O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti zoyirov Laziz Subxonovich Raimjanova Madina Asrarovna Saidov Rasulbek Boltabayevich Shoislomova Nargiza Qobilovna investitsiya loyihalari ekspertiza



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/100
tarix20.11.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#166138
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   100
Инвестиция лойиҳалари экспертизаси DARSLIK

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
9.6-rasm. Korxonalar faoliyatiga ta’sir ko’rsatuvchi risklarni strategik 
tahlil qilish va boshqarish jarayoni sxemasi
32
 
Shuni hisobga olish lozimki, bu usul moddiy ishlab chiqarish sohasida katta 
xarajatlarni talab etadi, aksincha, fond bozorida investitsion risklarning 
diversifikatsiyasi printsipial qiyinchiliklarni tug‘dirmaydi va bitta savdo sessiyasi 
mobaynida amalga oshirilishi mumkin. Diversifikatsiyalash usullari kredit 
risklaridan ham himoyalanish usuli bo‘lib xizmat qiladi. 
Rivojlangan davlatlarda korxonalar faoliyatiga ta‘sir etuvchi risklarni 
strategik tahlil qilish va boshqarish jarayonini quyidagi rasmda ifodalash mumkin. 
Rivojlangan mamlakatlarda risklarni sug‘urtalash amaliyotida keptiv sug‘urta 
kompaniyasini tashkil etish amaliyoti ham qo‘llaniladi. Bu sug‘urta kompaniyasi 
bo‘lmagan ta‘sischi-korxona (yoki moliya-sanoat guruhi)ning sug‘urta 
32
E.I Nosirov va boshqalar. Investitsiya risklarini boshqarish. O‘quv qo‘llanma.–T.:«Fan va texnologiya», 2011. 36-
b. 
Risklar tahlili
Korxona ichki risklari 
Korxona tashqi risklari 
Risklar identifikatsiyasi va tasnifi 
Risk darajasini baholovchi ko‘rsatkichlarni tanlash 
Baholanuvchi 
ko‘rsatkichlarning 
me‘yoriy miqdorini 
aniqlash 
Baholanuvchi 
ko‘rsatkichlarning 
haqiqiy miqdorini
aniqlash 
Maqsadga erishish ehtimollik 
chegarasini aniqlash 
Risklarni o‘lchash va baholash 
Riskning maqbul darajasini tanlash 
Natijalarni baholash 
Risklarni boshqarish 


186 
manfaatlariga xizmat ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan sho‘‘ba sug‘urta 
kompaniyasidir. Bevosita korxonada tashkil etuvchi zaxira fondlaridan farqli 
ravishda keptiv sug‘urta kompaniyalari o‘z ta‘sischilarining sug‘urta zaxiralarini 
ko‘proq optimal boshqarish imkoniyatlariga egadir.
AQSh va boshqa bir qator mamlakatlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarning ilk 
natijalari shundan dalolat beradiki, jahonda yuz bergan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz 
oqibatlari tufayli paydo bo‘lgan risklarni nisbatan yumshoq qabul qilgan 
korxonalar o‘z ish faoliyatida qator tadbirlarni amalga oshirganlar. Jumladan, risk-
menejmentida autsorsing va benchmarkinglarni faol qo‘llashgan. Korxonalar 
faoliyatiga ta‘sir etadigan risklarni boshqarish va kamaytirish yuzasidan bir 
vaqtning o‘zida turli xil tajribalardan foydalanishgan. Birinchidan, ular katta 
rasmiy reyting agentliklariga murojaat qilmasdan, salohiyatli investorlarning 
fikrlari va tahlil natijalariga asoslanib ish yuritishgan. Ikkinchidan, ular o‘tkazgan 
risk-menejmentida korxona ichidagi stress-test yaxshi natijalar bergan. 
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, investitsiya loyihalaridagi pul oqimlarining 
hisob-kitobi kelgusi yillarga asoslanganligi sababli prognoz xarakterga egadir. Shu 
sababli investitsiya loyihasini tahlil qilishda prognoz ko‘rsatkichlar haqiqatda 
to‘g‘ri bo‘lib chiqishi qiyin yoki haqiqiy ko‘rsatkichlar rejadagidan ozgina 
cheklanadi, yoki umuman xato bo‘lib chiqishi mumkin. Shuning uchun investitsiya 
loyihasini tahlil qilish va baholashda investitsiya risklarini samarali 
boshqarilishini tashkil etish, risklar tahlili natijalariga mos ravishda boshqarish 
usullarini tanlash, tanlangan usullar va choralar va doirasida aniq chora-tadbirlarni
qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi. 

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin