Mavzu: Biologiyani o’qitish metodlari va ularning klassifikatsiyasi Reja



Yüklə 142,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix10.05.2023
ölçüsü142,52 Kb.
#110439
1   2   3   4   5   6
5 ma`ruza

Hikoya metodi o‘quvchilarga o‘quv materialini yaxlit holda savollar berib
uzmasdan bayon etishni nazarda tutadi. YAngi mavzu mazmunida yangi 
tushunchalar, ilmiy axborot ko‘p bo‘lgan taqdirda, shuningdek, o‘qituvchi o‘quv 
materiali yuzasidan faol suhbat o‘tkazish imkoni bo‘lmagan, izohlash va 
tushuntirishi lozim bo‘lgan, o‘quv materialining hajmi katta bo‘lib, uni dasturda 
belgilangan vaqtda o‘rganish zarur bo‘lgan hollarda hikoya metodidan foydalanadi. 
Hikoya metodidan darsning qaysi bosqichida foydalanishiga ko‘ra hikoya 
metodining didaktik maqsadi turlicha bo‘ladi. 
Darsning kirish qismida foydalaniladigan hikoya metodi o‘quvchilarning yangi 
mavzu mazmunini idrok qilishga tayyorlash sanaladi. Mazkur jarayonda hikoya 
metodi mazmun jihatdan o‘quvchilarda yangi mavzuni o‘zlashtirishga bo‘lgan 
ehtiyojni vujudga keltirish, barqaror qiziqishni uyg‘otish, dars davomida bajarilishi 
lozim bo‘lgan o‘quv topshiriqlarining maqsadini anglashni ta’minlashga qaratiladi. 
Yangi mavzuni o‘rganish jarayonida foydalaniladigan hikoya metodi mazmun 
jihatdan yangi mavzu mazmuni mantiqiy ketma-ketlikda, izchillikda rivojlantirilib 
boriladi, asosiy tushuncha va atamalar alohida ta’kidlanib, ko‘rgazmali vositalari va 
ishonarli misollar foydalanilgan holda bayon etiladi. 
Darsning yakunlash qismida foydalanilgan hikoya metodida o‘qituvchi 
o‘rganilgan mavzu mazmuni yuzasidan asosiy fikrlarni umulashtiradi, yakunlaydi, 
xulosa chiqaradi, o‘quvchilarga mustaqil ish topshiriqlarini tavsiya etadi. 
O‘quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholashda foydalaniladigan 
hikoya metodi o‘quvchilarning muayyan mavzularni hikoya qilishini taqozo etadi. 
O‘quvchilarning hikoyalari ularning ilmiy dunyoqarashi, nutq va muloqot 
madaniyatini rivojlantirishga zamin tayyorlaydi. Bunda o‘quvchilar yangi mavzu 
mazmunidagi asosiy g‘oyani ajratish, o‘z fikrini asoslash va dalillash, qisqa va 
lo‘nda, mantiqiy ketma-ketlikda bayon etish, ko‘nikmalarini egallaydi. 

Yüklə 142,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin