Nazorat savollari:
1.
Texnik tahlil qilishning mazmun-mohiyatini nima tashkil etadi?
2.
Loyihalarni texnik tahlil qilishdan maqsad.
3.
Investitsiya loyihalarini texnik tahlil qilishning asosiy vazifasi nima?
4.
Texnik tahlil tarkibi.
5.
Loyihaning qanday komponentlari mavjud?
6.
Loyiha ko‘lami deganda nima tushuniladi?
7.
Investitsiya loyihalari hayotiyligining har bir bosqichida texnik
ekspertizaning ahamiyati nimadan iborat?
8.
Investitsiya loyihalarining texnik tahlili qanday me‘yoriy hujjatga
asoslanadi?
82
9.
Tender tushunchasi va tender orqali texnika-texnologiyani sotib olish
jarayoni qanday?
10.
Mamlakatimizda tender orqali texnika-texnologiyani sotib olish jarayoni
qanday me‘yoriy hujjatga asoslanib amalga oshiriladi?
11.
Texnologik riskni pasaytirish bo‘yicha qanday chora-tadbirlar amalga
oshiriladi?
12.
Investitsiya loyihalarida texnik tahlil deganda nimani tushunasiz?
83
V-BOB.
INVESTITSIYA
LOYIHALARINING
IJTIMOIY
VA
EKOLOGIK EKSPERTIZASI
5.1. Investitsiya loyihalarini ijtimoiy tahlil etishning ahamiyati va
zarurligi
Investitsiya loyihalarini tahlil qilish va baholashda ularning turli jihatlari
bo‘yicha samaradorligi va foydaliligini aniqlash katta ahamiyat kasb etadi. Mavjud
va talab etiladigan jihatlar qatorida investitsiya loyihasining ijtimoiy samarasi
tahlili ham alohida o‘rin egallaydi.
Har qanday loyiha samarali amalga oshirilishi uchun ijtimoiy tahlilning
ahamiyati katta. Loyihaning taklif etilayotgan u yoki bu varianti aholining
maqsadli guruhi manfaati talablariga javob berishi yoki bermasligini aniqlash
ijtimoiy tahlilning vazifasi hisoblanadi. Ijtimoiy tahlil loyiha va u yo‘naltirilgan
ijtimoiy guruhning o‘zaro muvofiq kelishini yaxshilash bo‘yicha tadbirlarni taklif
etadi. Shuningdek, ijtimoiy tahlil aholi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan hamda
jamoatchilik fikri va qarashlaridagi o‘zgarishlarni rag‘batlantirish yo‘li bilan loyiha
maqsadlariga erishishni ta‘minlaydigan loyiha strategiyasini belgilaydi.
Ijtimoiy tahlilning amalga oshirilishi investitsiya loyihasining ijtimoiy
ahamiyati darajasini aniqlash va belgilab berishda muhim o‘rin egallaydi. Bunda
aholining ish bilan bandligini ta‘minlash, ularning ijtimoiy himoyasini yuzaga
chiqarish va oshirish, mehnat muhofazasining qonuniy ijrosini ta‘minlash,
aholining zaruriy iste‘mol tovarlari va xizmatlarga bo‘lgan talab va ehtiyojlarini
qondirish, ularga arzon baholi, yuqori sifatli iste‘molbop, raqobatdarbosh tovar va
xizmatlar taklifi ko‘lamini kengaytirish asosida bozorning kerakli tovar va
xizmatlar bilan to‘ldirilishni ta‘minlashni amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan
investitsiya loyihasining xizmati va ta‘siri aynan ijtimoiy tahlil va baholash asosida
o‘rganiladi va aniqlanadi.
84
Ijtimoiy tahlil barcha tavsif va xususiyatlarini umumlashtiruvchi ijtimoiy
samarani darajasi va ko‘lamini mikrodarajadan to makrodarajagacha bo‘lgan
saviyada ainqlash maqsadida xizmat qiladi va amalga oshiriladi.
Loyihaning taklif etilayotgan u yoki bu variantini aholining maqsad tutilgan
guruhi manfaati nuqtai nazaridan talabga javob berishi yoki bermasligini aniqlash
ijtimoiy tahlilning vazifasi bo‘lib hisoblanadi.
Ijtimoiy tahlil loyiha va u yo‘naltirilgan ijtimoiy guruhning o‘zaro muvofiq,
kelishini yaxshilash bo‘yicha tadbirlarni taklif etadi. Shuningdek, ijtimoiy tahlil
aholi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan hamda jamoatchilik fikri va
qarashlaridagi o‘zgarishlarni rag‘batlantirish yo‘li bilan loyiha maqsadlariga
erishishni ta‘minlaydigan loyiha strategiyasini belgilaydi.
Ijtimoiy tahlil qilinmagan loyiha mazmuniga uni ishlab chiqaruvchilarning
madaniy qarashlari loyiha mo‘ljallangan kishilarning madaniy qarashlarga nisbatan
ko‘proq ta‘sir ko‘rsatadi.
Ijtimoiy tahlil qilinmagan loyiha mazmuniga uni ishlab chiqaruvchilarning
madaniy qarashlari loyiha mo‘ljallangan kishilarning madaniy qarashlariga
nisbatan ko‘proq ta‘sir ko‘rsatadi. Ijtimoiy tahlil loyiha tahlilining boshqa turlari
bilan birga o‘tkazilishi kerak. Loyiha tahlilining boshqa turlari singari ijtimoiy
tahlil ham loyiha oldi bosqichida boshlanib, loyiha davrining keyingi har bir
bosqichida davom etishi kerak.
Ijtimoiy tahlil to‘rt asosiy sohaga e‘tiborni jamlaydi. Bular:
1. Loyihaga ta‘sir ko‘rsatadigan aholining ijtimoiy-madaniy tavsifi,
miqdoriy tavsifi va ijtimoiy tuzilmasi bo‘yicha tahlil.
2. Loyiha amal qiladigan hududdagi aholi tomonidan ishlab chiqarishni
tashkil qilish shakllari, shu jumladan, oilalar, uy xo‘jaliklari tuzilmasi, ishchi
kuchining mavjudliligi, yerga egalik qilish shakllari, resurslardan foydalanish
imkoniyati va ulardan foydalanishni tartibga solish masalalari tahlili.
3. Loyihaning mahalliy madaniyat nuqtai nazaridan talabga javob berishi,
xususiy loyihaning mavjud ijtimoiy me‘yorlarga moslashuvchanligi, kishilarning
qarashlarida, o‘z extiyojlarini anglashlarida zarur o‘zgarishlar yasashga qobilligi.
85
4. Loyihadan uni amalga oshiruvchi tashkilot hamda mahalliy aholi
manfaatdorligini ta‘minlash strategiyasi. Bundan maqsad aholi va tashkilotlarning
loyihaning barcha bosqichlarida uzluksiz ishtirokini ta‘minlashdir.
Ijtimoiy tahlilning birinchi bosqichi loyiha yo‘naltirilgan aholi guruhi,
uning miqdori va tarkibini aniqlashdan iborat.
Loyiha yo‘naltirilgan aholining turmush tarzi ko‘pincha uni ishlab chiquvchi
kishilarning turmush tarzidan farq qiladi. Shu tufayli rejalashtirish jarayonlariga
mahalliy aholi jalb etilmasa, loyiha mahalliy sharoitga mos kelmasligi mumkin.
Mahalliy sharoitlarni bilmaslik, bu to‘g‘rida bir guruh shaxslar, xususan,
rahbarlarning fikriga ko‘ra ish yuritish aholi ko‘pchilik tabaqalari qarashlarining
e‘tiboridan chetda qolishiga olib keladi.
Shahar hamda qishloq joylaridagi oilaviy xo‘jaliklar tarkibi to‘g‘risida to‘g‘ri
tasavvurga erishish ham katta kuch talab etadi. Shahar joylari uchun mo‘ljallangan
ayrim loyihalarda bu yerlarda oila a‘zolari qishloq joylarida muhim rol o‘ynovchi
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimidan butunlay aloqasini uzgan deb qaralgan.
Aslida kam ta‘minlangan shahar oilasi tez o‘zgarib turuvchi ijtimoiy kuch
hisoblanadi. Iqtisodiy va siyosiy sharoitlar o‘zgarishi ta‘sirida bu oila bolalari bir
uy xo‘jaligidan boshqasiga o‘tib turadilar, boshqa bir a‘zolari esa boyroq
qarindoshlarinikiga ko‘chib o‘tadilar. Bunday o‘zgarishlar oila a‘zolari sonining
o‘zgarib turishiga moslasha oladigan uy-joy maydonini talab etadi.
Ko‘pchilik shahar oilalari o‘z daromadlarining kattagina qismini
qarindoshlaridan yordam tariqasida oladilar. Shunday yo‘l bilan ijtimoiy
ximoya tizimi yaratiladi va minimal zarur iste‘mol darajasi ta‘minlab turiladi.
Uy-joy qurilishini loyihalashtirilganda bu jihatlar e‘tiborga olinishi kerak. Agar
loyiha aholini ko‘chirishni ko‘zda tutsa, ijtimoiy madaniyati va demografik
xususiyatlarni e‘tiborga olishi zarur. Majburiy ko‘chirish o‘ziga xos ijtimoiy
muammolarni keltirib chiqaradi. U ojizlik, begonalik tuyg‘ularini tug‘diradi
hamda ijtimoiy birdamlik va guruh ishlab chiqarish potentsiali pasayishiga olib
keladi.
86
Ko‘chirish dasturlari uy joy bilan ta‘minlash, tovon puli to‘lash, ishga
joylashtirish tadbirlari bilan bir qatorda, kishilarga ularning turmush darajalari
yaxshilanishini kafolatlashi kerak.
Ko‘p hollarda loyiha ta‘sir ko‘rsatadigan aholi, ayniqsa qishloq joylarida
resurslar va mavjud cheklovlarni hisobga olgan holda uyushgan bo‘ladilar.
Bunda mulk huquqi, er-suv hamda ulardan foydalanish huquqlari muhim
ahamiyatga ega. Uyushmalarni boshqa bir tashkiliy elementi resurslarni birgalikda
va individual boshqarish usullari, kapitalga ega bo‘lish harakteri, ishchi kuchini
mavsumiy taklif etish, mehnat taqsimoti, rag‘batlantirish tizimi, mahalliy ishlab
chiqarish uyushmalarining tiplari, savdo va hukumat muassasalari bilan o‘zaro
munosabatlar hisoblanadi. Bir qancha kamchiliklarga ega bo‘lishiga qaramasdan
bu tashkiliy elementlarni doimo hisobga olib borish kerak, chunki ular loyiha
tuzish uchun asos bo‘ladi.
Ko‘p sonli aholiga ta‘sir etuvchi loyihalar muvafaqqiyatli bo‘lishi uchun
ularning ko‘pchiligi loyiha maqsadini tushunishlari va uni qo‘llab-quvvatlashlari
kerak. Shu tufayli loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonida
mahalliy qadriyatlar tizimini, urf-odatlar, an‘analar, aniqlangan ehtiyojlar va
maqsadlarni hisobga olish zarur.
Milliy iqtisodiyot nuqtai nazaridan samarali bo‘lgan loyihalar maqsadi
mahalliy aholi uchun tushunarsiz yoki ular fikriga ko‘ra, ahamiyatsiz bo‘lishi
mumkin. Oqibatda loyihalar mahalliy aholi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaydi.
Ijtimoiy tahlil mahalliy sharoitlarga asoslangan holda loyiha vazifalari va
umumiy maqsadlarni mahalliy aholining individual maqsadlari bilan bog‘lash
yo‘llarini ko‘rsatib beradi. Oilani rejalashtirish masalasida ham mahalliy
madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlari loyiha maqsadiga yoki umumiy
maqsadlarga erishishga ta‘sir ko‘rsatadi.
Ijtimoiy muammolar loyiha davrining turli bosqichlarida yuzaga chiqadi.
Loyiha nafaqat salbiy oqibatlarning oldini olish uchun, shuningdek, ijtimoiy
o‘zgarishlarni boshlash maqsadida kishilar kuch-g‘ayratlarini safarbar etishi uchun
ham aholi urf-odatlari, an‘analariga moslangan bo‘lishi kerak. Ko‘pgina ijtimoiy
87
muammolarni aniqlab, mohiyatiga etishning o‘ziyoq ularning loyihaga salbiy
ta‘sirini keskin kamaytirish imkonini beradi.
Professional tayyorgarlik va ijtimoiy tahlil tajribasi potentsial ijtimoiy
muammolarni aniqlash uchun o‘ta zarur. Shu sababli loyiha tahlilida sotsiolog,
antropolog kabi mutaxassislar ishtirokini ta‘minlash kerak. Turli qishloq
xo‘jaligi muassasalarining chorvachilik bo‘limlarida chorva bilan
shug‘ullanuvchi mutaxassislar bo‘lgani holda chorvani etishtirish bilan
shug‘ullanuvchi mutaxassislarning yo‘qligi ko‘pgina mamlakatlarda
chorvachilik loyihalari samaradorligining pastligi sabablaridan biridir.
Loyihani samarali ishlab chiqish va amalga oshirish quyidan mahalliy
axoli ishtiroki va yuqoridan hukumat tomonidan rahbarlik qilinishini talab
etadi. Muvaffaqqiyatli va iqtisodiy samarali loyihalar kishilarni o‘zlarining bir
yoki bir necha maqsadlariga erishish yo‘lida safarbar etadi va ularni o‘z
kuchlariga tayanishga o‘rgatadi. Rivojlantirish loyihalarida ko‘pincha bir-biriga zid
keluvchi va o‘zaro bog‘langan bu ikki shart bir vaqtda bajarilishi kerak.
Ijtimoiy tahlil ular o‘rtasida muhim bog‘lovchi bo‘g‘in sifatida xizmat qiladi.
Ijtimoiy tahlil boshqa loyihalar samarasiga, mutaxassislar tajribasi va
malakasiga tayangan holda kishilarning ehtimol bo‘lgan hatti-harakatlarini
ob‘ektiv baholash orqali loyihalarni ishlab chiqishni takomillashtirish va
amalga oshirishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |