillar hisobga olinib, loyihaning
matematik modeli tuziladi va shu model asosida loyihaning xarajatlar va
daromadlar oqimi aniqlanadi, samaradorlik ko‘rsatkichlari hisoblanadi,
ishlab
chiqarish natijalarining yillik balansi tuziladi hamda tashqi va ichki omillar ta‘siri
tahlil qilinadi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda yirik ishlab chiqarish va moliya
korporatsiyalari ana shunday modellardan foydalanadilar. Shuningdek, bunday
modellardan investitsiya loyihalarini o‘rganuvchi va samaradorligini aniqlovchi
turli maslahatchi firmalar ham foydalanadilar.
Dostları ilə paylaş: