O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti zoyirov Laziz Subxonovich Raimjanova Madina Asrarovna Saidov Rasulbek Boltabayevich Shoislomova Nargiza Qobilovna investitsiya loyihalari ekspertiza


-rasm. Investitsiya loyihasiga ta’sir etuvchi risklar



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/100
tarix20.11.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#166138
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   100
Инвестиция лойиҳалари экспертизаси DARSLIK

 
9.3-rasm. Investitsiya loyihasiga ta’sir etuvchi risklar
29
 
Qurilishni o‘z vaqtida tugallanmaslik riskiga quyidagilar ta‘sir ko‘rsatadi: 
pudratchilarning o‘z majburiyatlarini bajarmasliklari; tashqi shart-sharoitlarning 
29
Muallif tomonidan iqtisodiy adabiyotlardan olingan nazariy bilimlar asosida tuzildi. 


176 
o‘zgarishi, qurilish ishlari muddatining cho‘zilib ketishi natijasida qo‘shimcha 
xarajatlar kelib chiqishi: kredit bo‘yicha foizlarni hisoblash, narxlarning inflyatsiya 
natijasida o‘sishi oqibatida ish va material qiymatining oshishi kabi qo‘shimcha 
xarajatlarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, bu risk natijasida kelgusidagi 
ob‘ektga xom ashyo etkazib beruvchilar va kelgusidagi loyiha mahsuloti 
iste‘molchilari bilan shartnomaviy munosabatlar to‘xtashi mumkin. Kapital 
qurilish bilan bog‘liq risklar quyidagi sabablardan kelib chiqadi: 
- loyiha - smeta xujjatlaridagi xatolar tufayli; 
- mutaxassislar malakasi etarli bo‘lmaganligi sababli;
- fors- major holatlari; 
- qurilish materiallar, texnologik mahsulotlarning sifati pastligi sababli; 
- shartnoma shartlari buzilishi tufayli; 
- ta‘minotning kechikishi tufayli va h.k. 
Ish va ob‘ekt sifatining pastligi riski pudratchilar majburiyatining buzilishi
loyihalashtirishdagi xatolar va boshqalar natijasida kelib chiqishi mumkin. Ob‘ekt 
sifatining pastligi natijasida loyiha bo‘yicha qo‘shimcha investitsion harajatlar 
qilinishi kerak bo‘ladi. Bu harajatlar kamchiliklarni tuzatishga sarflanishi mumkin. 
Agar kamchilik saqlanib qoladigan bo‘lsa, loyiha mahsulotini ishlab chiqarishga 
qo‘shimcha harajatlar qilish kerak bo‘ladi. 
Konstruktsion va texnologik risk. Konstruktsion risk - bu investitsiya 
bosqichidayoq loyihaning texnik amalga oshmaslik riskidir. Bu loyiha xujjatlarini 
ishlab chiquvchilarning xatolari, bu xujjatlarni ishlab chiqishda zarur bo‘lgan 
ma‘lumotlarni etarli yoki aniq emasligi natijasida ro‘y berishi mumkin. Texnologik 
risk - bu ishlab chiqarish texnologiyalarining sanoat darajasida qo‘llanilmasligi 
natijasida ma‘lum texnik-iqtisodiy parametrlardan ob‘ekt ekspluatatsiyasidagi 
cheklanishlar riski. Bunga ekspluatatsiya xarajatlarining oshishi, ekologik 
me‘yorlarga mos kelmaslik kabilar ta‘sir etadi. 
Ishlab chiqarish riski - bu ishlab chiqarish jarayonida kamchiliklarni yuzaga 
kelish riski. Bu risk ishlab chiqarish davomiyligining buzilishida, ob‘ektning 
loyihaviy quvvatga erishmasligida, qo‘shimcha ishlab chiqarish xarajatlarida 


177 
namoyon bo‘ladi. Ishlab chiqarish riskining bir turi bu texnologik riskdir. Bu 
risklar ta‘minotdagi uzilishlar, resurs zahiralarining etishmasligi, xom ashyo 
sifatining pastligi, transport masalalari va boshqalar sabab kelib chiqadi. Ishlab 
chiqarish xarajatlarining yuqori darajasi xarajatlarni xato hisoblash, xom ashyo va 
boshqa resurlar miqdori va sifatiga ma‘lum talablarni aniq emasligi natijasida 
bo‘ladi. 
Boshqaruv riski - bu ishlab chiqarish riskining bir turi, boshqaruvchi 
shaxsning tajriba va malakasini etarli darajada emasligi natijasida ro‘y beradi. 
Ayrim hollarda, boshqaruv riski deganda, loyiha faoliyatining barcha faza va 
bosqichlaridagi menejment darajasining pastligi va xatolari bilan bog‘liq risklar 
tushuniladi. 
Sotish riski - bu loyiha mahsuloti sotish xajmining va shu mahsulot 
bahosining kamayish riskidir. Sotish riski bozor kon‘yunkturasining o‘zgarishi, 
marketing yoki baho riski deb ham ataladi. Sotish riski, ayniqsa bahoni taxmin 
qilish ancha qiyin bo‘lgan, yangi mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq 
loyihalarda yuqori bo‘ladi. 
Moliyaviy risk. Bu riskning loyiha faoliyatidagi asosiy turlari: a) kredit riski; 
b) valyuta riski; v) foiz stavkasini o‘zgarish riskidir. Kredit riski - bu loyihani 
amalga oshirayotgan tashkilotning kreditor bankka kredit shartnomasi bo‘yicha 
to‘lov majburiyatlarini to‘liq yoki umuman to‘lay olmaslik riski bo‘lib, u asosan 
loyihani moliyalashtirishda loyihani kreditlovchi bankning riskidir. Valyuta riski - 
bu risk loyiha mahsuloti mahalliy bozorda sotilganda va hokimiyat mahsulotni 
milliy valyutada sotilishini talab qilayotgan paytda yuqori bo‘ladi. Bu risk loyiha 
mahsulotini sotishdan olinadigan valyuta bilan kredit valyutasi bir xil bo‘lmagan 
hollarda yuzaga keladi. Foiz stavkasining o‘zgarish riski - bu risk kredit resurslari 
o‘zgaruvchan stavkada qo‘llanilganda ro‘y beradi. Bunday resurslarni jalb qilishda 
loyihada qo‘llanilgan kapital qiymatining oshishi va mahsulot rentabelligining 
kamayish havflari mavjud bo‘ladi. 
Mamlakat riski - bu tashqi loyiha risklariga tegishli bo‘lib, uning mazmuni 
shundaki, loyiha amalga oshirilayotgan mamlakatning ijtimoiy-siyosiy jarayonlari 


178 
va davlatning siyosati loyiha faoliyati uchun jiddiy qiyinchiliklar yaratishi va xatto 
loyihani barbod qilishi ham mumkin. Mamlakat riskining omillari: markaziy va 
mahalliy xokimiyatlarning harakati, urushlar, ish tashlashlar, terrorchilik 
harakatlari va boshqalar bo‘lib, bular loyiha ishtirokchilari ta‘siri doirasidan 
tashqarida bo‘ladi. Davlatning siyosati bilan bog‘liq mamlakat risklarini shartli 
ravishda ikkita guruhga bo‘lish mumkin: siyosiy va iqtisodiy. 
Siyosiy mamlakat riski - hukumatning chet el investorlari va kreditorlari 
ishtirokidagi loyiha faoliyatini to‘xtatish yoki cheklashga qaratilgan harakati bilan 
bog‘liq. Bularga foydani boshqa mamlakatga olib o‘tishdagi ta‘qiqlashlar va 
cheklashlar, chet el kapitali uchun avval yaratilgan imtiyozlardan mahrum qilish, 
kontseptsiya va litsenziyalarni qaytarib olish va boshqalar kiradi. 
Iqtisodiy mamlakat riski - davlatning loyihani amalga oshirilishi sharoitida 
qo‘llaydigan soliq, valyuta, bojxona va boshqa iqtisodiy shart-sharoitlarni 
o‘zgartirishi bilan bog‘liq. 
Ma‘muriy risklar - loyiha kompaniyalari va loyiha faoliyatining boshqa 
ishtirokchilarini davlat nazorat va tartibga solish boshqarmalaridan turli 
litsenziyalar, ruxsatlarni olishi bilan bog‘liq. Litsenziyalar, ruxsatlar loyiha 
faoliyatining barcha bosqichlarida talab qilinishi mumkin: loyiha xujjatlarini ishlab 
chiqishda, tenderlar o‘tkazishda, mashina va asbob-uskunalarni etkazib berishda, 
qurilishda, dastlabki ishlar va ob‘ektning ishga tushirilishida talab qilinadi. 
Litsenziyalar, ruxsatnomalar soni ayrim loyihalar bo‘yicha juda ko‘p bo‘lishi 
mumkin: loyiha faoliyatining u yoki bu turi bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi, 
tabiiy resurslardan foydalanish, tabiiy resurslarni va valyutani chetga olib chiqish 
huquqini beruvchi litsenziyalar, ruxsatlar bo‘lishi mumkin. 
Huquqiy risk - bu risk qaysidir darajada mamlakat, ma‘muriy va boshqaruv 
risklari bilan bog‘liq. Avvalo, bu risk kreditorning kafolat bermaslik va boshqa 
kredit bilan ta‘minlashlar ehtimoli bilan bog‘liq noaniqlik va ishonchsizligida 
namoyon bo‘ladi. Bunday noaniqlik va ishonchsizlik sabablari, fikrimizcha, 
quyidagilar bo‘lishi mumkin: qonunlar majmuining va xalqaro huquq 
normalarining mukammal emasligi, huquqiy xujjatlar sifatining pastligi, sud 


179 
mexanizmidagi kamchiliklar va boshqalar. Ayrim huquqiy risklar loyiha 
ishtirokchilari nazoratidan tashqarida bo‘lib, ular mamlakat va siyosiy risklarga 
yaqin. Bundan boshqa huquqiy risklarni milliy qonunchilikni, xalqaro investitsion 
huquqlarni yaxshi biluvchi, shartnoma, kelishuvlar va boshqa loyihaning huquqiy 
xujjatlarida ishtirok etuvchi malakali huquqshunos maslahatchini jalb qilish bilan 
hal etish mumkin. 
Fors-major riski - loyiha faoliyatiga tegishli bo‘lmagan tashqi risklardan biri 
bo‘lib, unga er silkinishi, yong‘inlar, suv toshqini, bo‘ronlar va boshqa tabiiy 
hodisalar kiradi. Fors-majorga ayrim ijtimoiy va siyosiy tabiiy hodisalar ham 
kiradi: ish tashlashlar, inqiloblar va boshqalar. Shunday yo‘l bilan mamlakat 
riskining bir qismi fors-major riski sifatida namoyon bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, yuqorida keltirilgan risklar tasnifi shartli ravishda 
bo‘lib, bunday risklar aniq holatlarda mutaxassislar va ekspertlar tomonidan 
tarmoqqa tegishliligi, ko‘lamlari, tanlangan texnologiya, loyihani amalga 
oshirayotgan mamlakat va loyihaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan 
holda aniqlanadi. Loyiha risklarining barcha turlarini ularning ta‘siri jihatidan 
ahamiyatsiz va havfsiz, deb bo‘lmaydi. Loyiha risklari kichik bir texnologik yoki 
shu kabi mikrodarajadagi jarayondan tortib, to mamlakat, hatto, xalqaro 
miqyosdagi turli holatlar va hodisalarning o‘zgarishiga bog‘liq holda kelib chiqishi 
mumkin. 

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin