O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti zoyirov Laziz Subxonovich Raimjanova Madina Asrarovna Saidov Rasulbek Boltabayevich Shoislomova Nargiza Qobilovna investitsiya loyihalari ekspertiza



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/100
tarix20.11.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#166138
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   100
Инвестиция лойиҳалари экспертизаси DARSLIK

T/r 
Nomi 
1-sinf 
2-sinf 
3-sinf 
1. 
Koplash koef. (Q.k) 
K.k 


2
1>q.k>0,5 


137 
2. 
Likvidlik koef.(K.l) 
K.l

1.5 
1.5
1>k.l>0,5 
3. 
Muxtoriyat koef.(Km) 
K.m

60% 
60%3 0% 
30%>k.m>15% 
Agar korxona 1-sinfga kiritilsa, unda umumiy asoslarda kreditlanadi. Ularga 
nisbatan kredit berishning imtiyozli tartibi ham nazarda tutilishi mumkin, ya‘ni 
ishonch krediti berilishi, qo‘shimcha ma‘lumotlar va hisob-kitoblarsiz kredit 
berilishi va boshqa imtiyozlar taqdim etilishi mumkin. 
Agar korxona 2-sinfga kiritilsa, xo‘jalik yurituvchi sub‘ekt manfiy 
qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ega bo‘lsa, beqaror (barqaror emas) deb hisoblash 
lozim, bunday korxonalar bilan kredit shartnomalari tuzilganida uning faoliyati va 
kreditning qaytarilishi ustidan nazoratning qo‘shimcha choralari ko‘zda tutilishi 
kerak. Xususan, garov huquqi qattiqlashtirilishi, foiz stavkalari oshirilishi, 
kafolatlar berilishi hamda kreditdan foydalanish miqdorlari va muddatlari 
cheklanishi kerak. 
Agar korxona 3-sinfga kiritilsa, bu korxonalarga faqat favqulodda hollarda 
yuqori tashkilot kafolatlari yoki oshirilgan foiz stavkasini undirish bilan mol-mulk 
garovga qo‘yilgandagina kreditlanadi. 
Kreditga layoqatlilikni mustahkamlash yo‘llari deganda, bu iloji boricha 
asosiy va qo‘shimcha ko‘rsatkichlarni yuqori bo‘lishini ta‘minlashdir. Demakki, 
har bir ko‘rsatkich bo‘yicha yuqorilikka erishishdir. Buning uchun korxona 
barqaror ishlab chiqarish jarayonini birinchi galda tashqil etishi lozim. Pul 
mablag‘larining ortishi korxonaning birlamchi to‘lovlarni oshirish uchun kerak 
mablag‘larga bo‘lgan extiyojlarni kamaytiradi va korxonada ishlab chiqarish 
maromiyligi buzilmasligiga olib kelishi mumkin. 
O‘z aylanma mablag‘lari bilan ta‘minlanish koeffitsienti bo‘yicha esa, yuqori 
natijalarga erishish uchun o‘z mablag‘lari manbaini ortishini ta‘minlash kerak. 
Chunki oborotda ishlatiladigan mablag‘larda o‘z aylanma mablag‘lari ulushi 
qancha ko‘p bo‘lsa, uning kreditga layoqatliligi ortadi. Uzoq muddatli aktivlar 
ortishi salbiy ta‘sir etsada, ularning ortish tempini o‘z aylanma mablag‘lari mavjud 
summasini ortish tempidan pastrok bo‘lishini ta‘minlash zarur. Yana korxonada 


138 
o‘z aylanma mablag‘larini immobilizatsiyasiga yo‘l qo‘ymaslik zarur, ya‘ni 
ularning o‘z maqsadidan boshqa maqsadlarda ishlatilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. 
Chunki ular immobilizatsiyasiga yo‘l qo‘yilsa, ularning balans bo‘yicha 
hisoblangan qiymatidan haqiqatda oborotda qatnashayotgan aylanma mablag‘lari 
kam chiqadi. Buning natijasida esa, aylanma mablag‘lari aylanish koeffitsienti 
pasayadi, oqibatda o‘z aylanma mablag‘lari etishmovchiligi yuzaga keladi. 
Kreditga layoqatlilik tahlilida aylanma mablag‘lari immobilizatsiyasini ham 
hisobga olish kerak. Kreditga layoqatlilikni mustahkamlash yo‘llaridan yana foyda 
va rentabellik ko‘rsatkichlarini oshirish hisoblanadi. Korxona sof foydasi o‘tgan 
yilga nisbatan hisobot yilida ortishini ta‘minlash lozim, buning uchun esa unga 
salbiy ta‘sir etuvchi omillar kamayishi va ijobiy ta‘sir etuvchi omillar ko‘payishini 
ta‘minlash kerak. 

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin