Mavzu: Biologiyani o’qitish metodlari va ularning klassifikatsiyasi Reja


O‘qitishning og‘zaki bayon metodlari guruhi



Yüklə 142,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix10.05.2023
ölçüsü142,52 Kb.
#110439
1   2   3   4   5   6
5 ma`ruza

O‘qitishning og‘zaki bayon metodlari guruhi. O‘qitish jarayonida og‘zaki 
metodlardan doimo va muntazam foydalanib kelingan. Bu metodlar metodlar ichida 
ustunlik qilgan davrlar ham bo‘lgan. Hozirgi kunda an’anaviy ta’lim tizimida 
og‘zaki metodlar ustunlik qiladi. Keyingi yillarda og‘zaki metodlarni tanqid qilish, 
ularni o‘quvchilar faoliyatiga faol ta’sir ko‘rsatmaydigan metodlarga kiritish odat 
tusiga aylangan. Metodlarga baho berishda holisonalo yondashish zarur, uning 
ahamiyatini mutlaqlashtirish, bo‘rttirib ko‘rsatish mumkin emas, shuningdek
pasaytirishga ham yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. 
O‘qitishning og‘zaki bayon metodlari qo‘llanilganda o‘qituvchining so‘zi 
o‘quvchilarning bilim olishlari uchun asosiy manba hisoblanadi, ya’ni o‘qituvchi 
o‘quvchilarga so‘zlar vositasida bilim beradi, o‘quvchilar faoliyatini eshitish, fikr 
yuritish, berilgan savollarga javob topishga yo‘naltiradi. SHuning uchun 
o‘qituvchining so‘zi oddiy axborot bo‘lmasdan, balki ishonchli, asoslovchi
o‘quvchilarning faoliyatini faollashtiruvchi ta’sir kuchiga ega bo‘lishi kerak.
O‘qituvchining yorqin, hissiyotli, dalillarga asoslangan, mantiqiy ketma-
ketlikda tuzilgan, ko‘rgazmali hikoya, suhbat, ma’ruzalari hozir ham o‘z qimmatini 


yo‘qotmagan. Og‘zaki metodlar qisqa muddatda katta hajmdagi o‘quv materialini 
o‘quvchilar ongiga etkazish, muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish, ularni hal 
etish yo‘llarini ko‘rsatish, o‘quvchilarning nutqini rivojlantirish imkonini yaratadi. 
SHuningdek, ko‘pchilik metodlar o‘qitish jarayonida og‘zaki metodlar bilan 
uyg‘unlashtirilgan holda qo‘llaniladi. Og‘zaki metodlarning muvaffaqiyatli 
qo‘llanilishi, o‘qituvchining: 
nutq madaniyatini egallaganlik, jumladan, nutqning ravonligi, ovoz kuchi, 
intonatsiya, axborotlarning obrazliligi, ishonchliligi, asoslovchi, isbotlovchi, 
emotsiyali, shaxsiy munosabat bilan yo‘g‘rilganlik darajasiga; 
• axborot texnologiyalari asosida yaratilgan elektron darsliklarda ovoz, 
animatsiya, harakatlarning uyg‘unlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Og‘zaki bayon 
metodlari guruhi o‘z ichiga suhbat, hikoya, ma’ruza metodlarini oladi.

Yüklə 142,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin