Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish



Yüklə 10,48 Kb.
tarix14.10.2023
ölçüsü10,48 Kb.
#155181
Pedagogik diagnostika va korreksiya ning o‘quv fani sifatida sh


Tezis
PEDAGOGIK DIAGNOSTIKA ASOSIDA UZLUKSIZ TA’LIMDA
TARBIYAVIY ISHLARNI REJALASHTIRISH

Tarbiyaviy ishiarni rejalashtirishda pedagogik diagnostika imkoniyatlaridanfoydalanish. Tarbiya jarayonining mohiyati shu jarayon uchun xarakterli bo’lgan va muayyan qonuniyatlarda namoyon bo’ladigan ichki aloqa va munosabatlami aks ettiradi. Ko’hna tariximizning qaysi davrini eslamaylik, din har doim odamlami o’zo’zini idora etishga, yaxshi xislatlami ko’paytirib, yomonlaridan xalos bo’lishiga chorlagan. Har bir insonga, oila, jamoa, xalqqa rahnamo bo’lgan. Kishilami og’ir sinovlarga bardosh berishga, yomg’ kunlarga intilib yashashga da'vat qilgan, ishontirgan. Bunday da‘vat o’z navbatida odamlarga kuch-quwat bag’ishlagan, irodasini mustahkam qilgan, bir-biriga mehr-oqibatini oshirgan. Tarbiyaviy ishlami rejalashtinshda tarbiyaning bir qancha turlari mavjudligini tarbiyachi aniq anglashi lozim va tarbiyaviy tadbir nima maqsadda rejalashtirilayotganligini, undan kutilajak natija qanday bo’lishi lozim, degan savolga javob topishi kerak. Tarbiyaning quyidagi turlari farqlanadi: aqliy tarbiya: bilim, ilm, malaka, ko’n ikma; aql, ong, faxm; axloqiy tarbiya: axloq, odob, xulq, yaxshilik, adolat, insof, diyonat, sharm, hayo, vatanparvarlik va boshqalar; mexnat tarbiyasi: faollik, ishchanlik, tadbirkorlik, ishbilarmonlik; aqliy ish, jismoniy mexnat; jismoniy tarbiya: chiniqish, jismoniy o’yinlar; nafosat tarbiyasi: go’zallik, kiyinish madaniyati, muomala madaniyati, saranjom-sarishtalik; ekologik tarbiya: tabiat, atrof-muhit, flora va faunaga soglom yondashuv; iqtisodiy tarbiya: tejamkorlik, bozor iqtisodiyoti, sarf, isrof; foyda, mulk, mulkka egalik, tadbirkorlik; huqo’qiy tarbiya: insonparvarlik, burch, vijdon, tenglik, adolat, to’g’rilik, xalollik kabi tushunchalarni shakl 1 antiradi.O’zbek xalqining etnopedagogikasi umuminsoniy va milliy tarbiyaning qudratli omili, vositasidir. Turkiy xalqlar o ’z bolalarini yoshlikdan uy-ro’zg’or mehnatiga o’rgatishga katta e‘tibor bergan. O’zbek xalq pedagogikasi bolalarga-kimki yaxshi mehnat qilsa, yaxshi buyum tayyorlasa, u yaxshi usta, degan g’oya singdirilgan.Bundan tarbiya jarayonida: “Avval bil, keyin qil”, “avval o’rgan, keyin o’rgat”, “Aql ko’pga yetkazar, hunar ko’kka”, “Ustoz shogird-jonsiz kesak”, “Ustoz ko’rmagan shogird-har maqomdayurg’alar” kabi maqollarning ahamiyati katta bo’lgan.O’zbek xalq pedagogikasi da qo’llanib kelingan tarbiya usullari yoshlarga o’zaro izzat-hurmatda bo’lish, qadr-qimmatni anglash, samimiylik, iltifotlilik, haqiqatlilik, mardlik, jasurlik, mehribonlik kabi msoniy fazilatlarni singdirishga xizmat qilgan. Bolani elga manzur, odobli farzand qilib tarbiyalash ota-onaning burchi hisoblangan. O’zbek xalqi yaratgan maqol, naql, afsona, rivoyat, hikoyatlarda ma‘naviy axloqiy ideallar, ibratli, qiziqarli o’gitlar shaklida bayon etilgan. “Hurmat qilsang, hurmat ko’rasan”, “Har kim ekkanin o’radi”, “Bola aziz, odobi undanda aziz” kabi maqollar shular jumlasidandir.Bayon qilingan pedagogik fakt va mulohazalar o’qituvchining axloqiy fazilatlari tarbiyachilik ishining va tarbiyashunoslik ilmining tarkibiy qismi sifatida pedagog diagnostika elementlarining qo’llanilishii zaminida vujudga kelib, asrlar davomida sayqallanib, takomillanib borganidan dalolat beradi. O’zbek oilasining bola tarbiyasi bobida to’plagan tarixiy tajribasi, milliy axloqiy qadnyatlarimiz o’qituvchi odobining bebaho manbai, bitmas tuganmas sarchashmasidir.
Tarbiyaviy ishlami rejalashtirishda pedagogik diagnostika imkoniyatlari keng.

Uzluksiz ta’lim tizimida tarbiyaviy ishlami rejalashtirish, tarbiyaviy jarayonni boshqarish strategiyasini ishlab chiqishni talab qiladi. Ta’lim-tarbiya sifatini oshirish va uni sifatli rejalashtirishda monitoring ishlarini tashkil etish, pedagogik-psixologik va funksional vazifalami, natijalami o’zida aks ettiruvchi ko’pqirrali tizimni yaratish


-har tomonlama barkamol, intellektual jihatdan rivojlangan shaxsni tarbiyalash g’oyasiga monand keladi.
Tarbiya sifatini oshirishda tarbiyachining muvofiqlashtirish funksiyasini amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. “Mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan va kasb-hunarlami puxta egallagan, o’z yurti, o’z xalqiga fidoyi, biz boshlagan ishlami davom ettirishga qodir bo’lgan, har tomonlama sog’lom avlodni yengib bo’ladimi? Bugun biz o’z oldimizga quygan yuksak maqsadlarga yetishda ana shu navqiron avlodimiz hal qiluvchi kuch bo’lib may donga chiqayotgani barchamizga. g’urur va iftixor bag’ishlaydi1. Darhaqiqat, XXI asrda ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlar rivojida inson aql zakovati va ma’naviyati asosiy muvofiqlashtiruvchi, rivojlantiruvchi omil va vosita ekanligi tobora namoyon bo’lmokda. Shuning uchun insonparvarlik bozor iqtisodiyoti asosida huquqiy, demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurilishining bosh tamoyili sifatida may donga chiqdi.
Ma’lumki, ta’lim-tarbiya sifati - kasbiy anglashning kompleks tavsifi bo’lib, zamonaviy rivojlanish bosqichida iqtisodiy taraqqiyot talablariga mos kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli yurituvchi mutaxassis qobiliyati va ish faoliyati bilan belgilanadi.
Tarbiyaviy ishlami diagnostika qilishda tashxis qiluvchining muvofiqlashtirish funksiyasi qo’yilgan maqsadlarga erishishiga yordam beradigan yangi holatga samarali tarzda o’tishni ta’minlaydi. Bu quyidagi tashxislash bosqichlarida namoyon bo’ladi:
- birinchidan, har qanday tarbiyaviy ish maqsadli faoliyatdir;
- ikkinchidan, tarbiyaviy ish boshqa barcha faoliyat turlaridan farq qiladi;
- uchinchidan, tashxislanuvchining yoshi, jinsi, motivlar doirasi inobatga olinadi;
- to ’rtinchidan, tarbiyaviy ishning bir sifat holatidan boshqa yuqoriroq sifat holatiga o’tish zarurati bilan xarakterlanadi.
Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishni tashxis etish. Tarbiyaviy ishlami rejalashtirishni tashxis etish bir necha yo’nalishlarda amalga oshiriladi. Ta’lim muassasadagi tarbiyaviy ishlaming maqsadga yo’nalganligi va uyushqoqligini ta’minlaydigan sub’ektlaming faoliyati o’rganioladi; rejalashtirish, tashkillashtirish, rahbarlik qilish va nazorat qilish ahvoli tashxislanadi; tarbiyaviy ishlami rejalashtirishda ular maqsadga yo’naltirilganlik, tizimlilik, prognostiklik, davriylik xususiyatlariga ega bo’lsa, samara berishi mumkinligi qayd etiladi.Tarbiyaviy ishlami oqilona rejalashtirilganligini tashxislashda:
a) tarbiyaviy ish mexanizmi ob’ektning murakkabligiga va sub’ekt imkoniyatlariga mos kelsa;
b) yetarli zahira (vaqt, boshqaruvdagi yechimlar va b.) mavjud bo’lsa;
v) mezonlar to’g’ri tanlangan bo’lsa;

g) yaxshi rivojlangan teskari aloqa tizimi mavjud bo’lsa;


d) inson omili hisobga olingan bo’lsa samarali natija berishi inobatga olinadi.
Tarbiyaviy ishlaming samarasini tashxislash natijasida tarbiyachining muvofiqlashtirish funksiyasini rejalashtirish, tartibga solish, nazorat qilish va baholash vazifalari bilan uyg’unlikda bajarilishi umumiy o’rta ta’lim maktab o’quvchilarining intellektual jihatdan voyaga yetishiga, ma’naviy barkamol shaxs bo’lib shakllanishiga va pedagog xodimlaming ilmiy-ma’naviy jihatdan o’sishiga, siyosiy va fuqarolik pozitsiyasining mustahkamlanishiga olib keladi.
Yüklə 10,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin