O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti zoyirov Laziz Subxonovich Raimjanova Madina Asrarovna Saidov Rasulbek Boltabayevich Shoislomova Nargiza Qobilovna investitsiya loyihalari ekspertiza



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/100
tarix20.11.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#166138
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   100
Инвестиция лойиҳалари экспертизаси DARSLIK

Takliflarni ko’rib chiqish va baholash bayonnomasida quyidagi axborot 
bo’lishi kerak: 

tender takliflari ko‘rib chiqiladigan hamda baholanadigan sana va vaqt 
to‘g‘risidagi; 

hozir bo‘lgan xarid komissiyasi a‘zolarining va tender ishtirokchilari 
vakolatli vakillarining tarkibi haqidagi; 

takliflari ko‘rib chiqilgan tender ishtirokchilari to‘g‘risidagi; 

takliflari ularni rad etishning aniq sabablari ko‘rsatilgan holda rad etilgan 
tender ishtirokchilari haqidagi; 

tender g‘olibi to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqidagi; 


79 

tender g‘olibining nomi (yuridik shaxs uchun), familiyasi, ismi, otasining 
ismi (jismoniy shaxs uchun), turgan joyi (pochta manzili). 
Takliflarni ko‘rib chiqish va baholash bayonnomasi xarid komissiyasining 
barcha a‘zolari tomonidan imzolanadi hamda undan olingan ko‘chirma u 
imzolangan kundan e‘tiboran uch ish kuni ichida maxsus axborot portalida e‘lon 
qilinadi. 
Tenderning istalgan ishtirokchisi takliflarni ko‘rib chiqish va baholash 
bayonnomasi e‘lon qilinganidan so‘ng davlat buyurtmachisiga tender natijalari 
bo‘yicha tushuntirishlarni taqdim etish to‘g‘risida so‘rov yuborishga haqli. Davlat 
buyurtmachisi bunday so‘rov kelib tushgan sanadan e‘tiboran uch ish kuni ichida 
tender ishtirokchisiga tegishli tushuntirishlarni taqdim etishi shart. 
Davlat buyurtmachisi berilgan takliflarni qabul qilish tugaydigan paytga qadar 
ularni muhokama qilishga haqli emas. 
Tender natijalari bo‘yicha shartnoma tender hujjatlarida va shartnoma 
tuzilayotgan tender ishtirokchisi tomonidan berilgan taklifda ko‘rsatilgan shartlar 
asosida tuziladi. 
Tender ochiq va yopiq shaklda o‘tkaziladi, ochiq shaklda mulkchilik 
shaklidan qat‘iy nazar barcha sub‘ektlar qatnashishi mumkin, yopiq shakl 
ishtirokchilari va uning o‘tkazilishi faqatgina Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
belgilanadi. Ochiq tenderlar o‘tkazilishidan 1-3 oy oldin e‘lon qilinadi, e‘lonlar 
chop etiladigan davriy nashrlar ro‘yxati Davarxqurilish komiteti bilan kelishib 
olinadi. Odatda, e‘lonlar Xalq so‘zi, Narodnoe slovo gazetalarida chop etiladi. 
Yopiq tenderlarda esa buyurtmachi avvaldan belgilangan pretendentlarga savdoda 
qatnashishga taklifnomalar jo‘natadi va tender faqatgina ularning orasida 
o‘tkaziladi.
Tenderlar buyurtmachi joylashgan binoda o‘tkaziladi, aynan shu erda 
tenderga kelib tushgan takliflar – ofertalar baholanadi, tahlil qilinadi. Ofertalar 
yopik konvertlarda tender komissiyasi nomiga yuboriladi, ular 1 vaqtda 1 joyda 
ochiladi va o‘qiladi. Tender forumida pretendentlar yoki oferentlar vakillari 
qatnashishi mumkin. Ofertalar quyidagi kriteriylar bo‘yicha baholanadi: taklif 


80 
qilinayotgan qurilishlar xizmatlari qiymati; qurilishni bajarish muddati; qurilish 
ishlari tartibi; tajribali subpudratchilarni jalb qilish imkoniyatlari; boshqa texnik
tijorat aspektlari va afzalliklari. Tenderda golib yashirin ovoz berish yo‘li bilan 
aniqlanadi. Tender natijalari komissiya tomonidan tasdiqlangach, tender savdolari 
tugallangan deb hisoblanadi.
Tenderga bironta ham oferta kelmasa, yoki kelgan ofertalar tender talablariga 
mos kelmasa, tenderlar o‘tkazilmaydi, keyinga qoldirilishi mumkin. Shuningdek, 
taklif etilayotgan narxlarning eng kichigi ob‘ektning haqiqiy bahosidan sezilarli 
darajada katta bo‘lsa ham tenderlar qaytadan o‘tkazilishi mumkin. Tender 
muvaffaqiyatli tugagach, golib aniqlangan, buyurtmachi golibga xabarnoma – 
tender ofertasining aktseptini yo‘llaydi va u bilan qurilish shartnomasini imzolaydi.
Qurilish ishlarida olib boriladigan tenderlar O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkakmasining 03.09.1998y.dagi 375-sonli qaroriga muvofiq amalga 
oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kapital qurilishda iqtisodiy 
islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida» 2003 yil 6 
maydagi PF-3240-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda kapital qurilish 
sohasida tovarlar, ishlar va xizmatlar xaridining yagona tizimini yaratish, tanlov 
savdolarini tashkil etish va o‘tkazish mexanizmini yanada takomillashtirish 
maqsadida Vazirlar Mahkamasi ―Kapital qurilishda tanlov savdolari tizimini 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖ gi (2003 yil 3 iyul, 302-son) qarori
qabul qilingan. Ushbu qarorda ―O‘zbekiston Respublikasi hududida kapital 
qurilishda tanlov savdolari to‘g‘risida‖gi nizom tasdiqlangan. 
2000 yil 21 noyabrda 456-son bilan Vazirlar Mahkamasining ―Tender 
savdolarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi qarori 
qabul qilindi va unga ko‘ra ―Xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-
uskunalar xarid qilish bo‘yicha tender savdolari o‘tkazish to‘g‘risida‖gi nizom 
tasdiqlandi.
Ushbu nizomga ko‘ra tender savdolari 100 ming AQSh dollariga teng 
miqdordan ortiq bitta kontrakt bo‘yicha tovarlar etkazib berishni amalga oshirishda 
o‘tkaziladi. 


81 
Kamida 1 ming AQSh dollari summasidagi bir kontrakt bo‘yicha etkazib 
berishda xarid tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning narxi, sifati va etkazib berish 
muddatlari bo‘yicha eng maqbul shartlarni taklif etgan etkazib beruvchilar bilan 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
Bir ming AQSh dollaridan 100 ming AQSh dollarigacha summaga bitta 
kontrakt bo‘yicha etkazib berishda xarid: 
xarid qilinadigan tovarlar, ishlar va xizmatlarning tavsifnomasini, sonini, 
bajarish muddatini va tovarni etkazib berish joyini ko‘rsatgan holda takliflarni 
etkazib beruvchilarga yoki pudratchilarga yuborish; 
etkazib beruvchilar yoki pudratchilar e‘lon qilgan narxlar va tavsifnomalarni 
taqqoslash yo‘li bilan buyurtmachilar tomonidan tashkil etiladigan idoraviy tanlov 
komissiyalari tomonidan baholanadigan eng yaxshi takliflarni tanlab olish yo‘li 
bilan amalga oshiriladi. 
Idoraviy tanlov komissiya buyurtmachining rahbar xodimlari va vakolatli 
mutaxassislaridan kamida uch nafardan iborat bo‘lgan tarkibda tuziladi. Idoraviy 
komissiyaning qarori protokol bilan rasmiylashtiriladi. 

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin