O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti zoyirov Laziz Subxonovich Raimjanova Madina Asrarovna Saidov Rasulbek Boltabayevich Shoislomova Nargiza Qobilovna investitsiya loyihalari ekspertiza



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/100
tarix20.11.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#166138
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   100
Инвестиция лойиҳалари экспертизаси DARSLIK

 
9.2.
 
Investitsiya loyihalariga ta’sir etuvchi risklarning tasniflanishi va 
xususiyatlari
 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida risklarning bir necha turlari mavjud bo‘lib, 
investitsiya risklarini turli belgilar bo‘yicha tasniflash mumkin. 
1. Tarkibi bo‘yicha risklar quyidagilarga bo‘linadilar: iqtisodiy risk; siyosiy 
risk; ijtimoiy risk; ekologik risk; texnologik risk; tijorat riski; informatsion risk va 
boshqalar. 
2. Muddati bo‘yicha risklar quyidagilarga bo‘linadilar: qisqa muddatli risklar;
uzoq muddatli risklar. 
3. Olinadigan natijaga qarab risklar: sof risklar va spekulyativ risklarga 
bo‘linadi (9.1-rasm).
Sof risklar salbiy natijani olish imkonini anglatadi. Unga ekologik, siyosiy, 
tabiiy, transport va tijorat risklari (mulkiy, ishlab chiqarish, savdo risklari) 
tegishlidir. 
Spekulyativ risklar ham ijobiy, ham salbiy natijalarni olish imkoniyatida 
namoyon bo‘ladi, ular moliyaviy risklardan iboratdir.


171 
Moliyaviy risklar tarkibiga kiruvchi pulning to‘lov qobiliyati bilan bog‘liq 
risklarga quyidagilar kiradi: 
- inflyatsion risklar – pulning qadrsizlanishi bilan bog‘liq risklar;
- deflyatsion risklar - deflyatsiyaning o‘sishi holatida baho darajasining 
tushishi, daromadlarning pasayishi, tadbirkorlikning rivojlanishi uchun shart-
sharoitning yomonlashuvi sodir bo‘ladi;
- valyuta risklari - valyuta kursining o‘zgarishi bilan bog‘liq valyuta 
yo‘qotilishi xavfi sifatida namoyon bo‘ladi; 
- likvidlilik risklari - qimmatli qog‘ozlar yoki boshqa tovarlar sifatini va 
iste‘mol qiymatini baholashning o‘zgarishi oqibatida ularni sotishda mumkin 
bo‘lgan yo‘qotishlar bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Moliyaviy risklar tarkibiga kiruvchi investitsion risklar o‘z ichiga 
quyidagilarni qamrab oladi:
- daromadlilikning pasayishi riski - qo‘yilmalar, kreditlar, portfelli 
investitsiyalar bo‘yicha foizlar va dividendlar miqdorining kamayishi natijasida 
yuzaga keladi, daromadlilikning pasayishi risklari o‘z ichiga foiz va kredit 
risklarini qamrab oladi;
- foydaning boy berilishi risklari - bu risk amalga oshirilmagan tadbirlar 
natijasida kelib chiqadigan qo‘shimcha (bilvosita) zararlar hisoblanib, bu risk 
tarkibiga quyidagilar kiradi, ya‘ni birjaviy risklar birjaviy bitimlardan ko‘riladigan 
zararlar xavfi mavjud bo‘lgan risklar;
- selektiv risklar - kapital qo‘yilmasi, qimmatli qog‘ozlar va shu kabilar turini 
to‘g‘ri tanlamaganligi bilan bog‘liq risklar;
- bankrotlik risklari - tadbirkorlar tomonidan xususiy kapitalini butkul 
yo‘qotish xavfi bilan bog‘liq risklar.


172 

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin