O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti zoyirov Laziz Subxonovich Raimjanova Madina Asrarovna Saidov Rasulbek Boltabayevich Shoislomova Nargiza Qobilovna investitsiya loyihalari ekspertiza



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/100
tarix20.11.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#166138
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   100
Инвестиция лойиҳалари экспертизаси DARSLIK

 
 
 
 
 
 
 
 
 
9.2-rasm. Investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonining har bir 
bosqichi bo’yicha risk turlari
28
 
 
Moliyaviy bozor eng yuqori riskka ega bo‘lgan soha deb hisoblanadi. Undagi 
risklar ikkita katta guruhga bo‘linadi:
- tizimli risklar;
- tizimsiz risklar. 
Tizimli risklar (investitsiya portfeli risklari) - bu hatar ta‘siriga ba‘zi bir 
qimmatli qog‘ozlar emas, balki butun bozor, uni katta bir qismi risklarga uchraydi. 
Bu holda iqtisodiy nobarqarorlik tufayli yoki boshqa sabablarga ko‘ra ko‘pchilik 
28
Muallif tomonidan iqtisodiy adabiyotlardan olingan nazariy bilimlar asosida tuzildi. 
Investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonining har 
bir bosqichi bo’yicha risk turlari:
 
Ekspluata 
tsiya bosqichiga xos 
bo‘lgan risklar 
Investitsiya 
lash bosqichiga 
xos bo‘lgan risklar 
Investitsiya oldi 
bosqichiga xos 
bo‘lgan risklar 


174 
emitent va qimmatli qog‘oz egalari zarar ko‘rishlari mumkin. Tizimli risklarga 
quyidagilar kiradi: foiz riski; valyuta riski; inflyatsiya riski; siyosiy risklar. 
Tizimsiz risklar - hatarga ba‘zi bir qimmatli qog‘ozlar yoki ularni majmuasi 
uchraydi, ya‘ni ma‘lum bir korxonaning qimmatli qog‘ozlari yoki tarmoqning 
qimmatli qog‘ozlari kiradi. Tizimsiz risklarga quyidagilar kiradi: tadbirkorlik riski; 
moliyaviy risklar; nolikvidlilik riski. 
Bundan tashqari, loyiha faoliyatida eng ko‘p uchraydigan risklar ham mavjud. 
Ular quyidagilar: 
- iqtisodiy 
qonunlarning 
va 
iqtisodiy holatning o‘zgarib turishi, 
investitsiyalash va foydadan foydalanish shartlari bilan bog‘liq risklar; 
- tashqi iqtisodiy risklar - savdo va mahsulot etkazib berishga cheklashlar
kiritish; chegaralarning berkilishi;
- siyosiy holatning noaniqligi yoki hududdagi yohud mamlakatdagi noma‘qul 
ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar;
- texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi, yangi texnika-texnologiya 
parametrlari, mahsulot sifati haqidagi ma‘lumotlarning to‘liq emasligi yoki 
noaniqligi;
- bozor kon‘yunkturasining, ya‘ni baho, valyuta kurslari, yalpi ichki maxsulot 
va boshqalarning o‘zgarib turishi;
- tabiiy iqlim sharoitlarining o‘zgarishi, tabiiy ofatlarning yuz berishi; 
- ishlab chiqarish texnik risklari - asbob-uskunalarning buzilishi va to‘xtab 
qolishi, ishlab chiqarishdagi nosozliklar va boshqalar;
- loyiha ishtirokchilari maqsadlarining noaniqligi, ularning moliyaviy holati 
va ishdagi obro‘si haqidagi ma‘lumotlarning to‘liq emasligi va boshqalar. 
Yuqorida keltirilgan tasniflashlarga asoslangan holda, investitsiya loyihasiga 
ta‘sir etuvchi risklarning 3-rasmda tasvirlangan guruhini keltirish mumkin. 
Loyiha ishtirokchilari riski deganda, ko‘pincha ishtirokchilarning loyiha 
faoliyati doirasida o‘z majburiyatlarini anglagan holda yoki majburiy tarzda 
bajarmaslik riski tushuniladi. Birgina loyiha ishtirokchisining o‘z majburiyatlarini 
bajarmasligi, boshqa ishtirokchilarning o‘z majburiyatlarini bajara olmasligiga olib 


175 
kelishi, natijada loyiha barbod bo‘lishi mumkin. Loyiha ishtirokchilari riskiga 
quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin: ishtirokchilarning vijdonsizligi; ularning 
professionallik darajasining pastligi, moliyaviy holatining nobarqarorligi, 
ishtirokchilarni turli risklardan etarlicha sug‘urtalanmaganligi natijasida kelib 
chiqadi. Masalan, loyiha smeta qiymatining oshish riski qurilish tashkilotining 
vijdonsizligi natijasida ro‘y berishi mumkin. Ish sifatining pastligi riski, ko‘p 
hollarda, tanlangan pudratchi va boshqa ishtirokchilarning etarli tajribaga ega 
emasligi bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Loyiha smeta qiymatining oshish riskiga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin: 
loyihalash 
jarayonidagi 
xatolar, 
pudratchilarning 
resurslardan 
samarali 
foydalanishni ta‘minlay olmasligi, loyihani amalga oshirish shartlarini o‘zgarishi 
va boshqalar. 

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin