Mavzu: Biologiyani o’qitish metodlari va ularning klassifikatsiyasi
Reja:
1. O‘qitish metodlarining umumiy tavsifi.
2. Og‘zaki metodlar va ularning turlari.
3. Biologiya o`qitish metodlari klassifikatsiyasi
Asosiy tushuncha va tayanch atamalar:
O‘qitish
metodlari, o‘qitish metodlarining funksiyalari, o‘qitish metodlarining
tasnifi va tavsifi, o‘qitishning reproduktiv metodlari.
Ma’lumki, ta’lim jarayoni o‘quvchilarning
bilim olish, ko‘nikma va
malakalarni egallash, ularning ilmiy dunyoqarashi, ijodiy izlanishlarini rivojlantirish
maqsadiga yo‘g‘rilgan o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro hamkorligi sanaladi.
Boshqacha aytganda, ta’lim mazmunining o‘qitish metodlari yordamida
o‘zlashtirilishiga erishishdir.
Metod so‘zi umumiy ma’noda muayyan maqsadga erishish usulidir.
O‘qitish metodlari tom ma’noda o‘qituvchining bilimlarni o‘quvchilar ongiga
etkazish va ayni paytda ularni o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirib olish usulidir.
Didaktikada o‘qitish metodlari quyidagi metodologik
va nazariy qoidalarga
asosan ta’riflanadi:
• O‘qitish metodi o‘qitish jarayonining o‘ziga xos pedagogik sharoitida
ob’ektiv reallikni bilish metodlarining ifodasi sanaladi, ya’ni o‘qitish
metodlari
yordamida o‘quvchilarning bilish faoliyati tashkil etiladi va boshqariladi.
• O‘qitish metodlari o‘quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish
maqsadida qo‘llaniladi. Bu ularning asosiy funksiyalari sanaladi,
shuningdek,
mazkur metodlarning undovchi, rag‘batlantiruvchi, uyushtiruvchi va nazorat
qiluvchi funksiyalari ham mavjud.
• O‘qitish metodlari yagona ta’lim jarayonining ikkita sub’ekti bo‘lgan
o‘qituvchining
pedagogik
va
o‘quvchilarning
o‘quv-bilish
faoliyatini
uyg‘unlashtiruvchi, hamkorligini ta’minlovchi faoliyat usulidir.
• O‘qitish metodlari o‘qitishning moddiy vositalari bo‘lgan darslik,
ko‘rgazmali, didaktik va tarqatma materiallar bilan uzviy bog‘langandir.
• O‘qitish metodlari aniq o‘qitish usullaridan
tarkib topadi va pedagogik
jarayonga qo‘llaniladi.
• O‘qitish metodlari o‘zaro bog‘langan faoliyat usullari sifatida darsning
barcha bosqichlari, tashkiliy qism, o‘quvchilarning bilish motivlarini faollashtirish,
yangi mavzuni o‘rganish, o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va
boshqarish, o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlarini
nazorat qilish va baholash,
olingan natijalarni tahlil qilish, uy vazifasini berishda foydalaniladi.
Darsda o‘qitish metodlari doimo muayyan birikma holida qo‘llaniladi.
Darsning har bir bosqichida metodlarning u yoki bu birikmalaridan foydalaniladi.
Mazkur bosqichdagi vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishni ta’minlovchi metod
ustunlik qiluvchi etakchi tizim hosil qiluvchi metod hisoblanadi, qolgan
metodlar
unga bo‘ysunadi. Biologiyani o‘qitishda aksariyat hollarda ko‘rgazmali metod
etakchi o‘rinni egallaydi, boshqa metodlar unga bo‘ysunadi yoki singib ketadi.
Inson faoliyati metodlarining o‘zgarishi, o‘qitish metodlarining boyishiga va
yangilanishiga olib keladi. Axborotlarning globallashuvi sharoitida dasturli o‘qitish,
EHM dasturlari vositasida o‘qitish va h.k. metodlar vujudga keldi.
Didaktikada o‘qitish metodlarini tasniflash munozarali masala bo‘lib,
tasniflash turli asoslar bo‘yicha amalga oshirilgan.
Akademik I.D.Zverev metodlarni o‘qitish manbalari va o‘quvchilar faollik
darajasiga ko‘ra quyidagicha tasniflashni tavsiya etgan.
Mazkur
jadvalga muvofiq, o‘qitish metodlarining 9 guruhini tanlab olish
imkonini beradi.
O‘qitish
manbalari
bo‘yicha
O‘quvchilar faollik darajasiga ko‘ra
Reproduktiv
(qayta aytib berish)
Qisman
qidiruv
tadqiqotchili
k
Og‘zaki
+
+
+
Ko‘rgazmali
+
+
+
Amaliy
+
+
+
Taniqli didaktik olim Yu.K. Babanskiy o‘qitish metodlarini quyidagi
guruhlarga ajratgan:
• O‘qitishning og‘zaki metodlari (hikoya, suhbat, o‘quv ma’ruzasi).
• O‘qitishning ko‘rgazmali metodlari.
• O‘qitishning amaliy metodlari.
• O‘qitishning muammoli-izlanish metodlari.
• O‘qitishning mantiqiy metodlari.
• Mustaqil ishlash metodlari.
• O‘qitishda o‘quvchilar faoliyatini rag‘batlantirish va asoslash metodlari.
• O‘qitishning nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish metodlari.
Quyida o‘qitishning reproduktiv metodlari bo‘lgan og‘zaki metodlari (hikoya,
suhbat, o‘quv ma’ruzasi), ko‘rgazmali, amaliy metodlarining tavsifi beriladi: