O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti zoyirov Laziz Subxonovich Raimjanova Madina Asrarovna Saidov Rasulbek Boltabayevich Shoislomova Nargiza Qobilovna investitsiya loyihalari ekspertiza


-rasm. Risklarini boshqarish usullari



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/100
tarix20.11.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#166138
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   100
Инвестиция лойиҳалари экспертизаси DARSLIK

9.5-rasm. Risklarini boshqarish usullari
31
 
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda (Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, 
Frantsiya, AQSh, Kanada va Italiya) investitsion loyihalarni moliyalashtirish 
maqsadlariga berilgan kreditlar bo‘yicha kredit riskini boshqarish bir qator aniq 
tamoyillarga asoslanadi. Ulardan asosiylari quyidagilardan iborat: 
1. Investitsion loyihalar bo‘yicha biznes-rejalarni mukammal ishlab chiqish. 
Biznes-rejalarning mukammal ishlanganligi uning har bir bo‘limi bo‘yicha 
investitsion risklarning to‘liq hisobga olinganligida, ishlab chiqariladigan 
mahsulotlarni sotish strategiyasining to‘g‘ri tanlanganligida, investitsion 
loyihaning samaradorligiga ta‘sir qiluvchi har bir asosiy omilning ta‘sir 
mexanizmining inobatga olinganligida namoyon bo‘ladi. Sanoati rivojlangan 
mamlakatlarda, biznes-rejalarni tuzish jarayonida investitsion loyihani boshqarish 
samaradorligiga alohida e‘tibor qaratiladi. Buning sababi shundaki, sanoati 
rivojlangan mamlakatlar bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlarning natijalariga 
ko‘ra, investitsion loyihalarni amalga oshirishdagi muvaffaqiyatsizliklarning 98% 
korxonaning o‘ziga bog‘liq ichki sabablar tufayli yuz bergan, 2%i esa korxona 
faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan tashqi omillar ta‘sirida yuz bergan. AQShda 
o‘tkazilgan shu boradagi tadqiqotlarning natijalari investitsion loyihalarni amalga 
oshirishdagi muvaffaqiyatsizliklarning asosiy sabablari quyidagilardan iborat 
ekanligini ko‘rsatdi: 
- boshqaruvchilarning uquvsizligi – 45%; 
- mahsulot assortimentini ishlab chiqarishda tajribaning etarli emasligi – 9%; 
- boshqarish tajribasining etishmasligi – 18%;
31
Shoislomova N.Q. Investitsiya risklarini boshqarishning nazariy asoslari // Globallashuv sharoitida bank tizimi 
barqarorligini ta‘minlashning ustuvor yo‘nalishlari‖ mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari. – 
Toshkent, 2012. –B.374-375.


184 
- nisbiy tajriba doirasining torligi – 20%; 
- o‘z majburiyatlarini bajarmaslik – 3 %; 
- aldash – 2 %; 
- tabiiy ofatlar – 1 %. 
2. Tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlarning ta‘minoti uchun 
yuqori likvidli garov ob‘ektlarining mavjudligi. 
Sanoati rivojlangan mamlakatlar amaliyotida yuqori likvidlilik darajasiga ega 
bo‘lgan garov ob‘ektlari birinchi toifali garov ob‘ektlari deb qaraladi va ularga 
quyidagilar kiradi: er, hukumatning qimmatli qog‘ozlari, markaziy bankda qayta 
hisobga olinadigan trattalar, korxonalarning hukumat tomonidan kafolatlangan 
qimmatli qog‘ozlari.
Rivojlangan xorijiy davlatlar amaliyotida, xususan, G‘arbiy Evropa davlatlari 
xo‘jalik amaliyotida sanoat korxonalarining hukumat tomonidan kafolatlangan 
obligatsiyalari mavjuddir. Tijorat banklari to‘lovga qobiliyatlilik nuqtai nazardan 
korporatsiyalarga nisbatan ustuvor mavqega egadir. Tijorat banklarining kredit 
riskini kamaytirishda garov ta‘minoti muhim rol o‘ynaydi. Bunda asosiy e‘tibor 
bank kreditlari uchun garov sifatida qabul qilinayotgan ob‘ektlarning likvidlilik 
darajasiga qaratiladi.
3. Investitsion kredit oluvchilarning to‘lovga qobilligini moliyaviy 
koeffitsentlar asosida baholash tizimining takomillashganligi. 
Rivojlangan davlatlarda investitsiya risklarini pasaytirish maqsadida 
mablag‘larni bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlab chiqish, ya‘ni 
diversifikatsiya usuli korxonada mavjud risklarni kamaytirib, ma‘lum 
samaradorlikka erishish va yuqori daromad olishda qo‘llaniladi.


185 

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin