O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti zoyirov Laziz Subxonovich Raimjanova Madina Asrarovna Saidov Rasulbek Boltabayevich Shoislomova Nargiza Qobilovna investitsiya loyihalari ekspertiza



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/100
tarix20.11.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#166138
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   100
Инвестиция лойиҳалари экспертизаси DARSLIK

 
9.3.
 
 Investitsiya risklarini boshqarishning jahon amaliyoti
Investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish insoniyat faoliyatining 
bir qator qiyin va yuqori riskli faoliyati hisoblanib, o‘ziga xos bilim va malakani 
talab qiladi. 
So‘nggi yillarda loyihani tayyorlash va amalga oshirish malakaviy 
faoliyatning alohida bir ko‘rinishiga aylandi. Ko‘pgina sanoati rivojlangan 
mamlakatlar iqtisodiyotining davlat va xususiy sektorlarida loyihani tayyorlash va 
amalga oshirish bo‘yicha tajribalar to‘plana boshlandi va bunda loyihani 
boshqarish doirasida ko‘riladigan masalalardan biri bo‘lgan investitsion risklar va 


180 
ularni boshqarishga katta e‘tibor qaratila boshlandi. Bu masala loyihani 
boshqarishning boshqa funktsiyalaridan alohida emas. Moliyaviy talabni 
aniqlashda ham, smeta va byudjetni hisoblashda ham, shartnomalarni tayyorlash va 
tuzishda ham loyiha faoliyati ishtirokchilarini turli xil risklardan himoyalash bilan 
bog‘liq masalalar echiladi. Risklar loyiha faoliyatining barcha bosqichlarida 
bo‘lganligi sababli, loyiha risklarini boshqarish funktsiyasi loyiha tugagunga qadar 
davom etadi. Loyiha risklarini boshqarishda quyidagi masalalarga e‘tibor 
qaratiladi: 
- loyiha risklarining tasnifi; 
- loyiha risklarini aniqlash va baholash usullari; 
- loyiha risklarini boshqarishning axborot ta‘minoti; 
- risklarning monitoringi va istiqbolini belgilash;
- risklarni kamaytirish texnologiyalari; 
- risklarni boshqarishni tashkil etish; 
- risklarni boshqarish xarajatlarining optimal darajasini asoslash va 
samaradorlikni baholash. 
Risklarni tahlil qilish va baholashdan maqsad loyihaga ta‘sir etuvchi risk 
turlarni aniqlab, ularni pasaytirish chora-tadbirlarini va usullarini qo‘llashdan 
iboratdir. 
Risklarni baholash deganda risk darajasini sifat va miqdor jihatdan aniqlash
tushuniladi. Risklarni pasaytirish usullari turlicha bo‘lib, ular risk turiga va risk 
guruhiga qarab tanlanadi.
Risklarni boshqarish risk va foyda miqdorini oqilona qo‘shilmasini aniqlashga 
qaratilgan harakatlardir. Risklarni boshqarishning asosiy maqsadi - ularni 
pasaytirish hisoblanadi. Risklarni boshqarishning asosiy bosqichlarini quyidagi 4-
rasm orqali ifodalashimiz mumkin. 
Risk tahlilining ahamiyati investitsiya loyihasining salohiyatli ishtirokchisiga, 
investorlarga loyihani maqsadga muvofiq tarzda amalga oshirish haqidagi 
qarorlarini qabul qilishi uchun zaruriy ma‘lumotlarni berishi bilan izohlanadi. 
Demak, risklarni boshqarish quyidagi asosiy bosqichlarga bo‘linadi: 


181 
1. Risk omilini aniqlash; 
2. Risk omilini tahlil qilish va baholash; 
3. Risklarni pasaytirish bo‘yicha ishlarni rejalashtirish yoki risk oqibatlarini 
bartaraf etish; 
4. Risklarni oldini olish va nazorat qilish;
5. Risklarni boshqarish usullarini tanlash va qo‘llash; 
6. Risk vaziyatlari va ularni oqibati haqida ma‘lumot to‘plash va kelajakka 
tavsiyalar ishlab chiqish. 

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin