9.4. Investitsiya loyihasining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligiga ta’sir
etuvchi risklarni tahlil qilish va baholash
Risklar tahlili salohiyatli hamkorlarga investitsion loyihada ishtirok etishning
maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qarorlar qabul qilish hamda kutilishi mumkin
bo‘lgan moliyaviy yo‘qotishlardan himoyalanish bo‘yicha zarur ma‘lumotlarni
187
beradi. Loyiha samaradorligini baholashda risk va noaniqlik omillarini hisobga
olgan holda tahlil qilish va baholash kutilishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz
vaziyatlarni oldini olish imkoniyatini beradi, loyihani amalga oshirish shart-
sharoitlari bo‘yicha tuzilgan barcha mavjud reja ko‘rsatkichlari va
ma‘lumotlarining haqiqiy ko‘rsatkichlardan farq qilmasligiga imkon beradi.
Amaliyotda loyiha risklarini baholashning bir qancha usullari mavjud bo‘lib,
ulardan asosiylarini quyida keltirib o‘tamiz:
-Sezgirlik tahlili usuli;
-―Zararsizlik nuqtasi‖ ni aniqlash usuli;.
-Barqarorlikni tekshirish usuli;
-Matematik usullar (o‘rtacha kvadratik chetlanish, dispersiya va variatsiya);
-―Qarorlar daraxti‖ barpo etilishi usuli;
-Stsenariylar usuli;
-Monte-Karlo usuli.
1.
Loyiha sezgirligini tahlilida loyiha ko‘rsatkichlaridan (parametrlaridan)
biri o‘zgarganda, loyiha samaradorligi (NPV yoki IRR) qay darajada o‘zgarishiga
miqdoriy baho berishda qo‘llaniladi. Sezgirlik tahlilini investitsiya loyihalari
natijalariga sezilarli darajada ta‘sir etuvchi omillarni aniqlash va ularni taqqoslash
tahlili uchun o‘tkazish tavsiya etiladi. Bu omillar bilan bog‘liq vazifalarni echishda
quyidagi ketma-ketlikka amal qilinadi. Avvalo, sof joriy qiymatni hisoblashga
yordam beradigan omillar aniqlanadi, keyin ma‘lum oraliqlarda omillardan biri
o‘zgartirilib, sof joriy qiymat hisoblab chiqiladi, ushbu yo‘l har bir omil uchun
takrorlanadi. So‘ng hamma hisoblar jadvalga joylashtiriladi, har bir omil
o‘zgarishiga nisbatan loyihaning sezgirlik darajasi solishtiriladi va loyihaning
muvaffaqiyatiga eng ko‘p darajada ta‘sir etuvchi omillar aniqlanadi. Sezgirlik
tahlili yordamida, hisoblar uchun zarur bo‘lgan turli xil o‘zgaruvchilar berilganda,
naqd foyda yoki investitsiya rentabelligining eng zaruriy o‘zgarishlarini aniqlash
mumkin bo‘ladi. Turli xil o‘zgaruvchi omillarga ishlab chiqarish xarajatlari, sotish
hajmi, investitsiya davri davomiyligi, kredit foizi, xom ashyo va yoqilg‘i qiymati,
soliqlar miqdori va boshqalar misol bo‘ladi.
188
Loyiha sezgirligi tahlili quyidagi tartibda olib boriladi:
- investitsiya loyihasining asosiy parametrlarining (ya‘ni sotish hajmi, sotish
bahosi, ishlab chiqarish harajatlari va h.k.) bazaviy qiymatlarini aniqlash;
- shu qiymatlar asosida loyiha samaradorligini hisob-kitobini amalga oshirib,
ularni NPVo yoki IRRo deb belgilash;
- loyiha samaradorligiga eng ko‘p ta‘sir etuvchi, uning asosida loyiha
sezgirligini tahlil qilinuvchi ko‘rsatkichlardan birini tanlash (NPV yoki IRR);
- samaradorlik ko‘rsatkichiga ta‘sir etuvchi omillarni aniqlash. Bunday
omillar ikki guruxga bo‘linadi (ya‘ni ular o‘zgaruvchan omillar deb ataladi):
- to‘g‘ridan-to‘g‘ri daromad va harajatlarga ta‘sir etuvchi omillar: sotish
hajmi, mahsulot sotish bahosi, ishlab chiqarish harajatlari, investitsiya xajmi, qarz
mablag‘lariga to‘lovlar va boshqalar.
- bilvosita ta‘sir etuvchi omillar: qurilishning davomiyligi (muddati), ishlab
chiqarish davrining davomiyligi, to‘lovlarning kechikishi, tayyor mahsulotni sotish
muddati, inflyatsiya darajasi, daromad solig‘i stavkasi va boshqalar.
- o‘zgaruvchan omillardan biri o‘zgarganda asosiy ko‘rsatkich qanchaga
o‘zgarishini hisob-kitob qilish.
Investitsion loyihaning ―Zararsizlik nuqtasi‖ni aniqlash usuli yordamida
mahsulot sotishdan kelgan tushum uni ishlab chiqarish harajatlariga teng bo‘lgan
holdagi sotish hajmi aniqlanadi. Agar sotish hajmi bu nuqtadan past bo‘lsa,
korxona zararlarni qoplashi mumkin, agar pul kirimi harajatlarga teng bo‘lsa,
korxona ishini zararsiz olib borayotgan bo‘ladi. ―Zararsizlik nuqtasi‖ tahlili
investitsiya loyihasi quvvati yoki ishlab chiqarish hajmi mikdorini topish
maqsadida qo‘llaniladi.
Zararsizlik tahlili deganda, loyiha bo‘yicha ishlab chiqarish jarayonida ishlab
chiqarish hajmi, mahsulot tannarhi va foydaning bir-biriga bog‘liqligini tadqiq
qilish tushuniladi. Bunda eng asosiy maqsad harajatlarni qoplash uchun zarur
bo‘lgan ishlab chiqarish hajmini aniqlashdan iborat va bu holat korxona
rahbarlariga va loyiha menejerlariga quyidagi omillarni o‘zgarishining foydaga
ta‘sirini aniqlash imkoniyatini beradi:
189
- doimiy harajatlar (miqdori ishlab chiqarish hajmiga qarab o‘zgarmaydigan
harajatlar, masalan, qarz foizi, garov puli, ijara haqi, renta to‘lovlari va boshqalar);
- o‘zgaruvchan xarajatlar (miqdori ishlab chiqarish hajmiga nisbatan to‘g‘ri
mutanosiblikda o‘zgarib turuvchi harajatlar, masalan, ish haqi, xom ashyo,
yoqilg‘i, yuk tashish harajatlari va boshqalar);
- sotish hajmi;
- mahsulot tannarhi;
- sotilishi ko‘zda tutilgan mahsulot assortimenti.
Harajatlarni qoplash uchun zarur bo‘lgan sotish hajmi maxsus nuqtani
tavsiflaydi, ya‘ni u ishlab chiqarish hajmining kritik nuqtasini ifodalaydi. Mana
shuning uchun ham bunday tahlil zararsizlik nuqtasi deb nomlanadi. Bunda
korxona foyda ham olmaydi, zarar ham ko‘rmaydi, ya‘ni mahsulot sotishdan
tushgan tushum mahsulotning to‘liq tannarhiga (harajatlarga) barobardir.
Zararsizlik miqdorini hisoblash uchun, eng avvalo, quyidagi shart-sharoitlar
kuzatilishiga ishonch hosil qilish lozim:
ishlab chiqarish va marketing harajatlari ishlab chiqarish yoki sotish hajmi
funktsiyasi hisoblanadi;
ishlab chiqarish hajmi sotish hajmiga teng;
doimiy ishlab chiqarish harajatlari har qanday ishlab chiqarish hajmi uchun
bir xil;
o‘zgaruvchan harajatlar ishlab chiqarish hajmiga proportsional ravishda
o‘zgaradi va o‘z navbatida, to‘liq ishlab chiqarish harajatlari ham uning hajmiga
proportsional o‘zgaradi;
mahsulot birligi bahosi vaqt mobaynida o‘zgarmaydi, shuning uchun
umumiy mahsulot sotish qiymati sotish baholari va sotilgan mahsulot miqdorining
chiziqli funktsiyasi (ko‘paytmasiga teng) hisoblanadi;
sotilgan mahsulotning sotish bahosi darajasi va o‘zgaruvchan hamda
doimiy ishlab chiqarish harajatlari o‘zgarmas bo‘lib qoladi;
190
zararsizlik miqdori bir mahsulot uchun hisoblanadi, agarda mahsulot turli
assortimentga ega bo‘lsa, u holda ishlab chiqariladigan miqdorlar o‘rtasidagi nisbat
doimiy bo‘lib qolishi lozim.
Ma‘lumki, zararsizlik nuqtasini aniqlash uchun, eng avvalo, sotish hajmi (Q)
o‘zgarishining foydaga (P) ta‘sirini aniqlash lozim bo‘ladi. Bunday o‘zgarishlar
nisbatini aniqlashdagi elementlar bo‘lib, mahsulot birligi narhi (P), mahsulot
birligidagi o‘zgaruvchan xarajatlar (V) va mahsulot birligidagi doimiy xarajatlar
(C). Formula quyidagi ko‘rinishga ega:
P = P*Q – (V*Q + C) (9.1)
33
bu yerda: P – foyda; Q - sotish hajmi; P - mahsulot birligi narxi; V - mahsulot birligidagi
o’zgaruvchan xarajatlar; C - mahsulot birligidagi doimiy xarajatlar.
Ishlab chiqarishning zararsizlik nuqtasida P = 0ga teng bo‘ladi va bundan
zararsizlik nuqtasi kelib chiqadi:
Q = C /( P –V)
(9.2)
34
Shunday qilib, zararsizlik nuqtasini aniqlashda sotish narhi, mahsulot birligiga
ketgan o‘zgaruvchan xarajatlar hamda ma‘lum vaqt (yil yoki oy) davomidagi
doimiy xarajatlar eng muhim omillardandir.
33
Кузнецов Б. Т. Инвестиции: Учеб. пос. для студентов вузов, обучающихся по направлению подготовки
«Экономика». – М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2006.- С.315.
34
Кузнецов Б. Т. Инвестиции: Учеб. пос. для студентов вузов, обучающихся по направлению подготовки
«Экономика». – М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2006.- С.315.
191
Daromad, xarajat
Sotishdan tushgan tushum P *Q
To‘liq xarajatlar
Foyda V * Q+C
O‘zgaruvchan harajatlar
Nz Doimiy harajatlar
Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi (birligi) Q
Dostları ilə paylaş: |