Mavzu: Biologiyani o’qitish metodlari va ularning klassifikatsiyasi Reja



Yüklə 142,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix10.05.2023
ölçüsü142,52 Kb.
#110439
1   2   3   4   5   6
5 ma`ruza

Hikoya metodini qo‘llashning samaradorligi o‘qituvchining dars rejasini 
puxta tuzishi, mavzu mazmunini yoritishning eng izchil yo‘lini tanlashi, ko‘rgazmali 
vositalar, tarqatma va didaktik materiallarni to‘plashi, bayonning tegishli darajadagi 
ko‘tarinki ruhini ta’minlashni taqoza etadi. Hikoya metodining tarkibiga quyidagi 
metodik uslublar kiradi: 


O‘quv materialini jonli, ob’ektlarga xos xususiyatlarni bayon qilish, 
axborotning ilmiyligi, izchilligi, tushunarliligi, nutqning ravonligi va ifodaliligi 
uslubi.
Suhbat metodi o‘qituvchining o‘quvchilar tomonidan yangi mavzu 
mazmunidagi qonuniyat, tushuncha va atamalarning izchillikda faol o‘zlashtirishini 
ta’minlovchi puxta o‘ylangan savollar vositasida ishlashini nazarda tutadi. Suhbat 
metodi yordamida o‘quvchilarning avval o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalari 
faollashtiriladi, tizimga solinadi, umumlashtiriladi, xulosa chiqariladi va yangi 
o‘rganilayotgan tushuncha bilan o‘zaro aloqadorligi yoritiladi. SHuni qayd etish 
kerakki, o‘quvchilarning avval o‘zlashtirgan bilimlari asosida yangi mavzuni 
savollar yordamida o‘zlashtirish imkonini beradigan mavzular suhbat metodi 
vositasida o‘rganish tavsiya etiladi. Suhbat metodi o‘quvchilarning nazariy 
bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini engillatish, o‘quvchilarning avval o‘zlashtirgan 
bilim va ko‘nikmalari, hayotiy tajribalaridan foydalanib, qator savollar yordamida 
yangi bilimlarni o‘zlashtirish, mazkur bilimlardan amaliyotga qo‘llashni anglab 
olishiga zamin tayyorlashni ko‘zda tutadi. 
O‘quv materialining murakkablik darajasi o‘rtacha bo‘lib, mavzu mazmunini 
mantiqiy tugallangan fikrli qismlarga ajratish, mazkur qismlar bo‘yicha savollar 
tuzish imkoni bo‘lgan, o‘quvchilarning dastlabki bilimlari etarli darajada, ular 
suhbat davomida o‘z fikrlarini aytishlari, asoslashlari va shu bilan bir qatorda yangi 
bilimlarni shunchaki eslab qolmasdan, balki mustaqil idrok etishlari, faol 
egallashlari mumkin bo‘lgan hollarda suhbat metodidan foydalaniladi. 
Suhbat metodi o‘quvchilarning nazariy bilimlarni o‘zlashtirish uchungina 
emas, balki ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, nutqini rivojlantirish, 
taqqoslash, tahlil qilish, mantiqiy fikr yuritish ko‘nikmalarini tarkib toptirishga 
yordam beradi. Suhbat metodining samaradorligi o‘qituvchining mavzu mazmunni 
mantiqiy tugallangan qismlarga ajratish, har bir qism bo‘yicha savollar zanjirini 
tuzish, dars davomida mazkur savollardan o‘z o‘rnida foydalanish, sinf 
o‘quvchilarining bilish faoliyatini faollashtirish va savollarga javob topishga 
yo‘llashi, har bir o‘quvchining rag‘batlantirishi, o‘quvchilarning esa o‘z fikrini 
lo‘nda va qisqa bayon etish, dalillash ko‘nikmalarini egallaganlik darajasiga bog‘liq 
bo‘ladi.
Mazkur metod tarkibiga suhbat savollarini ketma-ketlikda qo‘yish, yordamchi 
va qo‘shimcha savollarni o‘z vaqtida berish, o‘quvchilarni faollashtirish, 
o‘quvchilar javobidagi xatolarni to‘g‘rilash, xulosa va umumlashtirishni tarkib 
toptirish uslublari kiradi

Yüklə 142,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin