Nazorat savollari:
1.
Investitsiya loyihalarini ekspertizasida inflyatsiya omili qanday ta‘sir ko‘rsatishi
mumkin?
2.
Yillik inflyatsiya darajalarini hisoblash usullarini bilasizmi?
3.
Kapital qo‘yilmalarni hudud va tarmoqlar bo‘yicha baholash deganda nimani
tushunasiz?
4.
Inflyatsiyaning qanday turlari mavjud?
5.
Inflyatsiya sharoitida foiz stavkalari tahlili deganda nimani tushunasiz?
6.
Investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari qanday turkumlanadi?
7.
Moliyalashtirish manbalari dinamikasi va tarkibini tahlili deganda nimani
tushunasiz?
8.
Moliyaviy resurslarni jalb qilish usullarini bilasizmi?
9.
Investitsion tahlilni tashkil etishning shart-sharoitlari qanaqa?
10.
Investitsiya loyihalarini ekspertiza qilishda dasturiy ta‘minotlar deganda
nimani tushunasiz?
165
11.
Sudraluvchi inflyatsiya deganda nima tushuniladi?
12.
Shiddatli inflyatsiya deganda nima tushuniladi?
13.
Giperinflyatsiya deganda nima tushuniladi?
14.
Revalvatsiya deganda nima tushuniladi?
15.
Devalvatsiya deganda nima tushuniladi?
166
IX-BOB. INVESTITSIYA LOYIHASI BO’YICHA RISKLAR VA
ULARNI BAHOLASH
9.1.Investitsiya faoliyatida risklar, ularning mazmuni, mohiyati va
nazariy asoslari
Milliy iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va
modernizatsiyalash, korxonalarni zamonaviy texnika bilan qayta jihozlash hamda
raqobatga bardoshli mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida mamlakatdagi
barcha mavjud sarmoyalar safarbar qilina boshlandi, shuningdek, xorijiy
investitsiyalarni keng jalb etish, ayniqsa, yetakchi tarmoqlarda chet el sarmoyasi
ishtirokini kengaytirish yo‘lga qo‘yildi. Shu maqsadda respublika hukumati
tomonidan mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri
kirib kelishi uchun qulay investitsiya muhitini yaratishga qaratilgan investitsiya
siyosati o‘tkazilmoqda.
Bizga ma‘lumki, biror bir hududga investitsiya kiritishdan avval, ushbu
hududning investitsiya muhitini o‘rganish, investitsiya loyihasiga ta‘sir etuvchi
risklar, ularning vujudga kelish sabablari, risklarni miqdoriy va sifat jihatdan tahlil
qilish, shuningdek, risk ehtimollarini oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar haqida
aniq ma‘lumotlarga ega bo‘lish lozim. Respublikamizdagi tijorat banklarining
loyihaviy moliyalashtirish faoliyati davr talabiga mos holda rivojlanib, nafaqat
bank hodimlari, balki investitsiya faoliyatining barcha ishtirokchilari investitsiya
loyihalarini moliyaviy-iqtisodiy tahlil qilish va moliyalashtirishda investitsiya
risklarini tahlil qilish, baholash va boshqarish hamda risklarni pasaytirish chora-
tadbirlari haqida aniq ma‘lumotlarga ega bo‘lishlari lozim.
Investitsion faoliyat ma‘lum miqdordagi moliyaviy resurslarni talab qiladi. Bu
sarflangan resurslardan investorlar ma‘lum daromad, foyda olishni ko‘zlaydi.
Mazkur foyda esa investorlarning harajatlarini, inflyatsiya omilini, tadbirkorlik
riskini qoplashi lozim. Ammo amaliyotda investorlar har doim ham kutilgan,
167
rejalashtirilgan natijalarga erisha olmaydilar. Buning asosiy sabablaridan biri –
risklarning mavjudligidir.
Investitsion faoliyatda risk – bu investitsiyalarni qisman yoki to‘liq yo‘qotish,
kutilgan daromaddan kamroq yoki ko‘proq foyda olish, loyihada ko‘zlangan
maqsadlarga erisha olmaslik ehtimolidir. Loyihadan qanchalik ko‘p miqdorda
daromad kutilsa, u shunchalik yuqori riskli hisoblanadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda risk tushunchasi qator iqtisodchi olimlar tomonidan
turlicha ta‘riflanadi. ―Risk‖ so‘zi ispancha-portugalcha so‘zdan olingan bo‘lib,
―rif‖, ―suv ostidagi qoya‖ degan ma‘nolarni bildirib, bu qoyani mohirona aylanib
o‘tish ma‘nosini, ya‘ni xavf-hatar bilan bog‘liqligini bildiradi
24
. Taniqli
lug‘atshunos S.I.Ojegovaning rus tili izohli lug‘atida ―risk - bu muvaffaqiyatga
intilish, baxtli hodisaga umid‖ degan ma‘no anglatadi deyilsa, mashhur Webster
lug‘atida riskka ―xavf, zarar va talafot ko‘rish ehtimoli‖ deb qaralgan
25
.
Riskni
talqin
qilishda
akademik
M.Sharifxo‘jaev
va
professor
Yo.Abdullaevlarning hammualliflikdagi ―Menejment: 100 savol va javob‖
kitobida ham mantiqiy, ham lug‘aviy ma‘nodan kelib chiqib yondashilgan.
Ularning o‘zbek tilining izohli lug‘atiga tayanib bergan fikricha :
- xavf - biror ko‘ngilsiz hodisa yoki falokat yuz berish ehtimolligi; xatar;
qo‘rqinch;
- xatar - biror baxtsizlikka, falokatga olib kelishi mumkin bo‘lgan sharoit;
xavf, tahlika;
- xavf-xatar - xavf va xatar, biror narsadan qo‘rqish;
- tavakkalchilik - bu oqibatning yaxshi bo‘lishiga umid bog‘lab, xavf
ehtimolligini zimmasiga olgan holda qilinadigan harakat;
- tavakkalchilik - bu resurs yoki daromaddan to‘la yoxud qisman yo‘qotish
xavfi;
- tavakkalchilik - bu noaniqlik sharoitida har qanday dovyurak menejer uchun
tabiiy holat, vaziyat. Tavakkalchilik botirning ishi;
24
Инвестиции: Учеб. пособие для студентов вузов, обучающихся по направлению подготовки
«Экономика»/ Б.Т.Кузнецов. – М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2006. с-310.
25
Mirzaev F.I. Moliyaviy risklarning turlari, tasnifi, boshqarish va baholash usullari. - Toshkent: Moliya,2006.12–b.
168
- tavakkalchilik - bu omadsiz oqibatning miqdoriy baholanishi.
Iqtisodchi olima E.Stoyanova fikricha: ―risk - bu rejalashtirilgan variantga
nisbatan daromad ola bilmaslik yoki zarar ko‘rish ehtimolidir‖. ―Risk‖
tushunchasiga juda yaqin bo‘lgan ―noaniqlik‖ tushunchasi bir qator iqtisodchi
olimlar tomonidan riskning ba‘zi bir turlarini tasniflash uchun sinonim sifatida
qo‘llaniladi. Professor V.N.Livshits ―noaniqlik deganda investitsiya loyihasini
amalga oshirish shart-sharoitlari to‘g‘risidagi ma‘lumotlarning to‘liq emasligi yoki
aniq emasligi tushuniladi, loyiha riski deganda esa, loyiha ishtirokchilari
tomonidan loyihani amalga oshirishning salbiy baholangan shart-sharoitlarining
paydo bo‘lish ehtimolidir, ana shu jihatdan risk noaniqlikka qaraganda
sub‘ektivdir‖, deya izohlaydi.
Professor A.V.Vaxabov ―Investitsion risk umumiy moliyaviy riskning
tarkibiy qismi bo‘lib, o‘zida moliyaviy yo‘qotishlar ehtimolini va
investitsiyalardan daromadlarni to‘liq ololmaslik yoki qo‘shimcha investitsion
xarajatlarning paydo bo‘lishini namoyon etadi‖
26
, deb ta‘rif beradi.
Riskning mohiyatiga berilgan ko‘plab ta‘riflarning tahlili risk vaziyatini
keltirib chiqaruvchi asosiy jihatlarni ajratib ko‘rsatish imkonini beradi: yuzaga
kelgan holatning tasodifiy xususiyati; muqobil qarorlarning mavjudligi; kutilajak
natijaning ma‘lumligi yoki aniqlash ehtimolining mumkinligi; zararlar yuzaga
kelish ehtimoli; qo‘shimcha daromad olish ehtimoli.
Yuqoridagi ta‘riflardan ko‘rinadiki, riskni tushunishda umumiy qilib
aytganda, ikki xil qarash mavjud. Birinchidan, risk – bu ob‘ektiv, ya‘ni xavf-xatar,
muvaffaqiyatsizlik va uning natijasida resurslarining bir qismidan yoki butunlay
ajralish, rejalashtirilgan daromadni ololmaslik, zarar ko‘rish, deb qarash.
Ikkinchidan, risk - bu sub‘ektning xavf-xatar, muvaffaqiyatsizlik, zarar ko‘rish
ehtimolini bila turib, yaxshi natijaga erishish umidida faoliyatni amalga oshirish,
deb tushunish. Demak, ikkinchi xil qarashda risk faoliyatdir, faoliyat boshlash yoki
boshlamaslikning sharti. Fikrimizcha, riskka bunday ta‘rif berish ham ma‘qul
26
A.V.Vaxabov, Sh.X.Xajibakiev, N.G.Muminov. Xorijiy investitsiyalar. O‘quv qo‘llanma. / i.f.d., professor
A.V.Vaxabovning umumiy tahriri ostida. – T.: ―Moliya‖, 2010, 165-b.
169
emas. Chunki riskni sub‘ektning tanlov asosidagi faoliyati, deb tushungan
holatimizda uni har xil turlarga bo‘lib o‘rganish va tasniflashga hojat qolmas edi.
Shundan ko‘rinadiki, o‘zbek iqtisodchi-olimlari ham riskni xavf-hatar va
tavakkalchilik tushunchalari bilan ifodalaydi. Riskni - yo‘qotish ehtimoli (misol
uchun foydani, aylanma mablag‘ni, kapitalni, mulkni va h.k.) ma‘nosida tushunish
mumkin.
Hozirgi kunda loyiha risklari deganda loyihani amalga oshirish natijasida
ko‘zlangan daromadlarning pasayishiga sabab bo‘ladigan vaziyatlar majmuasi
tushuniladi. Shu bilan birga loyiha riski investitsion loyihani amalga oshirishga
halaqit beradigan yoki loyiha samaradorligini pasaytiradigan risklarning
yig‘indisini ham anglatadi.
Riskni ma‘lum bir qarorni qabul qilish natijasida zahiralarni yo‘qotish
imkoniyati, daromadlarni ololmaslik yoki qo‘shimcha harajatlar zarurati sifatida
belgilash mumkin. Risk bashorat qilinayotgan loyihani amalga oshirishda haqiqiy
sharoitlardan ozgina chekinilganda daromadlarni ololmaslik yoki zararlarning
paydo bo‘lib qolish ehtimoli, deb tushunish mumkin. Risklarning paydo bo‘lish
sabablari turlichadir. Masalan, ma‘lumotlarning tanqisligi yoki to‘liq bo‘lmasligi,
tashqi va ichki muhitdagi harakatlar (raqobatchilar, ishchilar holati, xukumat va
boshqalarning harakatlari) va h.k. ―Risk‖ tushunchasiga juda yaqin bo‘lgan
―noaniqlik‖ tushunchasi riskning aniq turlarini tasniflash uchun sinonim sifatida
qo‘llaniladi. Noaniqlik - bu investitsion loyihani amalga oshirish shart-sharoitlari
haqidagi ma‘lumotlarning to‘liq yoki aniq emasligidir. Masalan, inflyatsiya
haqidagi, texnika-texnologiyalardagi o‘zgarishlar haqidagi, loyiha quvvatining,
ob‘ektning qurilish va foydalanishga topshirish muddatlari, xarajat va natijalarning
noto‘g‘ri hisob-kitob qilinishi kabi ma‘lumotlarning to‘liq yoki aniq emasligi
natijasida noaniqlik yuzaga keladi.
Loyihani amalga oshirish jarayonida yuzaga kelish imkoniyati bilan bog‘liq
ko‘ngilsiz holatlar va oqibatlar risk tushunchasi bilan izohlanadi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, investitsiya loyihalari kelajakka qaratilganligi
sababli, ularni amalga oshirish natijalarini aniq tahmin qilish muammodir. Bunday
170
loyihalar kutilishi mumkin bo‘lgan risklar va noaniqliklarni hisobga olgan holda
bajarilishi kerak. Investitsion qaror bir qator kutilishi mumkin bo‘lgan oqibatlarga
ega bo‘lgan hollarda, qaror riskli yoki noaniqliklarga ega, deb ataladi.
Bugungi kunda biz nafaqat risklar haqida ma‘lumotlarga egamiz, balki ularni
tahlil qilib, baho berib, risklarni boshqarish imkoniyatiga egamiz. Lekin tahlilni
ham, risklar boshqaruvini ham birinchi bosqichi - bu risk turini aniqlashdir.
Investitsion loyihani ishlab chiqishda va amalga oshirish davrida yuzaga kelishi
mumkin bo‘lgan risklarning har bir turini alohida hisobga olish, o‘rganish va tahlil
qilish, aniqlash hamda ularni pasaytirish choralarini ishlab chiqish zarur bo‘ladiki,
bu risklarga qarshi kurashishning eng samarali usuli hisoblanadi. Bunda risklarning
o‘ziga xos xususiyatlarini ham e‘tiborga olish maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: |