O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti zoyirov Laziz Subxonovich Raimjanova Madina Asrarovna Saidov Rasulbek Boltabayevich Shoislomova Nargiza Qobilovna investitsiya loyihalari ekspertiza



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/100
tarix20.11.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#166138
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   100
Инвестиция лойиҳалари экспертизаси DARSLIK

 
10.2.
 
Investitsiya loyihasi bo’yicha garov ta’minoti ekspertizasining 
asosiy bosqichlari
Investitsiya loyihasi bo‘yicha garov ta‘minoti ekspertizasining dastlabki 
bosqichi potentsial qarzdor bilan muzokaralar olib borishdan boshlanadi. Dastlabki 
muzokaralar kreditlash bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi. Agar investitsiya 
loyihasini amalga oshirish murakkab va kompleks garov predmetini nazarda 
tutadigan bo‘lsa, unda kredit beruvchi tashkilot garov bilan ishlaydigan mutaxassis 
ishtirokida muzokaralarni tashkil etadi. Bunda garov bo‘yicha mutaxassisning 
vazifasi mijozning garovga qo‘yish uchun eng ma‘qul bo‘ladigan mol-mulkini 
aniqlashdan iborat bo‘ladi. 
Garov ta‘minoti ekspertizasining asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat (3-
rasm): 
1.
Garov ta‘minotini birlamchi ko‘rib chiqish; 
2.
Garov ta‘minotini tahlil qilish va baholash; 
3.
Garov shartnomasini rasmiylashtirish; 
4.
Garov ta‘minotni monitoring qilib boorish.
Garov ta‘minoti ekspertizasining birinchi bosqichida taklif etilgan mulkni 
yuridik nuqtai-nazardan garovga qo‘yish imkoniyati tekshiriladi. Korxona (qarz 


211 
oluvchi, garovga qo‘yuvchi) kredit berayotgan bankka garovga qo‘yish uchun 
shunday mulkni berishi lozimki, bu mulkka nisbatan qonun bo‘yicha hech qanday 
ta‘qiq yoki cheklovlar qo‘yilgan bo‘lishi kerak emas. 
Agar korxona biror ko‘chmas mulkni boshqarish huquqiga ega bo‘lsa, ushbu 
mulkni faqat mulk egasining yozma roziligi bilan garovga qo‘yishi mumkin 
bo‘ladi. 
 
10.3-rasm. Garov ekspertizasi bosqichlari
Zarur hollarda garov bo‘yicha mutaxassis yuridik bo‘lim xodimi bilan 
quyidagilarni aniqlashi lozim: 
- ushbu turdagi mulk bilan bitimlar tuziladigan bo‘lsa, huquqiy jihatdan hech 
qanday cheklovlar mavjud emasligini; 
- ushbu turdagi mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirish bilan 
bog‘liq hech qanday bank tomonidan qo‘yilgan cheklovlar mavjud emasligini 
aniqlaydi. 
Garovga qo‘yilgan mulkni baholash jarayonining samaradorligini oshirish 
uchun bank xodimiga qisqacha baholash natijalarining to‘g‘riligini tushunishga 
imkon beruvchi hisobotni taqdim etish tavsiya etiladi. Bunday ma‘lumotlar 
quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak: 
- obyektning tavsifi; 
- baholangan obyektga tegishli bo‘lgan bozor segmentini tahlil qilish; 


212 
- baholash obyekti fotosuratlari; 
- yakuniy natijani hisobga olgan holda hisob-kitoblar. 
Qimmatli qog‘ozlar va nomoddiy aktivlarni garovga qo‘yish paytida 
ro‘yxatga olish (reestrga olish) hujjatlari tahlil qilinadi, masalan, qimmatli 
qog‘ozlar egalarining depozitariysidan olingan ko‘chirma tekshiriladi. Dastlabki 
tekshirish vaqtida bankning garov xizmati kafolatning identifikatsiya belgilarini 
(masalan, manzil belgilari, zavod raqamlari, brend va chiqarilgan yili, VIN va 
boshqalar) mavjudligini qayd etadi, shuningdek, jismoniy nuqsonlar yo‘qligini 
tekshiradi. Ta‘minotning amaldagi va mulk egasi tomonidan berilgan 
xususiyatlarining mos kelishligi tekshirilib, qonuniy va texnik hujjatlar bilan 
taqqoslanadi. Tekshiruv vaqtida garov bo‘yicha xodim garovga qo‘yilayotgan 
predmetni yong‘in va jismoniy xavfsizlik talablariga javob beruvchi saqlash joyida 
ekanligini aniqlaydi. Garovga qo‘yilgan mol-mulkni keyinchalik bank tomonidan 
nazorat qilib borish imkoniyatlari ham albatta tahlil qilib ko‘rib chiqilishi kerak. 
Garov ta‘minoti ekspertizasining ikkinchi bosqichi garov ta'minotini tahlil 
qilish va baholashni o‘z ichiga oladi. Garov ishlari bo‘yicha bo‘lajak 
mutaxassislarning aksariyati, shu jumladan, bank xodimlari ham garov 
ekspertizasining ushbu bosqichining mazmuni garov qiymatining kattaligi haqidagi 
savolga javob berish, deb o‘ylaydilar. Biroq, bu unday emas. Garovga qo‘yilgan 
mulkning qiymatini aniqlash garov ekspertizasining maqsadi emas. Chunki, 
garovga qo‘yilgan mulk qiymatini aniqlash bir qator tarkibiy qismlardan iborat 
bo‘ladi. Avvalo, amaldagi qonunchilik nuqtai nazaridan ushbu mol-mulkni 
garovga qo‘yish bo‘yicha cheklashlar mavjudligi aniqlanadi. Ikkinchidan, garov 
ta‘minoti bankning garov bo‘yicha siyosatining cheklovlarga oid shartlariga 
muvofiq bo‘lishi kerak. Masalan, bankning ichki siyosati dori-darmon 
preparatlarini yoki qurilishi tugallanmagan ko‘chmas mulk obyektlarini garovga 
qo‘yishni taqiqlashi mumkin. 2014 yil 5 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―Tarixiy, badiiy yoki o‘zga madaniy 
qimmatliligi tufayli garov va ipoteka qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan obyektlar 
ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida‖gi 335-son Qaroriga ko‘ra tarixiy, badiiy yoki 


213 
o‘zga madaniy qimmatliligi tufayli garov va ipoteka qo‘llanilishi mumkin 
bo‘lmagan obyektlar ro‘yxati berilgan. 
Garov ekspertizasi jarayonining ushbu bosqichining ikkinchi, lekin ahamiyati 
jihatidan kam bo‘lmagan tomoni garovning likvidligini tahlil qilish, ya‘ni garov 
predmetining naqd pulga aylanish tezligini tahlil qilish. Likvidlik tahlili garovni 
sotish uchun cheklash shartlarini, ochiq bozorda mol-aylanish xususiyatlari, 
mulkning montaj yoki demontaj qilish xususiyatlari, ta‘minotning ijtimoiy 
ahamiyati, garovga qo‘yilgan mulkni keyinchalik sotish yoki undirish holatlarida 
ma‘muriy to‘siqlarning mavjudligi kabilarni nazorat qilishni o‘z ichiga oladi. 
Ushbu ikki bosqich ijobiy natijalarga ega bo‘lgan holatda, garovga qo‘yilgan mol-
mulkka bo‘lgan huquq va cheklovlarni tekshirish amalga oshiriladi. Xususan, 
garovga qo‘yilgan mulkni garov sifatida berish huquqini kafolatlash, egalik huquqi 
va sudda uchinchi shaxslarning da‘volari tekshiriladi. 
Garovni tekshirishning yuqoridagi bosqichlari amalga oshirilgandan so‘ng, 
garov exspertizasi xodimi garovning bozor qiymatini aniqlashga kirishadi. Garov 
qiymatini tahlil qilish va baholash natijasida ekspert xulosasi tuziladi. Ekspert 
xulosasining shakli bankning ichki me‘yoriy hujjatlari bilan tartibga solinadi. 
Garov qiymatini baholashga qo‘yiladigan talablar quyidagicha: 
a) baholash kamida bozor narxini belgilashga asoslanishi; 
b) yozma ravishda bayon etilishi va foydalanuvchilarga uning bozor narxi va 
narxni belgilash asoslari haqida tushuncha berish uchun etarli darajada ta‘riflarga 
ega bo‘lishi; 
v) so‘ngi uch yil mobaynida mulk sotilishiga doir har qanday hollarning 
tahlili va hisobotlarini qamrab olishi; 
g) agar ko‘chmas mulk daromad keltirayotgan bo‘lsa, u holda tegishli 
daromad va xarajatlarning tahlili keltirilishi; 
d) sotuv muddatlari tahlili o‘z ichiga olishi; 
e) mulkga ta‘sir etuvchi joriy bozor va iqtisodiy holatlar hamda 
tendentsiyalarga taalluqli tahlil va hisobotni aks ettirishi; 
yo) mulkning yuridik ta‘riflanishini o‘z ichiga olishi; 


214 
j) baholanayotgan mulkning tarkibidagi boshqa mulklarning (mebel, maishiy 
asbob-uskunalar va h.k.) alohida ta‘riflari va qiymatini ko‘rsatishi; 
z) foydalanilayotgan baholash uslubini ta‘riflashi (qiymat, o‘xshash bitimlar 
bilan qiyoslashlar va h.k.) hamda qo‘llanilgan usulni tanlash sababini tushuntirishi; 
i) foydalanuvchiga bozor narxini belgilashning mantiqiy asoslarini tushunish 
imkonini beruvchi etarli darajadagi axborotni o‘z ichiga olishi; 
y) agar baholashda ma‘lum axborotdan foydalanish imkoniyati mavjud 
bo‘lmasa, bu sabablarning ta‘riflanishini aks ettirishi lozim. 
Baholashni mukammal tekshirish mas‘uliyati bank zimmasidadir. Bank 
Kengashi va Boshqaruvi ko‘chmas mulkni qonunchilik, tegishli Nizom hamda 
Markaziy bankning boshqa me‘yoriy hujjatlariga muvofiq baholashga 
yo‘naltirilgan siyosat va tadbirlarning ishlab chiqilishini va ularning bajarilishini 
ta‘minlashi zarur.
Garov xizmati bilan shug‘ullanuvchi bo‘lim va boshqa maxsus xizmatlar 
bo‘limi tomonidan tayyorlangan xulosalar asosida bankning vakolatli shaxslari 
kredit taqdim etish yoki mavjud bo‘lgan shart-sharoitlarni o‘zgartirish to‘g‘risida 
qaror qabul qiladi. Kredit qo‘mitasining qarori bilan garov xizmati bank bilan va 
qarz oluvchi bilan mulkiy garov shartnomasini tuzadi va tasdiqlaydi. Shu vaqtdan 
boshlab ko‘char mulk garovi boshlanadi va ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish mol-
mulkni garov sifatida topshirish bo‘yicha bitimni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talab 
etiladi. 
Garov shartnomasini imzolash garovga qo‘yuvchining garov ta‘minoti 
bo‘yicha ishini bajarib bo‘linganligini anglatmaydi. Shu vaqtdan e‘tiboran qarzni 
to‘liq qoplashigacha garov xizmati garov ta‘minotini nazorat qiladi. Garov 
ta‘minotni monitoring qilish deganda mol-mulkning qiymati va mulkiy 
xususiyatlarining o‘zgarmaganligini tasdiqlash, shuningdek, garovning kimning 
qo‘lida ekanligini nazorat qilish va uchinchi shaxslar tomonidan da‘volarning 
yo‘qligini tekshirish tushuniladi. 


215 
Bankning garov xizmati bo‘limining minimal tarkibi, 3-rasmda berilgan 
bo‘lib, bankning funktsionligi va ko‘lamiga bog‘liq holda o‘zgarishi mumkin. 
Sxemada quyidagilar ko‘rsatilgan: 
• garov xizmatining xulosalarini tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi baholash va 
ekspertiza bo‘limi; 
• monitoring bo‘limi, ta‘minotning keyingi holatini nazorat qilishni ta‘minlab 
beradi; 
• bankning garov portfelini tashkil etish hamda tashqi va ichki kontragentlar 
bilan ishlashga mas‘ul bo‘lgan statistika bo‘limi. 
Xulosa o‘rnida shuni qayd etish mumkinki, garov xizmatining mutaxassisiga 
kichik tafsilotlarga ham e‘tiborli bo‘lish, ta‘minot haqida tinmay ma‘lumotlarni 
qidirib topishga charchamaslik, o‘z ishiga nisbatan halol yondashish kabi hislatlar 
va qobiliyatlar xos bo‘lishi kerak. Ketma-ket bajariladigan ishlar va professional 
fikrlarini doimiy ravishda himoya qilish zarurati ushbu xodimdan stressga 
chidamlilik va biznes shart-sharoitlarining o‘zgarishiga tezkor moslashuvchanlikni 
talab qiladi. Garov xodiminig eng ustuvor tomoni bank va uning aksiyadorlari 
manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir. 

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin