1.3. Investitsiya loyihalarini ekspertiza qilishning me’yoriy-huquqiy
asoslari
Investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish yuzasidan mamalakatimizda bir
qancha me‘yoriy-huquqiy asos bo‘luvchi hujjatlar qabul qilingan. Bular jumlasiga
yurtimizdagi investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi asosiy qonunlardan
O‘zbekiston Respublikasining ―Investitsiya faoliyati to‘g‘risida‖gi
16
qonunini
kiritish mumkin. Mazkur qonunning 21-moddasi ―Investitsiya loyihalarining
ekspertizasi‖ deb nomlangan bo‘lib, unga ko‘ra:
16
Ushbu qonunning yangi tahriri 2014 yil 9 dekabrda qabul qilingan.
16
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti va davlat maqsadli
jamg‘armalari budjetlari mablag‘lari hisobidan, shuningdek O‘zbekiston
Respublikasining kafolati ostida chet el investitsiyalarini jalb etgan holda
moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan belgilanadigan tartibda majburiy davlat ekspertizasidan o‘tkazilishi
shart;
boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarining
sanitariya-gigiena, radiatsiya, ekologiya, arxitektura-shaharsozlik talablari va
boshqa talablar bajarilishiga taalluqli qismi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
davlat ekspertizasidan o‘tkazilishi lozim;
kichik tadbirkorlik subyektlarining banklar kredit resurslari hisobidan
moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari mazkur investitsiya loyihalarini
amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida tijorat banklari tomonidan
ekspertiza qilinishi lozim;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari doirasida ro‘yobga
chiqariladigan investitsiya loyihalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
ekspertiza qilinishi lozim.
Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 7 iyundagi 110-sonli
―Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish va
tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida‖gi Qaroriga asosan
amalga oshirilar edi. Hozirgi kundagi jadal iqtisodiy o‘zgarishlar natijasida
investitsiya loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish tartibi birmuncha o‘zgardi va
ularga quyidagi me‘yoriy-huquqiy hujjatlar asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O‘zbekiston Respublikasining
rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va ro‘yobga chiqarish, davlat
xaridlarini amalga oshirish doirasida hujjatlarni kompleks ekspertiza qilishning
samarali tizimini yaratish to‘g‘risida‖gi 2018 yil 8 yanvar, PQ-3464-sonli Qarori
qabul qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha
boshqaruvi milliy agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha
17
davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining Agentlik huzurida
davlat unitar korxonasi shaklida Loyihalar va import kontraktlarini kompleks
ekspertiza qilish markazini (Markaz) tashkil etish haqidagi takliflari ma‘qullandi.
Markaz oldiga bir qancha vazifalar qo‘yildi, jumladan:
O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlariga kiritiladigan
loyihalarni kompleks ekspertiza qilishni tashkil etish, ularning ro‘yobga
chiqarilishini monitoring va tahlil qilish;
O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish
va ro‘yobga chiqarish doirasida, shuningdek, davlat xaridlarini amalga oshirishda
ishlab chiqiladigan loyihaoldi, loyiha va tender hujjatlarini, texnik topshiriqlarni
kompleks ekspertiza qilish;
O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini ro‘yobga
chiqarish doirasida, shuningdek, davlat xaridlarini amalga oshirishda tuziladigan
import kontraktlarini ekspertiza qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish;
resurslarning yagona milliy ma‘lumotnomasini shakllantirish va yangilash.
Markazning faoliyat sohasi barcha davlat organlariga, xo‘jalik boshqaruvi
organlariga, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik
yurituvchi subyektlarga, davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik
shaxslarga ustav fondining 50 foizi va undan ortig‘i tegishli xo‘jalik yurituvchi
subyektlarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat
dasturlari doirasida amalga oshiriladigan barcha loyihalarga tatbiq etilishi belgilab
qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Xo‘jalik jamiyatlari va strategik
ahamiyatga ega korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari
to‘g‘risida‖gi 2018 yil 22 yanvar, PQ-3487-sonli Qaroriga ko‘ra:
ekvivalenti 50 ming AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan summadagi tovarlarni
(ishlar, xizmatlarni) xarid qilishga bo‘lgan texnik topshiriqlar O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyihalarni boshqarish milliy agentligi
qoshidagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazida
majburiy kelishuvdan o‘tkaziladi;
18
mazkur band bilan nazarda tutilgan tartibda, eng yaxshi takliflarni tanlab
olish natijalari bo‘yicha tuzilgan barcha kontraktlar, shu jumladan, import
kontraktlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyihalarni
boshqarish milliy agentligi qoshidagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks
ekspertiza qilish markazida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Texnik-iqtisodiy asoslar va texnik-
iqtisodiy hisob-kitoblar ekspertizasi tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida‖gi 2018 yil 13 fevral, PQ-3527-sonli Qaroriga ko‘ra:
tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslari va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari
bo‘lmagan loyihalarni moliyalashtirish taqiqlanadi;
loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari
faqatgina O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi
milliy agentligi huzuridagi ―Loyihalar va import kontraktlarini kompleks
ekspertiza qilish markazi‖ tomonidan ijobiy xulosa berilgan holdagina O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlanadi;
loyihalarni amalga oshirishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy
hujjatlarda loyihalar texnik-iqtisodiy asoslari va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari
bo‘yicha ―Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish
markazi‖ning o‘rnatilgan tartibdagi kompleks ekspertizasi natijalari bo‘yicha ijobiy
xulosasi mavjud bo‘lmagan taqdirda tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib
beruvchilar va pudrat tashkilotlarining nomini ko‘rsatish taqiqlanadi.
Yuqoridagi talablar O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat
dasturlari, tarmoq va hududiy rivojlantirish konsepsiyalari doirasida amalga
oshiriladigan loyihalarga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat
qarorlari doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi
mablag‘lari hisobiga, shuningdek, davlat korxonalarining, ustav fondida davlat
ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik subyektlarining, davlat ulushi 50 foiz
va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga ustav fondining 50 foizi va undan ortig‘i
tegishli xo‘jalik subyektlarining o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan
boshqa loyihalarga nisbatan joriy etiladi.
19
Loyihaoldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan
o‘tkazishning samarali va aniq mexanizmlarini yaratish maqsadida, shuningdek,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O‘zbekiston Respublikasining
rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini
joriy etish to‘g‘risida‖gi 2017 yil 18 dekabrdagi PQ-3437-sonli hamda
―O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va
ro‘yobga chiqarish, davlat xaridlarini amalga oshirish doirasida hujjatlarni
kompleks ekspertiza qilishning samarali tizimini yaratish to‘g‘risida‖ gi 2018 yil 8
yanvardagi PQ-3464-sonli Qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining ―Loyihaoldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan
o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi 2018 yil 20
fevralda PQ-3550-sonli Qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra:
investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi va loyiha
hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi
to‘g‘risidagi nizom;
davlat tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilish uchun tender
hujjatlarini va texnik vazifalarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish tartibi
to‘g‘risidagi nizom;
kontraktlarni ekspertizadan o‘tkazish va ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi
nizom shakllantirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy
agentligi qoshidagi ―Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza
qilish markazi‖ davlat unitary korxonasiga qonun hujjatlariga muvofiq bir qancha
vazifalar yuklatildi:
a) loyihaoldi va loyiha hujjatlarini, shuningdek, mahsulotni taqsimlash
to‘g‘risidagi bitimlarga muvofiq amalga oshiriladigan, moliyalashtirish
manbalaridan qat‘iy nazar strategik foydali qazilmalarni qazib olish va/yoki qayta
ishlashni nazarda tutadigan investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar bo‘yicha
loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun texnik vazifalarni kompleks
ekspertizadan o‘tkazadi;
20
b) ekvivalenti 100 ming AQSh dollaridan oshadigan summadagi strategik
xarid qiluvchi tomonidan, shuningdek, ustav jamg‘armasida (ustav kapitalida)
strategik xarid qiluvchi ulushi bo‘lgan tashkilot tomonidan amalga oshiriladigan 50
ming AQSh dollariga teng bo‘lgan miqdordan ortiq bo‘lgan miqdordagi tovarlarni
(ishlar, xizmatlarni) davlat tomonidan xarid qilish uchun texnik vazifalarni
kompleks ekspertizadan o‘tkazishni amalga oshiradi;
v) strategik xarid qiluvchi bilan, shuningdek, ustav jamg‘armasida (ustav
kapitalida) strategik xarid qiluvchining ulushi bo‘lgan tashkilotlar bilan tuziladigan
50 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan miqdordan ortiq bo‘lgan miqdordagi barcha
kontraktlarni;
byudjet tizimi byudjetlari, O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat
dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va
taraqqiyot jamg‘armasi, shuningdek, davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati
tomonidan donor mamlakatlar, xalqaro, hukumatga doir bo‘lgan va hukumatga
qarashli bo‘lmagan chet el tashkilotlari bilan tuziladigan shartnomalari doirasida
taqdim etiladigan chet el grantlari, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan yoki
O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida jalb etiladigan chet el kreditlari (qarzlari)
(bundan tijorat banklari tomonidan qayta moliyalashtiriladigan kreditlar mustasno)
hisobidan davlat organlari, budjet tashkilotlari, xarid tartib-taomillarini amalga
oshirish uchun yo‘naltiriladigan budjet mablag‘larini oluvchilar, davlat maqsadli
jamg‘armalari, shuningdek, ustav jamg‘armasida (ustav kapitalida) 50 foiz va
undan ortiq miqdordagi davlat ulushi bilan ishtirok etuvchi davlat korxonalari va
yuridik shaxslar, ustav jamg‘armasining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan
ortig‘i 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli
bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, boshqa yuridik shaxslar bilan tuziladigan
ekvivalenti 100 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan miqdordan ortiq bo‘lgan
summadagi import kontraktlarini;
O‘zbekiston Respublikasini rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan yohud
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi
21
Hukumatining qarorlari bilan amalga oshiriladigan loyihalarni ro‘yobga chiqarish
doirasida, shuningdek, davlat xaridlarini amalga oshirishda tuziladigan 100 ming
AQSh dollariga teng bo‘lgan miqdordan ortiq bo‘lgan summadagi import
kontraktlarini ekspertizadan o‘tkazadi va ro‘yxatga oladi.
Shu bilan birga, 2018 yil 20 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
―Investitsiya va infratuzilma loyihalarini jadal amalga oshirish bo‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida‖gi PQ-3794-sonli Qarori qabul qilingan
bo‘lib, unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 fevraldagi
―Loyiha oldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan o‘tkazish
tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi PQ-3550-son qarorining
amal qilishi xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari
ishtirokida amalga oshiriladigan loyihalarga tatbiq etilmasligi belgilab qo‘yildi.
Umuman olganda, O‘zbekistonda investitsiya loyihalarini ekspertiza
qilishning me‘yoriy-huquqiy bazasida investorlar va loyiha qatnashchilari uchun
investitsiya loyihalarini ekspertiza qilishning mexanizmi, asosiy talablari va shart-
sharoitlari yaratilgan bo‘lib, bu holat mamlakatimizda investitsiya jarayonlarini
faollashtirishga sezilarli darajada ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |