262
TAYANCH SO’Z VA IBORALAR
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi
– jahon standartlariga javob beradigan
va jahon bozorlarida talab qilinadigan mahsulot ishlab chiqarishni ta‘minlaydigan,
zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy
investitsiyalarni, birinchi galda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha
qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek Navoiy viloyatining sanoat salohistini, ishlab
chiqarish, transport-tranzit va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 3 dekabrdagi ―Navoiy viloyatida erkin
industrial-iqtisodiy zona tashkil etish to‘g‘risida‖gi qarori asosida tashkil etilgan.
―Navoiy‖ erkin industrial-iqtisodiy zona hududida xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar
faoliyatining asosiy yo‘nalishi – zamonaviy xorijiy yuqori unumli asbob-uskunalar va
texnika, texnologik liniyalar va modullar, innovatsiya texnologiyalarini joriy etish
hisobiga yuqori texnologiyali, jahon bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlarni keng
ko‘lamda ishlab chiqarishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: